Toshkent kimyo-texnologiya instituti Yangiyer filiali

Toshkent kimyo-texnologiya instituti Yangiyer filiali Toshkent kimyo-texnologiya instituti Yangiyer filiali rasmiy sahifasi

20/09/2026



Toshkent kimyo-texnologiya instituti Yangiyer filiali “Kelajak tadbirkori – 2026” yarmarkasida ishtirok etdi

Bugun Guliston shahrida yoshlarning bandligini ta’minlash, ularni zamonaviy kasblarga yo‘naltirish hamda tadbirkorlik tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash maqsadida “Kelajak tadbirkori – 2026” kasb, bandlik va tadbirkorlik imkoniyatlari yarmarkasi o‘tkazildi.

Mazkur tadbirda Toshkent kimyo-texnologiya instituti Yangiyer filiali jamoasi ham faol ishtirok etdi.

Yarmarka davomida talaba-yoshlar uchun bo‘sh ish o‘rinlari, amaliyot imkoniyatlari, zamonaviy kasblar, tadbirkorlikni boshlash va rivojlantirish bo‘yicha mavjud imkoniyatlar haqida ma’lumotlar taqdim etildi.

Shuningdek, ishtirokchilar ish beruvchilar, tadbirkorlar va turli tashkilotlar vakillari bilan bevosita muloqot qilib, ishga joylashish, kasbiy rivojlanish hamda tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha zarur ma’lumotlarga ega bo‘ldilar.

19/09/2026



Toshkent kimyo-texnologiya instituti Yangiyer filialida talabalarning nazariy bilimlarini amaliyot bilan mustahkamlash, ularning ilmiy va ijodiy salohiyatini rivojlantirish maqsadida turli yo‘nalishlarda fan to‘garaklari faoliyat olib bormoqda

Shu haqida maxsus ko‘rsatuv tayyorlandi.

16/09/2026

TKTI Yangiyer filialida xavfsizlik tizimi takomillashtirilmoqda

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 14-fevral kuni yoshlar bilan o‘tkazilgan ochiq muloqotida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash, yoshlar uchun xavfsiz va qulay ta’lim muhitini yaratish maqsadida hududlarda tegishli chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.

Mazkur vazifalar doirasida Toshkent kimyo-texnologiya instituti Yangiyer filialida xavfsizlik infratuzilmasining mavjud holati o‘rganildi.

Respublika ishchi guruhi vakillari tomonidan filial hududidagi videokuzatuv tizimi, kameralar qamrovi hamda talabalar gavjum bo‘ladigan hududlarda xavfsizlikni ta’minlash holati ko‘zdan kechirildi.

O‘rganishlar davomida filial hududidagi xavfsizlikni yanada kuchaytirish, videokuzatuv kameralarini strategik nuqtalarga joylashtirish va mavjud tizim qamrovini kengaytirish bo‘yicha takliflar bildirildi.

Shuningdek, favqulodda vaziyatlar yuzaga kelganda tezkor choralar ko‘rish imkonini beruvchi “Tezkor tugma” (SOS) tizimini joriy etish masalasiga alohida e’tibor qaratildi.

Mazkur tizim orqali xavfsizlik bilan bog‘liq holatlarda mas’ul xodimlarga tezkor signal yuborish va zarur choralarni zudlik bilan ko‘rish imkoniyati yaratiladi.

O‘rganish yakunlari bo‘yicha filialda xavfsizlikni ta’minlash, videokuzatuv tizimini takomillashtirish hamda favqulodda vaziyatlarga tezkor javob berish mexanizmlarini kuchaytirish yuzasidan tegishli vazifalar belgilandi.

Ma’lumot uchun, mazkur yo‘nalishdagi ishlar O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 26-martdagi PF-61-son Farmoni bilan belgilangan vazifalar ijrosi doirasida amalga oshirilmoqda.

16/09/2026



Toshkent kimyo-texnologiya instituti Yangiyer filiali “Chorshanba — sport kuni” doirasida sport mashg‘ulotlari o‘tkazildi

Ichki ishlar vaziri Toshkent kimyo-texnologiya instituti Yangiyer filialidagi Kiberxavfsizlik va sun’iy intellekt o‘quv ...
16/09/2026

Ichki ishlar vaziri Toshkent kimyo-texnologiya instituti Yangiyer filialidagi Kiberxavfsizlik va sun’iy intellekt o‘quv markazi faoliyati bilan tanishdi

O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vaziri, general-leytenant Aziz Anvarovich Tashpulatov Toshkent kimyo-texnologiya instituti Yangiyer filialiga tashrif buyurdi.

Tashrif davomida Aziz Tashpulatov filialda ishlab chiqilgan zamonaviy texnologiyalar, innovatsion ishlanmalar hamda yangi loyihalar bilan yaqindan tanishdi.

Shuningdek, filialda tashkil etilgan Kiberxavfsizlik va sun’iy intellekt o‘quv markazi faoliyati bilan tanishilib, markazning imkoniyatlari, o‘quv yo‘nalishlari hamda yoshlarning zamonaviy raqamli ko‘nikmalarini rivojlantirishga qaratilgan loyihalari haqida ma’lumot berildi.

Tashrif davomida zamonaviy texnologiyalarni ta’lim jarayoniga keng joriy etish, yoshlarning innovatsion salohiyatini oshirish hamda kiberxavfsizlik va sun’iy intellekt yo‘nalishlarida malakali mutaxassislar tayyorlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

12/09/2026



Xitoylik investorlar bilan istiqbolli hamkorlik masalalari muhokama qilindi

Toshkent kimyo-texnologiya instituti Yangiyer filiali direktori Zafar Xakimov boshchiligida Xitoy Xalq Respublikasidan tashrif buyurgan investorlar va ishbilarmonlar bilan rasmiy uchrashuv tashkil etildi.

Uchrashuvda Tianjin Fujian Chamber of Commerce, Tianjin Tengxi Technology Co., Ltd., Tianjin Keyuan New Energy Technology Co., Ltd., Fufeng Group Ltd. hamda Wellhope kompaniyalari vakillari ishtirok etdi.

Muloqot davomida filial huzuridagi Energetika texnoparkida litiy-ion batareyalarini ishlab chiqarish yo‘nalishida faoliyat yuritayotgan “Celco” kompaniyasining joriy faoliyati, ishlab chiqarish quvvatlarini oshirish, zamonaviy texnologiyalarni joriy etish hamda korxona faoliyatini yanada rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.

Shuningdek, investitsiyaviy hamkorlikni kengaytirish, istiqbolli va innovatsion loyihalarni birgalikda amalga oshirish, ilmiy salohiyatni ishlab chiqarish bilan integratsiya qilish hamda zamonaviy korxonalar uchun yuqori malakali mutaxassislar tayyorlash bo‘yicha fikr almashildi.

 Rahbar va yoshlar uchrashuviYoshlar kuni munosabati bilan Toshkent kimyo-texnologiya instituti Yangiyer filiali direkto...
10/09/2026



Rahbar va yoshlar uchrashuvi

Yoshlar kuni munosabati bilan Toshkent kimyo-texnologiya instituti Yangiyer filiali direktori, texnika fanlari doktori (DSc), professor Zafar Xakimov ishtirokida 1-bosqichga qabul qilingan guruh sardorlari bilan “Rahbar va yoshlar” uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

Ochiq muloqot shaklida tashkil etilgan uchrashuvda talabalarning qiziqishlari, takliflari, tashabbuslari va kelgusidagi rejalari tinglandi. Yoshlarni qiziqtirayotgan masalalar yuzasidan fikr almashilib, ularning qiziqishlariga mos ravishda tegishli yo‘nalishlar bo‘yicha tavsiyalar berildi.

Filial direktori yoshlarning har bir tashabbusi muhim ekanini ta’kidlab, talabalar o‘z g‘oya va qiziqishlarini amaliy faoliyatga aylantirishlari uchun filialda zarur sharoit va imkoniyatlar yaratilganini qayd etdi.

Shuningdek, Yoshlar ittifoqi faoliyatiga qiziqish bildirgan talabalar o‘zlarini qiziqtirgan yo‘nalishlar bo‘yicha savollariga javob oldilar hamda yoshlar bilan ishlash, jamoatchilik tashabbuslarida faol ishtirok etish bo‘yicha tegishli yo‘nalishlarga ega bo‘ldilar.

Uchrashuv davomida yoshlarning filial hayotidagi faolligini oshirish, ularning tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash va yangi imkoniyatlarni ro‘yobga chiqarish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Rahbar va yoshlar uchrashuviToshkent kimyo-texnologiya instituti Yangiyer filialida Raqamli texnologiyalar vazirligi huz...
09/09/2026

Rahbar va yoshlar uchrashuvi

Toshkent kimyo-texnologiya instituti Yangiyer filialida Raqamli texnologiyalar vazirligi huzuridagi Axborotlashtirish va telekommunikatsiyalar sohasida nazorat inspeksiyasi rahbari Rustamov Farrux Shohruxovich ishtirokida rahbar va yoshlar uchrashuvi o‘tkazildi.

Uchrashuvda Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha direktorning birinchi o‘rinbosari Otabek Abdug‘aniyev, Raqamli texnologiyalar vazirligi huzuridagi “O‘zkomnazorat” inspeksiyasi Sirdaryo viloyati hududiy bo‘limi boshlig‘i Elbek Abdug‘aniyev, IT Park Sirdaryo viloyati filiali rahbari Xurshid Suvonov ishtirok etdi.

Muloqot davomida yoshlarning raqamli texnologiyalar, sun’iy intellekt, kiberxavfsizlik va IT sohasiga oid savollari tinglanib, ularga batafsil javoblar berildi.

Shuningdek, mehmonlar filialda talabalar uchun yaratilgan sharoitlar, zamonaviy o‘quv infratuzilmasi bilan tanishdilar. Jumladan, Sun’iy intellekt va kiberxavfsizlik o‘quv markazi faoliyati ko‘zdan kechirildi. Markazda yaratilgan imkoniyatlar va zamonaviy texnologik yechimlar bilan yaqindan tanishildi.

 10-sentyabr kuni navbatdagi “Avtomobilsiz kun” aksiyasi o‘tkaziladiAksiya munosabati bilan davlat idoralari rahbarlari ...
09/09/2026



10-sentyabr kuni navbatdagi “Avtomobilsiz kun” aksiyasi o‘tkaziladi

Aksiya munosabati bilan davlat idoralari rahbarlari va xodimlariga shaxsiy transport vositalaridan voz kechish va jamoat transporti, velosiped hamda atrof-muhitga zarar yetkazmaydigan transport turlaridan foydalanish tavsiya qilinadi.

Shaharlarda ekologik toza transportdan foydalanish havoning ifloslanishini kamaytirish, energiya resurslarini tejash va aholining salomatligini mustahkamlashga yordam beradi. Birgalikdagi sa’y-harakatlar bilan yanada qulay va yashil muhit yaratish mumkin.

“Avtomobilsiz kun” ommaviy aksiyasiga siz ham qo‘shiling!

  |  🇺🇿“Yangi O‘zbekiston — yoshlar nigohida”Toshkent kimyo-texnologiya instituti Yangiyer filialida yangi o‘quv yilinin...
09/09/2026

|

🇺🇿“Yangi O‘zbekiston — yoshlar nigohida”

Toshkent kimyo-texnologiya instituti Yangiyer filialida yangi o‘quv yilining ikkinchi kunida “Yangi O‘zbekiston — yoshlar nigohida” mavzusida davra suhbati tashkil etildi.

Tadbir davomida “Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!” g‘oyasi asosida “Mustaqillik darsi” o‘tkazildi. Unda mamlakatimiz mustaqilligining mazmun-mohiyati, Yangi O‘zbekiston taraqqiyoti, yoshlarning jamiyatdagi o‘rni, Vatanga sadoqat va kelajak uchun mas’uliyat kabi muhim masalalar haqida fikr almashildi.

Shuningdek, talabalar filialdagi kafedralar faoliyati bilan yaqindan tanishdilar. Kafedralarda tashkil etilgan o‘quv jarayoni, ta’lim yo‘nalishlari va talabalar uchun yaratilgan imkoniyatlar haqida ma’lumotlar berildi.

Address

Tinchlik
Yangiyer
121001

Opening Hours

Monday 09:00 - 17:00
Tuesday 09:00 - 17:00
Wednesday 09:00 - 17:00
Thursday 09:00 - 17:00
Friday 09:00 - 17:00
Saturday 09:00 - 17:00

Telephone

+998955115856

Alerts

Be the first to know and let us send you an email when Toshkent kimyo-texnologiya instituti Yangiyer filiali posts news and promotions. Your email address will not be used for any other purpose, and you can unsubscribe at any time.

Contact The School

Send a message to Toshkent kimyo-texnologiya instituti Yangiyer filiali:

Shortcuts

Share