20/07/2025
• “TDYU bitiruvchisi — 2025” diplom topshirish marosimi doirasida bo‘sh ish o‘rinlari yarmarkasi tashkil etiladi
Toshkent davlat yuridik universiteti bitiruvchilari uchun potensial ish beruvchilar ishtirokida “TDYU bitiruvchisi — 2025” diplom topshirish marosimi doirasida bo‘sh ish o‘rinlari yarmarkasi tashkil etiladi.
Bitiruvchilar 20 ga yaqin ish beruvchi tashkilotlar bilan bevosita muloqot qilish, mavjud bo‘sh ish o‘rinlari va ishga qabul qilish tartiblari haqida batafsil ma'lumotga ega bo‘lish imkoniyatiga ega bo‘ladi.
👉 Bo‘sh ish o‘rinlari yarmarkasi 23-iyul 9:30 da Xalqlar do‘stligi” saroyida boshlanadi.