18/11/2024
18 noyabr – O‘zbekiston Respublikasining Davlat bayrog‘i qabul qilingan kun
1991 yilning 18 noyabrida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining navbatdan tashqari o‘tkazilgan VII sessiyasida «O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘i to‘g‘risida»gi qonun qabul qilingan. Bu yil ushbu sanaga 33 yil to‘ldi.
O‘zbekiston Respublikasining Davlat bayrog‘iga nisbatan hurmatni ta’minlagan holda, undan jamoat joylarida, binolar va boshqa ob’yektlarda, yashash yoki ish joylarida, shuningdek ularga tutash bo‘lgan hududlarda, transport vositalarining salonida foydalanilishi mumkin.
Davlat ramzlari mamlakat suverenitetining belgisi hisoblanadi.