IMA Yangiyer shahar

IMA Yangiyer shahar

Share

Yangiyer Ixtisoslashtirilgan ta'lim maussasalar agentligi maktabi

06/06/2023





📢 DIQQAT E'LON!

❗️ YANGIYER SHAHAR IXTISOSLASHTIRILGAN MAKTABI 2023-2024-O'QUV YILI UCHUN QABUL E'LON QILADI!

⚡️ Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi Yangiyer shahar ixtisoslashtirilgan maktabi 2023/2024-o‘quv yili uchun hujjatlar qabuli 10-iyundan – 30-iyunga qadar ONLAYN shaklda ariza.piima.uz sayti orqali amalga oshiriladi.

🗂 Talabgorning:
➖tug‘ilganlik to‘g‘risidagi guvohnomasi;
➖fotosurati (oxirgi 2 oyda olingan);
➖ baholar tabeli nusxasi (direktor tomonidan tasdiqlangan);
➖ ota-onasi yoki uning o‘rnini bosuvchi shaxsning pasport ma’lumotlari va telefon raqamlari (doimiy ishlab turgan telefon raqamlari) aniq va bexato kiritilishi lozim.

❓ Ixtisoslashtirilgan maktabga
➖aniq fanlar yo'nalishi bo'yicha 5-sinfga qabul qilinadi.

✅Qabul jarayoni bòyicha batafsil ma'lumotlar:

+998973411155

Call centre:1206
📌 Yangiliklarni rasmiy sahifalarimiz orqali kuzating👇👇👇
Telegram | Facebook

Photos from IMA Yangiyer shahar's post 26/12/2022



.

🏢 Prezident ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi Yangiyer shahar ixtisoslashtirilgan maktabida Vatanparvarlik oyligi rejasiga asosan tadbir tashkil qilindi.
👮‍♂ Tadbirda Shirin shahrida joylashgan 49479-sonli Harbiy qismdan katta leytenant M.Avezov boshchiligidagi harbiy xizmatchilari zamonaviy qurol-aslahalarning koʻrgazmasini namoyish etib, ular haqida tushuncha berishdi va o‘quvchilar bilan savol-javoblar oʻtkazishdi.

Kanalga ulanish uchun 👉 t.me/PTMA_Yangiyer

Photos from IMA Yangiyer shahar's post 20/12/2022



.

🏢 Prezident ta’lim muassasalari tizimidagi Yangiyer shahar ixtisoslashtirilgan maktabining 10-11-sinf o‘quvchilari bilan AK-74 avtomatini qisimlarga ajratish va qayta yig‘ish bo‘yicha amaliy mashg‘ulot tashkil qilindi.

👨‍✈️ O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022- yil 14-dekabrdagi “O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganligining 31 yilligini, hamda Vatan himoyachilari kunini nishonlashga tayyorgarlik ko‘rish va o‘tkazish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoyishi ijrosini taʼminlash maqsadida 15-dekabrdan, 2023-yilning 15-yanvar kuniga qadar mamlakatimizda “Milliy armiyamiz – Yangi O‘zbekistonning mustahkam qalqonidir!” shiori ostida amaliy jarayon oʻtkazildi.

Kanalga ulanish uchun 👉 http://t.me/PTMA_Yangiyer

15/12/2022

.

.

🏢 Prezident taʼlim muassasalari agentligi Yangiyer shahar ixtisoslashtirilgan maktab oʻquvchisi Sulaymonov Xasan tomonidan
Hamid Olimjon tavalludining 113 yilligiga bagʻishlab tayyorlagan video rolik.

Kanalga ulanish uchun 👉 t.me/PTMA_Yangiyer

Photos from IMA Yangiyer shahar's post 15/12/2022

.

.

🏫 Prezident taʼlim muassasalari agentligi Yangiyer shahar ixtisoslashtirilgan maktabning biologiya fani o'qituvchisi Norqulova Rayhon tomonidan 9-A sinf o'quvchilariga "Nuklein kislotalar" mavzusida ochiq darsi bo'lib o'tdi.

🔍Ochiq darsda Nuklein kislotaning turlari, biologik ahamiyati, DNK va RNKning o'xshashlik hamda farqli tomonlari haqida ma'lumotlar berib o'tildi. Dars mashg‘uloti davomida interfaol metodlardan samarali foydalanildi.

🖥 Ochiq darsda o'quv ishlar bo'yicha direktor o'rinbosari D.Shermatov, maktab maslahatchisi S.Xolboyev, fan o'qituvchilari ishtirok etishdi.

Kanalga ulanish uchun 👉 t.me/PTMA_Yangiyer

Photos from IMA Yangiyer shahar's post 15/12/2022




👓 Prezident ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Yangiyer shahar ixtisoslashtirilgan maktabida "Al-Xorazmiy olimpiadasi"ning maktab bosqichi o'tkazildi.

🏢 "Al-Xorazmiy olimpiadasi"ning maktab bosqichida 7-8 - sinf o'quvchilari matematika, fizika, kimyo va biologiya fanlaridan oʻz bilimlarini sinab koʻrishdi.

Kanalga ulanish uchun 👉 t.me/PTMA_Yangiyer

Photos from IMA Yangiyer shahar's post 15/12/2022

.

.

🖥 Prezident taʼlim muassasalari agentligi Yangiyer shahar ixtisoslashtirilgan maktabning rus tili fani o'qituvchisi Malikova Elmira tomonidan 9-B sinf o'quvchilariga "История денег" mavzusida ochiq dars mashg'uloti bo'lib o'tdi.

💸Ochiq darsda pulning qanday kashf qilinishi va qanday qilib muomilaga kiritilganligi to’g’risida qiziqarli malumotlar berildi. Dars mashg‘uloti davomida interfaol metodlardan samarali foydalanildi.

📷 Ochiq darsda o'quv ishlar bo'yicha direktor o'rinbosari D.Shermatov va fan o'qituvchilari ishtirok etishdi.

Kanalga ulanish uchun 👉 t.me/PTMA_Yangiyer

Photos from IMA Yangiyer shahar's post 14/12/2022

.

.

🏢 Prezident taʼlim muassasalari agentligi Yangiyer shahar ixtisoslashtirilgan maktabida Hamid Olimjon tavalludining
113 yilligiga bagʻishlab "Ikki avlod uchrashuvi" hamda "Mushoira" kechasi tashkil etildi.

🎥 Uchrashuvda Yangiyer shahrining ijodkor yozuvchisi, "1-darajali mehnat faxriysi", "Oʻrta maxsus kasb-hunar taʼlimi aʼlochisi" va koʻplab koʻkrak nishonlari sohibi Xoliqulov Baraka Abdurahimovich bilan "Barhayot jilolar" nomli davra suhbati boʻlib oʻtdi.

📝 Davra suhbati davomida oʻzbek shoiri, adabiyotshunos va jamoat arbobi, 20-asr oʻzbek adabiyotiga munosib hissa qoʻshgan hamda 30-yillarida shodlik va baxt kuychisi sifatida tanilgan Hamid Olimjonning hayoti va ijodi hamda lirik sheʼrlari haqida suhbatlashildi.

📜 Davra suhbatidan soʻng oʻquvchi yoshlar ishtirokida "Mushoira" kechasi tashkil etilganligi tadbirga ijodkorlik nafasini baxsh etdi.

Kanalga ulanish uchun 👉 t.me/PTMA_Yangiyer

Want your school to be the top-listed School/college in Yangiyer?

Click here to claim your Sponsored Listing.

Location

Category

Telephone

Address


Yangiyer
121000

Opening Hours

Monday 09:00 - 17:00
Tuesday 09:00 - 17:00
Wednesday 09:00 - 17:00
Thursday 09:00 - 17:00
Friday 09:00 - 17:00
Saturday 09:00 - 17:00