04/09/2023
Termiz tumani maktabgacha va maktab ta'limi bo'limiga qarashli 3-sonli umumta'lim maktabida 2023-2024 o'quv yili boshlanishi munosabati bilan "Yangi hayot uchun, yangi O'zbekiston uchun!" shiori ostida "Birinchi qo'ng'iroq" tadbiri bo'lib o'tdi.
Tadbirda 1-11-sinf o'quvchilari faol ishtirok etishib, ular ijrosida mustaqilligimizning 32 yilligiga va "Bilimlar kuni"ga bag'ishlab she'r, qo'shiq va raqslar ijro etildi. Tadbirda tuman oila va xotin-qizlar bo'limi rahbari Rasulova Ma'rifat Omonulloyevna ishtirok etib, o'quvchilarni "Birinchi qo'ng'iroq" va "Bilimlar kuni" bilan tabrikladi. Tadbir so'ngida 1-sinf o'quvchilariga President sovg'alari topshirildi.
08/04/2022
07/04/2022