15/06/2022
27-iyun Astrum IT Akademiyasida tester kurslari start olmoqda!
🦾 Tester ko'nikmalarini egallash - axborot texnologiyalari sohasiga tezda kirishning eng oson usullaridan biri hisoblanadi. Bu kasbni egallash oson degan mish-mishlar mavjud, testerning ishi dasturiy ta'minotni sinovdan o'tkazish va baglarni topishdan iboratdir.
✅ Agar bu ma`lumotlar sizni qiziqtirgan bo‘lsa unda sizni Astrum IT akademiyasida kutamiz.
✍️ Shoshling, joylar soni chegaralangan !!!
Kurs davomiyligi: 5 hafta
Kurs narxi: 2 800 000 so’m
Biz bilan bog'lanish uchun :
+998-71-202-42-22
11/05/2022
Data Scientist — hozirgi va kelajak kasbi
👨💻 Data Scientist - bu katta ma'lumotlar to'plamlarida qonuniyatlarni qidiradigan, ularni tahlil qiladigan va saqlaydigan mutaxassisdir. Data Scientist kasbi IT olamidagi eng yuqori maoshli va eng qiyin kasblardan biri hisoblanadi.
🦾 Hozirda Data Science — eng aniq ma'lumotlar va tahlillarni taqdim etishda, foydalanuvchiga yaqinroq bo'lishda, sohalarni avtomatlashtirish jarayonlarida, startaplarda, IT-kompaniyalarda va turli korxonalarda keng foydalanilmoqda.
Astrum IT Akademiyamizda esa siz ushbu mutaxassislikni o'rganishingiz mumkin. Batafsil ma'lumot olish uchun izohlarda + yozib qoldiring 👇
10/05/2022
Yahoo imperiyasi qulashining asosiy sabablari nimada?
👨💻 Google'dan oldin internet yetakchiligi Yahoo kompaniyasiga tegishli bo'lgani haqida esh*tgansiz. Bugun Yahoo kompaniyasi qulashining asosiy sabablarini e'tiboringizga havola etamiz.
Google'ni sotib olishni rad etganligi
Tadbirkor Pol Graham, Yahoo asoschisi Devid Filonga 1999-yilda Google'ni sotib olishni taklif qiladi va rad javobini oladi. Bu esa Yahoo'ning tarixiy xatosi bo'lib chiqadi.
O'ylamasdan qilingan xarajatlar
Kompaniyaga Marissa Mayer kelishi bilan xizmat ko'rsatish sifatiga emas, axborot vositalariga e'tibor kuchaytiriladi va keraksiz shartnomalar imzolanadi. Birgina Couric bilan tuzilgan shartnoma kompaniyaga yilliga 10 million dollarga tushadi.
Xodimlarga xurmatsizlik
Mayer 2013-yilda xodimlarga masofadan ishlashni ta'qiqlagan bo'lsa, 2015-yilning birinchi choragida 1100 nafar xodimni ishdan bo'shatadi. Ushbu rahbar xodimlarni shaxsiy hayotini xurmat qilmaydi va xodimlarda ham unga nisbatan nafrat ortib boradi.
06/05/2022
Dasturlashga qiziquvchi yoshlar diqqatiga!
💥 Astrum IT Academy sizlar uchun ajoyib imkoniyat taqdim etadi. Kutib oling bizda Preseason 4 uchun qabul jarayonlari boshlandi.
👨💻 Dasturlash sirlarini sun'iy intellekt algoritmlari yordamida o'rganishni xohlaysizmi? U holda ushbu imkoniyatni qo'ldan boy bermang. Astrumda sizni yuqori texnalogiyali kampus va ajoyib IT atmosferasi kutmoqda.
Preseason 4 uchun qabul jarayonlari 20-iyungacha davom etadi. Shoshiling, joylar soni chegaralangan.
Batafsil ma'lumotlar uchun:
📞 Tel: +998712024222
____________________________________
Вниманию молодежи, интересующейся программированием!
💥 Astrum IT Academy предлагает вам прекрасную возможность записаться на прием Preseason 4.
👨💻 Хотите узнать секреты программирования с помощью алгоритмов искусственного интеллекта? В таком случае не упустите эту возможность! В Astrum вас ждёт высокотехнологичный кампус и отличная IT-атмосфера.
Прием заявок на Preseason 4 продлится до 20 июня. Спешите, количество мест ограничено.
За дополнительной информацией:
📞 Тел: +998712024222
06/05/2022
Kecha Veon xalqaro kompaniya rasmiylari bilan Astrum IT Academyamizning vakillari uchrashuv o'tkazishdi.
🎯 Suhbat davomida amalga oshirilishi rejalashtirilayotgan ta'lim sohasidagi hamkorlik loyihalari muhokama qilindi.
ℹ️ Ma'lumot uchun Veon Kompaniyasi Nasdaq va Euronext Amsterdam birjalari ro‘yxatiga kiritilgan bo'lib, aloqa xizmatlari va raqamli xizmatlarni yetkazib beruvchi global kompaniya hisoblanadi va dunyoning bir qator davlatlarida o'z aktivlariga ega.
🤝 Uchrashuv so'ngida tomonlar kelgusidagi hamkorlik bo'yicha kelishib olishdi. Suhbatdan maxsus foto lavhalarni yuqorida tomosha qilishingiz mumkin.
Biz bilan bog'lanish uchun :
+998-71-202-42-22
29/04/2022
Python dasturlash tilini ishlatadigan gigantlar
🧑💻 Hozirgi k***a dasturlash tillari juda ham ko'p, lekin ular orasida shunday dasturlash tillari borki, o'zining vazifasi, ishlash imkoniyatlari va qulayligi bilan alohida ajralib turadi.
🐍 Shunday dasturlash tillaridan biri bu — Python dasturlash tilidir. Ushbu til, yozilishi jihatidan ancha oson bo'lib, dasturchilar uchun muhim ahamiyat kasb etadi. Shuningdek, ushbu tildan siz doim ishlatadigan ijtimoiy tarmoqlar va gigant kompaniyalar ham foydalanadi.
✅ Yuqoridagi ketma-ketlik orqali Python dasturlash tilidan foydalanadigan gigant kompaniyalar nomlarini keltirib o'tdik.
Siz yuqoridagi ro'yxat ichidan qaysi birini ko'proq ishlatasiz?
27/04/2022
3DMax kurslariga qabul boshlandi
✅ Oxirgi paytlarda arxitektura va interyer dizayn, zamonaviy kasblar ichida eng talabgor kasbga aylanib bormoqda. Astrum IT Academy esa shu sohani chuqur o'rganib, yaxshi daromad topishni istagan yoshlar uchun 3DMax kurslariga qabul boshlanganini e'lon qiladi.
⚡️ 3DMax kursimizda o'quvchilar 3 oy davomida o'qitiladi va undan tashqari 1 oy 3DMax ustasi Abdusattor Abdurahimov bilan bepul amaliyot qilish imkoniga ega bo'ladilar. Darslar 2 smenada 9:00-12:00 va 16:00-19:00 oralig'ida olib boriladi.
Kurs so'ngida esa eng yaxshi o'quvchilar ish bilan ta'minlanadi.
3DMax dasturini professionallar qo'l ostida o'rganishga shoshiling.
Kurslar haqida batafsil ma'lumotlar va kursga yozilish uchun:
+998-71-202-42-22
📍Manzil: Astrum IT Academy
Instagram | Facebook | YouTube | TT
26/04/2022
Pavel Durov haqida nimalarni bilasiz?
👨💻 Barchamiz foydalanadigan Telegram messengeri va VKontakte ijtimoiy tarmoq asoschisi Rossiyalik Pavel Durov ismli shaxs bo'lib, u o'zining texnologik loyihalarini ishlab chiqish orqali milliard dollarlik boylikka ega bo'lgan zamonamizning eng mashhur tadbirkorlaridan biridir.
Ushbu Rossiyalik milliarder yaratgan Telegram messengeri, hozirgi k***a eng xavfsiz va qulay ma'lumot almashadigan messengerga aylanib ulgurgan.
🦾 Ayni vaqtda Telegram - yurtimizdagi eng mashhur messenger bo'lib, statistik ma'lumotlarga qaraganda birgina O'zbekistonning o'zidan 18 million aholi Telegramdan foydalanadi.
♻️ Undan tashqari Pavel Durov tomonidan TON kriptovalyutasiga ega bo'lgan ko'p funksiyali platforma hamda Gram telegram kriptovalyuta loyihasi yo'lga qo'yilgan.
Aytingchi, siz Telegramdan qancha vaqtdan beri foydalanasiz?