Vobkent tuman 32-umumiy o‘rta ta'lim maktabi

Vobkent tuman  32-umumiy o‘rta ta'lim maktabi Reliable and supportive

10/06/2025

Maktabimizda "Dolzarb 90 kun" tadbirlari davom etmoqda.

24-26-may kunlari davom etgan Turkiston tog' tizmalaridagi  Zomin milliy bog'iga sayohatimiz zavqli, sarguzashtlarga to'...
27/05/2025

24-26-may kunlari davom etgan Turkiston tog' tizmalaridagi Zomin milliy bog'iga sayohatimiz zavqli, sarguzashtlarga to'la va esda qolarli voqealarga boy bo'ldi. Jamoamiz o'zi uchun yana bir unutilmas sahifani bitib qo'ydi. Tabiat qo'ynida, yam-yashil archalar, toza havo,salqin shabada, purviqor ,boshi bulutlardan balanddagi osmonga tutash cho'qqilar, tabiat qo'ynidagi pikniklar , dor yo'li-yu ,osma ko'priklar va bizni mehmon qilgan hostel va uning ochiqko'ngil egalarigacha ,o'zimiz uchun hayotning o'zgacha qirralarini kashf qildik. Bir olam taassurotlar va yaxshi kayfiyat bilan jonajon Buxoro,Vobkentimizga qaytdik.

15/05/2025

Vobkent tuman 32-umumiy o'rta ta'lim maktabi 6-sinf o'quvchilarining 15-may — Xalqaro oila kuni munosabati bilan tayyorlagan video lavhasi

Sinf rahbari: Gulnigor Halimova

⚡️⚡️Oila xalqning, jamiyatning hayoti, turmushiga oid urf - odatlarni oʻzida sinovdan o'tkazadi. Oila oʻz farzandlarini ...
15/05/2025

⚡️⚡️Oila xalqning, jamiyatning hayoti, turmushiga oid urf - odatlarni oʻzida sinovdan o'tkazadi. Oila oʻz farzandlarini tarbiyalab, ularga umuminsoniy qadriyatlarni singdirish bilan ularga boshlangʻich ijtimoiy yoʻnalish beradi.⚡️⚡️
32- maktabning 4- sinf o'quvchilari bilan " Men uchun oila" mavzusida davra suhbati bo'lib o'tdi. O'quvchilar oʻzlarini qiziqtirgan savollarga javob javob olishdi.

⚡️Xotira va qadrlash kuni– ulug‘ avlodga ehtirom, avlodlar o‘rtasida bog‘liqlik ramzi. 📌Keksa avlod duosi — baraka, hurm...
08/05/2025

⚡️Xotira va qadrlash kuni– ulug‘ avlodga ehtirom, avlodlar o‘rtasida bog‘liqlik ramzi.

📌Keksa avlod duosi — baraka, hurmati — fazilatdir.

👏“Xotira va qadrlash kuni”ni munosib kutib olish maqsadida 2025 yil 8- may kuni Vobkent tuman MTDP tuman kengashi deputati Firuza Shodiyeva faoliyat olib borayotgan ta'lim muassasasida ham tantanali bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda MTDPning tuman kengashi raisi T.Yoqubov hamda tuman MMTM bo'limidan vakillar, nuroniy faxriylar, nafaqa gashtini surayotgan pedagog xodimlari ishtirok etishdi. Sohamizda uzoq yillar mehnat qilgan nuroniylarga bo‘lgan yuksak hurmat-e’tibor izhor etildi, ularga samimiy so‘zlar aytildi va esdalik sovg‘alar topshirildi.

💐Nuroniylarga ko‘rsatilayotgan mehr va e’tibor — bu avlodlar davomiyligi, insonparvarlik va milliy qadriyatlarimizga sodiqlik ifodasidir. Yoshlar uchun esa bu kun o‘z keksalarini ziyorat qilish, duolarini olish va hayot tajribasidan saboq olish imkoniyatidir.

Buxoro viloyati Vobkent tumanidagi 32- umumiy o’rta ta’lim maktabida 4- sinf o'quvchilari ishtirokida "Zakovat" intellek...
03/05/2025

Buxoro viloyati Vobkent tumanidagi 32- umumiy o’rta ta’lim maktabida 4- sinf o'quvchilari ishtirokida "Zakovat" intellektual o'yini o'tkazildi. Oʻquvchilar fanlar kesimida tuzilgan qiziqarli savollarga aniq javob berib faol qatnashdilar. "Zukkolar" guruhi gʻalaba qozondi. Bunday bellashuvlar oʻquvchilarni teran fikrlashga, nutqini o'stirishga hamda ko'plab kitoblar oʻqishga da'vat etadi.

32-umumiy o'rta ta'lim maktabining 2-sinf o'quvchilari✨👬👭 bilan Plener🌳🌴🌴🌴🌴🌴🌴🌴☘🌞🌞🌞 mavzusidagi ijodiy ishlaridan🏞🌅🌄🌠🎇🎆🌇🌉...
01/05/2025

32-umumiy o'rta ta'lim maktabining 2-sinf o'quvchilari✨👬👭 bilan Plener🌳🌴🌴🌴🌴🌴🌴🌴☘🌞🌞🌞 mavzusidagi ijodiy ishlaridan🏞🌅🌄🌠🎇🎆🌇🌉🌌🌃🏙🌁 lavhalar
Fan o'qituvchisi: D. Mardonova

Bugun 7-sinflar o'rtasida matematika fanidan "Hafta bilimdoni" tanlovi o'tkazildi. O'quvchilar  bir haftalik olgan bilim...
30/04/2025

Bugun 7-sinflar o'rtasida matematika fanidan "Hafta bilimdoni" tanlovi o'tkazildi. O'quvchilar bir haftalik olgan bilimlari asosida maxsus platpormada test topshiriqlarini bajardilar. Ubaydullayev Elbek 100 ball bilan 1 o'rinni egalladi va buning uchun o'quvchining ota-onasi va ustozi Sanobar Aslonovaga tashakkur bildiramiz.

32-umumiy o'rta ta'lim maktabining 6 - sinf o'quvchilari bilan Plener ( Ochiq havoda rasm ishlash) mavzusida ijodiy ishl...
30/04/2025

32-umumiy o'rta ta'lim maktabining 6 - sinf o'quvchilari bilan Plener ( Ochiq havoda rasm ishlash) mavzusida ijodiy ishlaridan foto lavhalar
Fan o'qituvchisi: D Mardonova

Address

Kipchak Street
Vabkent
200303

Opening Hours

Monday 07:30 - 17:00
Tuesday 07:30 - 17:00
Wednesday 07:30 - 17:00
Thursday 07:30 - 17:00
Friday 07:30 - 17:00
Saturday 07:30 - 15:00

Telephone

+998901234567

Website

Alerts

Be the first to know and let us send you an email when Vobkent tuman 32-umumiy o‘rta ta'lim maktabi posts news and promotions. Your email address will not be used for any other purpose, and you can unsubscribe at any time.

Contact The School

Send a message to Vobkent tuman 32-umumiy o‘rta ta'lim maktabi:

Shortcuts

Share

Category