28/01/2022
https://www.instagram.com/p/CZM310TMgOP/?utm_medium=copy_link
Secondary school No. 85 of Urgut district of Samarkand region Samarqand viloyati Urgut tumani 85-umumiy o'rta ta'lim maktabi
YOSH AVLOD TA'LIM-TARBIYASI - DOLZARB MASALA
Samarqand davlat universitetining Psixologiya va ijtimoiy munosabatlar fakulteti bilan Urgut tumanidagi 85-umumiy oʻrta taʼlim maktabi oʻrtasida hamkorlik davom etayapti
Onlayn olimpiadalar davom etadi!
Navbatdagi onlayn olimpiadalar 2022-yil 17-23-yanvar kunlari Ona tili va Tarix fanlaridan 5-11-sinf o‘quvchilari o‘rtasida, yuqoridagi grafik asosida o‘tkaziladi.
Olimpiadada ishtirokchilarga 20 ta test topshiriqlari taqdim qilinadi va ularni bajarish uchun 1 soat vaqt ajratiladi. Test natijalariga ko‘ra yuqori natijalarni qayd etgan o‘quvchilar aniqlanadi hamda iqtidorli o'quvchilar zahirasiga kiritiladi.
Onlayn olimpiadalarda ishtirok etish uchun o‘quvchilar ro‘yxatdan o'tishi shart! https://oo.uzedu.uz/Account/SignIn
Ro‘yxatdan o‘tgan o‘quvchilar o‘z ta'lim muassasalari tomonidan tizimda tasdiqlanishi kerak.
‼️Onlayn olimpiadalarda ishtirok etish mutlaqo bepul.
🌐 👉 olympiad.uzedu.uz, oo.uzedu.uz
📲👉
Onlayn olimpiadalar tashkil etish va iqtidorli o'quvchilar bazasini shakllantirish axborot tizimi Onlayn olimpiadalar tashkil etish va iqtidorli o'quvchilar bazasini shakllantirish axborot tizimi
10/01/2022
viloyati
tumani
Maktabimizning 8-B sinf o'quvchisi Mamatqulov Orzimurod hamda 9-V sinf o'quvchisi Mirtojiyeva Nazokatlar viloyat Xalq ta'limi boshqarmasi tashabbusi bilan o'tkazilgan "Bir million dasturchi" IT-tanlovining tuman bosqichida Web ma'lumotlar tahlili yo'nalishida ishtirok etib 1-o'rinni qo'lga kiritdi hamda, viloyat bosqichida ishtirok etishdi.
Tanlovda ishtirok etgan barcha ishtirokchilarni viloyat xalq ta'lim boshqarmasi boshlig'i Z.Shodiyeva ishtirok etgan g'oliblarni qimmatbaho sovg'alar bilan tabrikladi.
Bizni kuzatib boring!
08/01/2022
viloyati
tumani
85-umumiy o‘rta ta'lim maktabida “Voyaga yetmaganlarning ta’lim-tarbiya olishlarida ota-onalarning oʻrni” mavzusida “Otalar yig‘ilishi” bo‘lib o‘tdi. Yig‘ilish maktab direktori F.Vaxabovning ota-onalarga qilgan murojaati bilan boshlanib, kun tartibida qo‘yilgan barcha masalalar, Voyaga yetmagan yoshlarni ta'lim-tarbiya olishida yuzaga kelayotgan muammolar hamda, ularni oldini olishda oilaning o‘rni haqida turli mavzular ko'rib chiqildi.
Yig‘ilishda Xalq ta’limi vazirligining 2020-yil 28-maydagi 131-sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan “Umumiy o‘rta ta’lim muassasasining ichki tartib va odob-axloq qoidalari”, Vazirlar Mahkamasi tomonidan 2012-yil 21-mayda “O‘zbekiston Respublikasi ta’lim muassasalarida mobil telefonlardan foydalanish tartibi to‘g‘risida”gi 139-sonli qarori, maktab formasi, o‘quvchilar davomati va dars jarayonlari sifatini oshirish qaratilgan masalalari ko'rib chiqildi.
05/01/2022
!
85-umumiy o'rta ta'lim maktabida tahsil oluvchi o‘quvchilarni ajoyib tanlovga, sevib mutolaa qiladigan kitoblaringizni o‘z tengdoshlaringizga so‘zlab berish vaqti keldi!
Buning uchun maktabimizda tashkil etiladigan "ENG YAXSHI KITOB TAQDIMOTI" ko'rik tanloviga ishtirok et va eng yaxshi taqdimotchi qatorida bo‘l!
2022 yil 8-yanvar kuni soat 13:00 da bo‘lib o‘tadi.
Tanlovda ishtirok et va iqtidoringni namoyon qil!
05/01/2022
XURMATLI OTALAR!
85-umumiy o'rta ta'lim maktabida tahsil oluvchi farzandlaringiz kelajak taqdiri, ta'lim sohasida olib borilayotgan islohotlar va farzandingiz ta'lim-tarbiyasi uchun maktab ma'muriyati bilan hamkorlik qilishingiz juda muhimdir.
Aziz otalar! Sizni 2022-yil 8-yanvar kuni soat 10:00 da "Farzandim taqdiri mening taqdirim" shiori ostida bo'lib o‘tadigan "OTALAR MAJLISI" ga ishtirok etishga taklif etamiz!
Majlisda ishtirok eting va farzandingiz kelajagi uchun biz bilan muloqotda bo‘ling!
05/01/2022
!
85-umumiy o'rta ta'lim maktabida tahsil oluvchi o‘quvchilarni ajoyib tanlovga, O‘zbekiston xalq shoiri Anvar Obidjon tavallud kuniga bag‘ishlangan VIKTORINA bo‘lib o‘tadi.
Bunda o‘quvchilar shoirning she'rlari va asarlariga oid savollarga javob berish orqali o‘z iqtidorlarini namoish etishlari mumkin!
2022 yil 12-yanvar kuni soat 13:00 da bo‘lib o‘tadi.
🎉Tanlovda ishtirok et va iqtidoringni namoyon qil!
05/01/2022
!
85-umumiy o'rta ta'lim maktabida tahsil oluvchi o‘quvchi qizlarni ajoyib tanlovga, QUROQCHILIK SAN'ATI yordamida turli buyumlar tayyorlashlari va shu yo‘nalishda iqtidorini namoish etishlari mumkin!
2022 yil 13-yanvar kuni soat 11:00 da bo‘lib o‘tadi.
Tanlovda ishtirok et va iqtidoringni namoyon qil!
Bizni kuzatib boring!
Telegram (https://t.me/urgut85maktab) | Instagram (https://www.instagram.com/urgut85school/) | Facebook (https://www.facebook.com/school85urgut)
05/01/2022
!
85-umumiy o'rta ta'lim maktabida tahsil oluvchi o‘quvchilarini ajoyib tanlovga, LEGO KONSTRUKTORi yordamida turli buyumlar tayyorlashlari va shu yo‘nalishda iqtidorini namoish etishlari mumkin!
2022 yil 13-yanvar kuni soat 11:00 da bo‘lib o‘tadi.
Tanlovda ishtirok et va iqtidoringni namoyon qil!
Bizni kuzatib boring!
Telegram (https://t.me/urgut85maktab) | Instagram (https://www.instagram.com/urgut85school/) | Facebook (https://www.facebook.com/school85urgut)
01/01/2022
Yangi yilingiz bilan!