22/12/2025
Zominda "Men Oʻzbekistonlikman" mavzusida mahorat darsi boʻlib oʻtdi
Zomin tumani ixtisoslashtirilgan maktab-internatida bitiruvchi 11-B sinf oʻquvchilari ishtirokida "Men Oʻzbekistonlikman" mavzusiga bagʻishlangan navbatdagi "Kelajak soati" tadbiri oʻtkazildi.
Tadbirning asosiy maqsadi — yoshlarda milliy gʻurur tuygʻusini shakllantirish, ularni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash va kelajakda oʻz sohasining yetuk mutaxassisi boʻlib, yurt rivojiga hissa qoʻshishlariga motivatsiya berishdan iborat boʻldi.