28/11/2021
👉 𝐃𝐮𝐧𝐲𝐨𝐧𝐢 𝐥𝐨𝐥 𝐪𝐢𝐥𝐠𝐚𝐧 𝐤𝐚𝐬𝐡𝐟𝐢𝐲𝐨𝐭𝐜𝐡𝐢 𝐚𝐲𝐨𝐥!
💠 Jahon ilm–fanining haqiqiy fidoyisi, o‘z kasbining yetuk mutaxassisi va
zamonaviy fizika fani asoschisi
Mariya Sklodovska–Kyuri ana
shunday insonlardan biri sanaladi. U fizika hamda kimyo fanlari dahosi,
jamoat arbobi, radiaktiv nazariya
ixtirochisi va ikki marta Nobel
mukofotiga sazovor bo‘lgan yagona ayol olima hisoblanadi.
📟 Birinchi rentgen apparati hamda radiy (radioaktivlik ega bo‘lgan kimyoviy element)ni ham aynan shu ayol kashf qilgan. Uni fan olamida radioaktiv fizikaning onasi deb ham atashadi.
👩🏫 Mariya Kyuri 1867 yilning
7-noyabrida Varshavada o‘qituvchilar oilasida tug‘ilgan. Otasi fizika va matematika fani o‘qituvchisi, onasi esa nufuzli oilalar qizlariga ta’lim beradigan gimnaziya direktori bo‘lib ishlagan. Biroq ko‘p o‘tmay oila boshiga baxtsizliklae yog‘iladi: otasi ishidan va to‘plagan mol-mulkidan ayriladi. Kichik singlisi vafot etadi. Onasi ham sil kasalligi asoratidan bu dunyodan erta ko‘z yumadi. Quvnoq va o‘ziga to‘q oila birdaniga nochor ahvolga tushib qoladi.
💁♂ Otasi sababli mashhur davriy kimyoviy elementlar jadvalini yaratgan rus olimi Dmitriy Ivanov Mendeleevning laboratoriyasida laborant bo‘lib ishlaydi. Qizaloqning laboratoriyada ishlash jarayonini kuzatgan olim u haqda shunday deydi: “Agar Mariya shu zaylda faoliyatini davom ettirsa, kelajakda mashhur kimyogar bo‘lib yetishadi”. Shu tariqa iste’dodli Mariya gimnaziyani a’lo baholarga tamomlaydi. Biroq oliy ta’lim olish maqsadini amalga oshirishda ikki to‘siqqa duch keladi: oilasining qashshoqligi va o‘sha davrda Varshava universitetida ayollarning o‘qishga qabul qilinmasligi.
🙍♀ Biroq kurashuvchan va ilmga tashna Mariya hamda singlisi Bronya o‘z orzusini amalga oshirish uchun “antiqa” reja ishlab chiqishadi: Mariya 5 yil davomida singlisining tibbiyot institutida tahsil olishi uchun kerakli mablag‘ni to‘plash uchun tarbiyachi sifatida ishlay boshlaydi. Kerakli muddat o‘tgach, Bronya Parijda shifokor bo‘lib ishga kiradi. So‘ng opasini o‘qitish uchun barcha xarajatlarni o‘z zimmasiga oladi.
🛥 Mariya 1891-yili Parij Universitetining (Sorbondagi) tabiiy fanlar fakultetiga o‘qishga kiradi. Bunday baxtga muyassar bo‘lgan olima bor kuchini o‘qishga sarflab, eng bilimli talabalar qatoridan joy oladi. Biroq Mariya muhtojlikda yashaydi. O‘z vaqtida ovqatlanish va kiyinishga imkoni bo‘lmaydi. Hatto bir necha marta ochlik sabab hushidan ham ketadi.
🏢 1893-yili birinchi bosqichni yakunlagan bo‘lajak olima Sorbonda fizika bo‘yicha litsensiat darajasi (ekvivalent magistr darajasi) va yana bir yildan so‘ng esa matematika fani bo‘yicha litsensiat darajasiga ega bo‘ladi.
🛢 Olima juda ko‘plab tadqiqotlar olib borgan. Xususan, radiatsiya ta’siriga duch kelgan eksprementlarni amalga oshiradi. Hayotining so‘nggi damlarida Mariya radiatsiya kasalligidan kelib chiqqan turli xil kasalliklar asoratidan aziyat chekadi. O‘z sog‘lig‘ini xavfga qo‘yib, radiatsiya nurlanishi ochiq elementlarining inson organizmiga ta’siri xususida uzoq vaqt tekshiruvlar olib boradi.
🔌 Mariya haqiqiy daho ayol edi. Uning xotirasiga bag‘ishlab Varshavada Mariya Sklodovskoy-Kyuri deb nomlangan muzey ochilgan. Parijning Milliy kutubxonasida qo‘rg‘oshin qoplamli qutilarda uning narsalari va laboratoriya uskunalari ehtiyotkorlik bilan saqlanadi. Olimlarning e’tiroficha, yuqori radiatsiya xavfi tufayli uning shaxsiy buyumlariga 1500 yil yaqinlashish mumkin emas ekan.
💡Parijning Panteon shahrida radiaktiv nurlanishdan himoya qiluvchi maxsus tobutda Mariya Kyuri ko‘milgan. Kutubxonaga tashrif buyuruvchilar, Kyurining kundaligi va jurnallari bilan tanishishdan avval xavf borasida ogohlantirilganliklari haqidagi hujjatga imzo chekadi. Radiy bilan zararlanmaslik uchun himoya moslamasini kiyib oladi. Bu qoida yana bir yarim ming yildan so‘ng o‘z kuchini yo‘qotadi.
𝐒𝐢𝐳 𝐡𝐚𝐦 𝐬𝐡𝐚𝐫𝐚𝐟𝐥𝐢 𝐬𝐨𝐡𝐚𝐧𝐢 𝐭𝐚𝐧𝐥𝐚𝐦𝐨𝐪𝐜𝐡𝐢 𝐛𝐨'𝐥𝐬𝐚𝐧𝐠𝐢𝐳, 𝐛𝐢𝐳 𝐛𝐢𝐥𝐚𝐧 𝐛𝐨𝐠'𝐥𝐚𝐧𝐢𝐧𝐠!
📞 +998977300073;
MTS