Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti
Rektor: Maxkamov Baxtiyor
(1)

       🏛TATUda AWS Academy bo‘yicha uchrashuv va master-klass24-sentabr kuni Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axbo...
25/09/2026



🏛TATUda AWS Academy bo‘yicha uchrashuv va master-klass

24-sentabr kuni Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetiga Amazon Web Services (AWS) vakili, AWS Academy bo‘yicha APAC va MENA mintaqalari rahbari (Singapur) Shin Teo tashrif buyurdi.

🤝Tashrif davomida mehmon universitetning zamonaviy infratuzilmasi, jumladan, Fab Lab va Media markazi, shuningdek, ta’lim va texnologik imkoniyatlari bilan yaqindan tanishdi.

🎓Shuningdek, TATU professor-o‘qituvchilari uchun AWS Academy yo‘nalishida maxsus master-klass tashkil etildi. Unda bulutli texnologiyalar, AWS ekotizimi, zamonaviy IT ko‘nikmalari hamda AWS Academy dasturining ta’lim jarayonidagi imkoniyatlari haqida ma’lumot berildi.
🌐Uchrashuv professor-o‘qituvchilarning xalqaro texnologik kompaniya vakillari bilan tajriba almashishi va AWS Academy doirasidagi yangi ta’lim imkoniyatlari bilan tanishishi uchun muhim platforma bo‘ldi.

➖➖➖➖➖➖

🏛В ТУИТ состоялись встреча и мастер-класс по AWS Academy

24 сентября в Ташкентский университет информационных технологий имени Мухаммада ал-Хорaзмий с визитом прибыл представитель Amazon Web Services (AWS), руководитель направления AWS Academy в регионах APAC и MENA (Сингапур) Шин Тео.

🤝В рамках визита гость ознакомился с современной инфраструктурой университета, в том числе с Fab Lab и Медиацентром, а также с образовательными и технологическими возможностями ТУИТ.

🎓Также для профессорско-преподавательского состава ТУИТ был организован специальный мастер-класс по направлению AWS Academy. В ходе мероприятия участники получили информацию об облачных технологиях, экосистеме AWS, современных IT-навыках и возможностях программы AWS Academy в образовательном процессе.
🌐Встреча стала важной площадкой для обмена опытом между профессорско-преподавательским составом университета и представителями международной технологической компании, а также для ознакомления с новыми образовательными возможностями в рамках AWS Academy.

    🔥Kiberxavfsizlik bo‘yicha xalqaro musobaqada — 1-o‘rin!🇺🇿Hack The Box platformasi tomonidan tashkil etilgan Holmes C...
24/09/2026




🔥Kiberxavfsizlik bo‘yicha xalqaro musobaqada — 1-o‘rin!

🇺🇿Hack The Box platformasi tomonidan tashkil etilgan Holmes CTF 2026 xalqaro kiberxavfsizlik musobaqasida O‘zbekiston sharafini munosib himoya qilgan Chill Chain terma jamoasi yuqori natijani qayd etdi.

💻Jamoa tarkibida Muhammad al-Xorazmiy nomidagi TATU Kiberxavfsizlik klubi mentorlari Quvonchbek Umurzoqov va Shohjahon Abdumannonov ishtirok etib, dunyoning turli davlatlaridan qatnashgan minglab jamoalar orasida 1-o‘rinni egalladi.

🥇25 ta topshiriq birinchi bo‘lib yechildi
🥇3 ta wave’ning har birida 1-o‘rin qayd etildi

📅Musobaqa 2026-yil 17–21-sentabr kunlari onlayn tarzda, Jeopardy formatida o‘tkazildi.

🌐Musobaqada dunyoning turli davlatlaridan 5 600 dan ortiq jamoa ishtirok etdi.

🎉G‘oliblarimizni ushbu katta yutuq bilan muborakbod etamiz! Kelgusidagi xalqaro musobaqalarda ham ulkan zafarlar tilaymiz!

➖➖➖➖➖➖

🔥1-е место на международном соревновании по кибербезопасности!

🇺🇿На международном соревновании по кибербезопасности Holmes CTF 2026, организованном платформой Hack The Box, команда Chill Chain, достойно представившая Узбекистан, показала высокий результат.

💻В составе команды выступили менторы клуба кибербезопасности ТУИТ Кувончбек Умурзоков и Шохжахон Абдуманнонов, которые среди тысяч команд со всего мира заняли 1-е место.

🥇25 заданий были решены первыми
🥇1-е место в каждом из 3 wave

📅Соревнование проходило онлайн с 17 по 21 сентября 2026 года в формате Jeopardy.

🌐В соревновании приняли участие более 5 600 команд из разных стран мира.

🎉Поздравляем наших победителей с этим значимым достижением и желаем новых больших побед на международных соревнованиях!

 TATUda xalqaro hamkorlik yo‘nalishida muhim uchrashuv23-sentabr kuni Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot tex...
24/09/2026



TATUda xalqaro hamkorlik yo‘nalishida muhim uchrashuv

23-sentabr kuni Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetiga Hong Kong Science and Technology Parks Corporation (HKSTP) vakillari tashrif buyurdi.

Tashrif doirasida HKSTP CEO Kinson Chan, Chief Technology Officer Dr. Wu Jun, Senior Manager, Regional Partnerships and Channel Development Ankit Sethi hamda tashkilotning boshqa vakillari universitet faoliyati va zamonaviy infratuzilmasi bilan yaqindan tanishdilar.

Mehmonlarga universitetning Fab Lab hududi, Media markazi, ARM axborot resurs markazi hamda maxsus laboratoriyalari faoliyati va imkoniyatlari namoyish etildi.

Uchrashuv davomida TATU va HKSTP o‘rtasidagi hamkorlikning istiqbolli yo‘nalishlari, jumladan, universitet hududida qo‘shma laboratoriya tashkil etish, xalqaro mutaxassislarni o‘quv jarayonlariga jalb qilish hamda PhD talabalari uchun xalqaro almashinuv dasturlarini yo‘lga qo‘yish masalalari muhokama qilindi.

Mazkur tashrif universitetning xalqaro hamkorlik aloqalarini kengaytirish, ta’lim va ilmiy faoliyatni xalqaro innovatsion ekotizim bilan integratsiya qilish yo‘lidagi muhim qadamlardan biridir.

➖➖➖➖➖➖

В ТУИТ состоялась важная встреча в рамках международного сотрудничества

23 сентября Ташкентский университет информационных технологий имени Мухаммада ал-Хоразмий посетили представители Hong Kong Science and Technology Parks Corporation (HKSTP).

В рамках визита CEO HKSTP Kinson Chan, Chief Technology Officer Dr. Wu Jun, Senior Manager, Regional Partnerships and Channel Development Ankit Sethi и другие представители организации ознакомились с деятельностью университета и его современной инфраструктурой.

Гостям были представлены Fab Lab, Медиацентр, информационно-ресурсный центр АРМ, а также специализированные лаборатории университета.

В ходе встречи обсуждены перспективные направления сотрудничества между ТУИТ и HKSTP, в том числе создание совместной лаборатории на территории университета, привлечение международных специалистов к учебному процессу, а также запуск программ международного обмена для PhD-исследователей.

Данный визит стал важным шагом в расширении международных связей университета и интеграции образовательной и научной деятельности в международную инновационную экосистему.

🎓 Hurmatli TATU talabalari diqqatiga!📆  Joriy yilning 24-sentyabr kuni soat 11:00 da Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshk...
24/09/2026

🎓 Hurmatli TATU talabalari diqqatiga!

📆 Joriy yilning 24-sentyabr kuni soat 11:00 da Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetida Ucell kompaniyasi rahbariyati bilan seminar-uchrashuv tashkil etiladi.

🗣 Ushbu uchrashuvda siz Ucell kompaniyasi faoliyati, asosiy ish yo‘nalishlari, muhim loyihalari va zamonaviy texnologiyalari haqida batafsil bilib olasiz. Shu bilan birga, kompaniyada ishlash sharoitlari, mavjud karyera imkoniyatlari, ishga qabul qilish jarayoni hamda pullik stajirovka dasturlari haqida ma’lumot olish imkoniyatiga ega bo‘lasiz.

💼 Shuningdek, Ucell kompaniyasining ko'p yillik tajribaga ega yetuk mutaxassislardan qimmatli bilimlarga ega bo'lasiz hamda o'zingizni qiziqtirgan barcha savollarga to'g'ridan-to'g'ri javob olishingiz mumkin.

📣 Ma'ruzachilar:

➡️ Boris Malyshev — Ma’lumotlarni qayta ishlash markazi rahbari.

🤩 Tadbirda ishtirok eting va imkoniyatni qo‘ldan boy bermang❗️
💻 Tadbir o‘tkazish joyi:
📆 Sana: 24-sentyabr, soat 11:00
📌 Manzil: TATU A-bino, 3-qavat, 318-xona.

➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖

🎓 Внимание студентам ТУИТ!

📆 24 сентября текущего года в 11:00 в Ташкентском университете информационных технологий имени Мухаммада ал-Хоразмий состоится семинар-встреча с руководством компании Ucell.

🗣 На этой встрече вы подробно узнаете о деятельности UCELL, ключевых направлениях работы и крупных проектах компании, а также о выгодных условиях труда и льготах для сотрудников. И, что особенно важно, в ходе мероприятия у вас будет возможность ознакомиться с процессом найма и программами оплачиваемых стажировок.

💼 Вы также получите ценные знания от специалистов Ucell с многолетним опытом и сможете получить прямые ответы на все ваши вопросы.

📣 Спикеры:

➡️ Борис Малышев — Руководитель Центра обработки данных.

🤩 Примите участие во встрече и узнайте больше о карьерных возможностях в компании Ucell!

💻 Место проведения:
📆 Дата: 24 сентября, 11:00
📌 Адрес: TУИТ Корпус А, 3-этаж, аудитория 318.

❤️

       🎓 O‘zbekistonda AWS Academy’ning rasmiy starti berildi✨  “ICT WEEK UZBEKISTAN – 2026” doirasida “Raqamli ta’lim: ...
24/09/2026



🎓 O‘zbekistonda AWS Academy’ning rasmiy starti berildi

✨ “ICT WEEK UZBEKISTAN – 2026” doirasida “Raqamli ta’lim: AI, ta’lim va kasblar kelajagi” mavzusida forum bo‘lib o‘tdi.

💬 Forumda sun’iy intellekt davrida ta’lim transformatsiyasi, AI texnologiyalarining mehnat bozori va kelajak kasblariga ta’siri hamda zamonaviy raqamli ta’lim imkoniyatlari muhokama qilindi. Forum doirasida AWS Academy’ning O‘zbekistondagi faoliyatiga rasmiy start berilib, uning ramziy ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.

👥 Marosimda O‘zbekistonning nufuzli oliy ta’lim muassasalari rektorlari, AWS, O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi va IT Park vakillari ishtirok etdi. Tadbirda TATU rektori, professor B.Maxkamov AWS Academy’ning O‘zbekistondagi faoliyatiga start berish marosimida ramziy tasmani kesdi.

AWS Academy’ning TATU ta’lim jarayoniga integratsiya qilinishi talabalarga bulutli texnologiyalar, sun’iy intellekt, mashinaviy o‘qitish va ma’lumotlar tahlili bo‘yicha xalqaro standartlarga mos bilim va amaliy ko‘nikmalarni egallash, shuningdek, AWS sertifikatsion kurslarida tayyorgarlik ko‘rish imkonini beradi.

↗️ Shu tariqa, TATUda faoliyat yuritayotgan Cisco, Huawei, Oracle, ZTE kabi yetakchi xalqaro IT akademiyalari qatoriga AWS Academy’ning qo‘shilishi universitetning zamonaviy IT ta’lim ekotizimini yanada kengaytirish va talabalarni xalqaro texnologik muhitga tayyorlash yo‘lidagi muhim qadamdir.
➖➖➖➖
🎓 В Узбекистане дан официальный старт AWS Academy

✨ В рамках «ICT WEEK UZBEKISTAN – 2026» состоялся форум на тему «Цифровое образование: AI, образование и будущее профессий».

💬 В ходе форума обсуждались вопросы трансформации образования в эпоху искусственного интеллекта, влияния AI-технологий на рынок труда и профессии будущего, а также возможности современных цифровых образовательных платформ. В рамках форума был дан официальный старт деятельности AWS Academy в Узбекистане и состоялась символическая церемония её открытия.

👥 В церемонии приняли участие ректоры ведущих высших образовательных учреждений Узбекистана, представители AWS, Министерства цифровых технологий Республики Узбекистан и IT Park. Ректор ТУИТ, профессор Б. Махкамов, принял участие в символической церемонии перерезания ленты, ознаменовавшей старт деятельности AWS Academy в Узбекистане.

Интеграция AWS Academy в образовательный процесс ТУИТ позволит студентам получать знания и практические навыки в области облачных технологий, искусственного интеллекта, машинного обучения и анализа данных в соответствии с международными стандартами, а также готовиться к сертификационным экзаменам AWS.

Таким образом, присоединение AWS Academy к числу ведущих международных IT-академий, уже действующих в ТУИТ — Cisco, Huawei, Oracle и ZTE, — станет важным шагом в дальнейшем развитии современной IT-образовательной экосистемы университета и подготовке студентов к международной технологической среде.

     🤝 TATU va Telekommunikatsiyalarni tartibga solish agentligi o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi✨ “ICTWEEK UZB...
24/09/2026



🤝 TATU va Telekommunikatsiyalarni tartibga solish agentligi o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi

✨ “ICTWEEK UZBEKISTAN – 2026” haftaligi doirasida Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti va O‘zbekiston Respublikasi Telekommunikatsiyalarni tartibga solish agentligi o‘rtasida hamkorlik Memorandumi imzolandi.

🗒 Memorandum doirasida telekommunikatsiyalarni tartibga solish samaradorligini oshirish, IT va mobil xizmatlar sifatini yaxshilash, normativ-huquqiy va normativ-texnik bazani takomillashtirish, raqamlashtirish hamda zamonaviy raqamli yechimlarni ishlab chiqish yo‘nalishlarida hamkorlikni rivojlantirish ko‘zda tutilgan.

Shu bilan birga, telekommunikatsiya tarmoqlari monitoringi, raqamli markirovkalash, axborot-tahliliy tizimlar va sun’iy intellekt texnologiyalari bo‘yicha qo‘shma ilmiy-amaliy loyihalarni amalga oshirish, dual ta’limni rivojlantirish, TATU talabalari, magistrantlari va professor-o‘qituvchilarini sohaviy loyihalarga jalb etish, shuningdek, seminar, trening va malaka oshirish tadbirlarini tashkil etish rejalashtirilgan.
➖➖➖

🤝 ТУИТ и Агентство по регулированию телекоммуникаций подписали Меморандум о сотрудничестве

✨ В рамках «ICTWEEK UZBEKISTAN – 2026» между Ташкентским университетом информационных технологий имени Мухаммада ал-Хоразмий и Агентством по регулированию телекоммуникаций Республики Узбекистан подписан Меморандум о сотрудничестве.

🗒 В рамках Меморандума предусмотрено развитие сотрудничества по повышению эффективности регулирования телекоммуникационной отрасли, улучшению качества IT- и мобильных услуг, совершенствованию нормативно-правовой и нормативно-технической базы, цифровизации, а также разработке современных цифровых решений.

Вместе с тем планируется реализация совместных научно-практических проектов в сфере мониторинга телекоммуникационных сетей, цифровой маркировки, информационно-аналитических систем и технологий искусственного интеллекта, развитие дуального образования, привлечение студентов, магистрантов и профессорско-преподавательского состава ТАТУ к отраслевым проектам, а также проведение семинаров, тренингов и мероприятий по повышению квалификации.

23/09/2026



📹 “ICTWEEK UZBEKISTAN - 2026” Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari haftaligining ilk kunidan videolavha

✈️

Student Exchange Program at Sejong University (South Korea) is now open for the 2027 Spring Semester!This is a great opp...
23/09/2026

Student Exchange Program at Sejong University (South Korea) is now open for the 2027 Spring Semester!

This is a great opportunity to gain international academic experience, explore a new culture, and expand your global network.

🗓 Program period: March 2- June 21, 2027

📌 Who Can Apply?

Interested TUIT students who meet the academic (GPA 4.0) and language requirements (IELTS 6.0 ) are encouraged to apply.

This exchange program offers:
✅ International academic exposure
✅Cultural exchange experience
✅ Personal and professional growth
✅Networking opportunities with international students

🖥 If you are interested, please fill in the form: https://forms.gle/nM35mqwcEkYEJ5LL7
🚩 Deadline: September 28, 2026

Don’t miss this opportunity to study abroad and represent TUIT at Sejong University!

📎More information

🌍 ✨ Expand your horizons — Apply now!

Bizni kuzating:
🚀Telegram 📷Instagram 🎬You Tube 🔵Facebook

     🇺🇿TATU vakili xalqaro raqamli yetakchilik dasturidaMuhammad al-Xorazmiy nomidagi TATU PhD tadqiqotchisi Rikhsivoev ...
23/09/2026



🇺🇿TATU vakili xalqaro raqamli yetakchilik dasturida

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi TATU PhD tadqiqotchisi Rikhsivoev Mohirjon Alisher o‘g‘li Shveysariyaning Jeneva shahrida o‘tkazilayotgan Generation Connect Young Leadership Programme (GCYLP) xalqaro dasturida O‘zbekiston vakili sifatida ishtirok etmoqda.

🌐ITU va Huawei hamkorligidagi mazkur dastur yosh raqamli yetakchilarning salohiyatini rivojlantirish, innovatsion tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlash va raqamli yechimlarni ilgari surishga qaratilgan.

Dasturga 150 ta davlatdan 6 700 nafar nomzod ariza topshirgan bo‘lib, saralash natijasida 24 mamlakatdan 30 nafar yosh yetakchi tanlab olingan.

📍Xalqaro tajriba almashinuvi

14–18-sentabr kunlari Jenevada o‘tkazilgan treninglarda ishtirokchilar innovatsiya, loyiha boshqaruvi, liderlik, raqamli inklyuziya va barqaror rivojlanish yo‘nalishlarida bilimlarini mustahkamladi.

Dastur doirasida WIPO, ITC va BMTning Jenevadagi bo‘limi — Palais des Nationsga tashriflar ham tashkil etildi.

🤝Xalqaro ekspertlar va yosh yetakchilar bilan tajriba almashinuvi Mohirjonga yangi bilim va ko‘nikmalarni egallash hamda xalqaro aloqalarini kengaytirish imkonini bermoqda.

➖➖➖➖➖➖➖➖

🇬🇧TUIT Representative Participates in International Digital Leadership Programme

PhD researcher at the Tashkent University of Information Technologies named after Muhammad al-Khwarizmi, Mokhirjon Alisher o‘g‘li Rikhsivoev, is representing Uzbekistan at the Generation Connect Young Leadership Programme (GCYLP) in Geneva, Switzerland.

🌐Organized by the ITU and Huawei, the programme aims to develop young digital leaders, support innovative initiatives, and promote digital solutions.

6,700 candidates from 150 countries applied for the programme, with 30 young leaders from 24 countries selected following the international selection process.

📍International Experience Exchange

During the training held in Geneva from 14 to 18 September, participants strengthened their knowledge in innovation, project management, leadership, digital inclusion, and sustainable development.

The programme also included visits to WIPO, ITC and the United Nations Office at Geneva — Palais des Nations.

🤝Interaction with international experts and young leaders provided Mokhirjon with valuable knowledge, skills, and opportunities to expand his international network.

Bizni kuzating:
🚀Telegram 📷Instagram 🎬YouTube 🔵Facebook

 💻Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti “Telekommunikatsiya texnologiyalari” fakul...
19/09/2026



💻Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti “Telekommunikatsiya texnologiyalari” fakultetining professor-o’qituvchilariga “Milliy va xalqaro reyting” bo’limi tomonidan universitetni xalqaro maydondagi nufuzini yanada oshirish bo’yicha seminar tashkil etildi.

⭐️Seminar davomida universitetning xalqaro reytinglardagi nufuzini oshirishga xizmat qiluvchi asosiy mezonlar va ko‘rsatkichlar haqida batafsil ma’lumot berildi.

📌Ma’lumot uchun, TATU xalqaro reytinglarda quyidagi o‘rinlarni qayd etgan:
🔺QS Central Asia Ranking — #33
🔺QS Asia Ranking — #557
🔺Times Higher Education (THE) — #1501+
🔺THE Sustainability Impact Ranking — #401–600
🔺Round University Rankings — #736

Bizni kuzating:
🚀Telegram 📷Instagram 🎬YouTube 🔵Facebook

Address

108, Amir Temur Ko'chasi
Yunusabad
100202

Opening Hours

Monday 08:00 - 18:00
Tuesday 08:00 - 18:00
Wednesday 08:00 - 18:00
Thursday 08:00 - 18:00
Friday 09:00 - 18:00
Saturday 09:00 - 17:00

Telephone

+998712386420

Website

Alerts

Be the first to know and let us send you an email when Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti posts news and promotions. Your email address will not be used for any other purpose, and you can unsubscribe at any time.

Contact The School

Send a message to Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti:

Shortcuts

Share