09/06/2021
⚡️Talabalar oʻqishini koʻchirishga oid ayrim maʼlumotlar. 1-qism...
♻️ Bir oliy taʼlim muassasasi doirasida oliy taʼlimning mos va turdosh yoʻnalishlari hamda mos mutaxassisliklari boʻyicha talabalar oʻqishini koʻchirish va qayta tiklash shu oliy taʼlim muassasasi rektorining buyrugʻi asosida amalga oshiriladi.
✅ Misol: Toshkent davlat agrar universitetiga biologiya, kimyo fanlaridan imthon topshirib, "Tuproqshunoslik" yoʻnalishiga oʻqishga qabul qilingan talaba, OTMni oʻzida mos va turdosh yoʻnalishga ya'ni, blogida biologiya, kimyo bor yoʻnalishiga taʼlim yoʻnalishini oʻzgartirmoqchi boʻlsa ushbu jarayon OTM rektori buyrugʻi bilan amalga oshiriladi.
✅ Quyidagi hollarda talabalar oʻqishini koʻchirish va qayta tiklash talabani qabul qilayotgan oliy taʼlim muassasasi boʻysunadigan vazirlik (idora) qarori asosida amalga oshiriladi:
👉 Oliy taʼlimning mos va turdosh yoʻnalishlari hamda mos mutaxassisliklari boʻyicha bir vazirlik (idora) doirasida boshqa oliy taʼlim muassasasiga;
✅ Misol: Sogʻliqni saqlash vazirligi tasarufidagi Toshkent tibbiyot akademyasidan Toshkent tibbiyot pediatriya inistitutiga oʻqishni mos va turdosh yoʻnalishga koʻchirmoqchi boʻlsa, Sogʻliqni saqlash vazirligi buyrugʻi bilan amalga oshiriladi.
👉 Oliy taʼlimning mos va turdosh yoʻnalishlari hamda mos mutaxassisliklari boʻyicha turli vazirlik (idora) doirasida bir oliy taʼlim muassasasidan boshqa oliy taʼlim muassasasiga.
✅ Misol: Qishloq xoʻjaligi vazirligi tasarrufidagi Toshkent davlat agrar unversiteti fan blogi biologiya, kimyo boʻlgan Agrokimyo va Agrotuproqshunoslik yoʻnalishidan Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi tasarrufidagi OʻzMU Biologiya yoʻnalishiga oʻqishni koʻchirish ushbu aloqador boʻlgan vazirliklar buyrugʻi bilan amalga oshiriladi.
Asos: Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 27-apreldagi 360-son qarori
Davomi bor...
📞 Murojaat uchun: +998 94 427 00 14
Bizni kuzatishda davom qiling .
Telegram l Instagram l Youtube l Tik -Tok