04/10/2024
Hurmatli viki-faollar, yangi ishtirokchilar va umuman loyihamizga qiziquvchilar!
Sizni WikiStipendiya: Mahorat darslari tadbiriga taklif qilamiz.
Katta masshtabda bo‘lishi kutilayotgan tadbirning qisqacha dasturi bilan tanishing:
— WikiStipendiya loyihasi va kelgusi rejalar;
— Administratorlardan Vikipediya saboqlari:
— Hamkorlar va ulardan “yog‘li” takliflar;
— Tansiq tanaffus (coffee-break);
— Lotereya.
Lotereya o‘yinlarida esa Tilmoch platformasidan 50 dona bepul obuna, 5 dona WikiOromgoh yo‘llanmasi, loyiha logotipi tushirilgan to‘plam va boshqa qimmatbaho sovg‘alarga ega bo‘lishingiz mumkin.
Mahorat darslariga kirish bepul bo‘lib, oldindan ro‘yxatdan o‘tib qo‘yishingiz talab qilinadi.
P/S: Mahorat darslarida qatnashish uchun shaxsiy noutbuk bilan keling!