26/03/2025
Yoshlarimiz bilimi orqali Jahon chempionlariga aylandi
Dunyo yoshlari bilan bilimda bellasha oladigan iqtidorli o‘quvchilarimiz xalqaro olimpiadada g‘alaba qozonib, yurtimizga sharaf bilan qaytishdi!
Yoshlar ishlari agentligi qoshidagi o‘quvchi yoshlarimiz 61 ta davlat vakillari ishtirok etgan xalqaro olimpiadada Yangiyo‘llik 30 nafar yosh o'quvchilarimiz faxrli 1- va oliy o‘rinlarni qo‘lga kiritib, qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlandi.
G‘oliblarni kutib olish marosimida oila a’zolari, ustozlar, Yoshlar ishlari agentligi vakillari, tuman hokimiyati va OAV xodimlari ishtirok etishdi.
Bu yutuq nafaqat g‘olib yoshlarimiz, balki yurtimiz ta’lim sohasining yuksak salohiyatini yana bir bor isbotlab berdi!