6-son IDUMI

6-son IDUMI

Share

6-son ixtisoslashtirilgan maktab-internat

Photos 05/11/2021

2021-yil 5-noyabr kuni UrDU akademik litseyida o‘quvchilarining intellektual salohiyatini rivojlantirish maqsadida «Zakovat» intellektual o‘yini bo‘lib o‘tdi.
26 ta jamoa tarkibida 156 nafar faol o‘quvchi-yoshlar ishtirok etgan turnirda Urganch shahar 6-son IMIning "IRFON" jamoasi faxrli 2-o'rinni qo'lga kiritdi. G'olib o'quvchilar faxriy yorliq va esdalik sovg'alar bilan taqdirlandi.

26/08/2021

Faxrimsan, jonajon maskanim!
Odam ota-onasini tanlay olmaganidek Vatanni ham tanlay olmaydi. Albatta Olloh odamga Vatanni muzliklardan ham sahrolardan ham ato etishi mumkin. Lekin siz bilan bizga Olloh O’zbekiston deb atalgan tuprog’ida oltin gullaydigan qishlarida bahor shivirlaydigan tog’ desa tog’i bor bog’ desa bog’i bor har tongda bulbullar madhini o’qib tamom qilolmaydigan yurtni Vatan qilib qilib bergan ekan buning uchun o’zimizni baxtli deb bilmog’imiz kerak
(Ozod Sharofiddinov)
Yaratganga ming bor shukrlar bo’lsinki mehnat qilish qilgan mehnatingdan zavq olish rohatini ko’rish kabi baxtga muyassar bo’la oladigan yurtda tug’ilganmiz. Inson uchun bundanda ulug’ nemat bormi. Mana men 21 yildan ziyodroq vaqtdan beri Xorazm viloyati Urganch shahridagi 6-son ixtisoslashtirilgan maktab-internatida faoliyat ko’rsatib kelmoqdaman. Bizning kichkinagina o’quv maskanimiz Respublikamizning eng nufuzli bilim maskanlaridan biri hisoblanadi. Shunday imkoniyat berilibdiki men bu tanlovda qatnashib o’quv maskanimizni butun Respublikamiz ahliga tanitmoqchiman.
Maktabimiz jamoasi unchalik katta emas. Jamoamizga kamtarin nihoyatda oliyjanob inson rahbarlik qilib kelmoqda. Menimcha maktabimizning bunday yutuqlarga erishishi direktorimiz Hamidjon Jumaniyazovning har tomonlama bilimdon tadbirkor va ishning ko’zini biladigan inson ekanligidandir. Bilim maskanimizning so’ngi yillarda erishgan yutuqlariga keladigan bo’lsak maktabda madaniy marifiy ishlar juda yaxshi yo’ga qo’yilgan. Buni o’quvchilarimiz erishgan muvaffaqiyatlardan bilish mumkin. Mana bir necha yildirki maktabimiz o’quvchilari tuman shahar viloyat olimpiadalarida qatnashib faxrli 1, 2, 3-o’rinlarni egallab kelsihmoqda shahar maktablari o’rtasida hamisha yuqori 1-o’rinda turishadi. Shuni alohida mamnuniyat bilan aytib o’tamanki 2019-yilda 7-sinf o’quvchisi Maqsudov Bekzod matematika fanidan Afrikaning Durban shahrida o’tkazilgan Xalqaro musobaqada qatnashib bronza medalini qo’lga kiritdi.
2020-2021-o’quv yilida 11- sinf o’quvchisi Yusufjonov Bahovaddin Respublika olimpiadasida fizika fanidan qatnashib faxrli 2-o’rinni egalladi.
Maktabimizda 30 nafar o’qituvchi faoliyat olib borayotgan bo’lsa shulardan 20 tasi oliy toifali quvonarlisi bu kadrlarimizdan 6 nafari O’zbekiston Respublikasi xalq talimi alochisi ko’krak nishoni. Bitta o’qituvchimiz Xalq ta’limi fidoiysi ko’krak nishoni bilan mukofotlangan. Men ana shunday nufuzli va qadrdon maskanda yoshlarga ta’lim tarbiya berishdek sharafli va masuliyatli vazifani o’tayotganimdan faxrlanaman. Bugun biz o’qituvchilar uchun berilgan imkoniyatdan foydalanib maktabim haqidagi ushbu fikrlarni yozayotganimdan xursandman Vatanimizning ravnaqi porloq istiqboli yo’lida olib borilayotgan ishlarga ozgina bo’lsa ham o’z hissamizni qo’sha olsak o’zimizni baxtiyor insonlardan deb bilardik. Zero Vatanimiz kelajagi bugungi yoshlar qo’lidadir. Bugungi yoshlar tarbiyasi biz o’qituvchilar zimmasida ekan bu vazifaning naqadar masuliyatli ekanini chuqur his qilishimiz anglashimiz kerak. Respublikamizda barcha jabhalar kabi ta’lim sohasida ham katta islohotlar qilinmoqda. Demak bu ertangi kunga bo’lgan e’tibor ishonch demakdir. Biz o’qituvchilardan bulardan yangi kuch olib ilhom olib yanada barakali mehnat qilmog’imiz kerak .
Yurtim, istiqboling muborak bo’lsin! Chaman-u bog’laring gullarga to’lsin!
Oliy toifali ona tili
va adabiyoti fani
o’qituvchisi
Sapayeva Zulayho

26/08/2021

Mustaqilligimizning 30 yilligida Urganch shahridagi 6-sonli maktab-internati
birinchi toifali huquq fani o’qituvchisi Sharipov Sobirning oxirgi 5 yilda ish faoliyatida va shaxsiy hayotida erishgan yutuqlari haqida.
O’zbekiston Respublikasi ta’lim sohasidagi davlat siyosati umuminsoniy qadriyatlarni hisobga olgan holda amalga oshiriladi.Bundan yigirma to’rt yil muqaddam,1997-yilda birinchi Prezidentimiz tashabbusi bilan el-yurtimizning ustoz-murabbiylariga bo’lgan yuksak ehtiromining amaliy ifodasi sifatida 1-oktabr “O’qituvchi va murabbiylar kuni” deb e’lon qilindi.Aziz xalqimizning bir naqlida “Sen odamlarga bir yil yaxshilik qilmoqchi bo’lsang, bug’doy ek, o’n yil yaxshilik qilmoqchi bo’lsang, daraxt ek, yuz yil yaxshilik qilmoqchi bo’lsang, ta’lim tarbiya ber.” deyilgan.
Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning 2017-yil 7-fevraldagi “O’zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo’yicha Harakatlar strategiyasi” to’g’risidagi farmonida 2017-2021-yillarda mamlakatimiz taraqqiyotini yanada jadallashtirishga doir ustuvor vazifalar belgilab berdildi.Harakatlar strategiyasidagi beshta ustuvor yo’nalishdan to’rtinchisi ijtimoiy sohani rivojlantirishga qaratilgan.Farmonga binoan ta’lim va ilm-fan sohasini yanada rivojlantirish borasida bir qator chora-tadbirlar ishlab chiqildi.Bunda xalq ta’limi tizimida keng islohotlarni amalga oshirish, yangi maktab binolarini barpo etish, rekonstruksiya qilish, kapital ta’mirlash, ularni zamonaviy o’quv labaratoriya uskunalari, axborot kommunikatsiya texnologiyalari va o’quv-metodik qo’llanmalar bilan to’liq ta’minlash kabi qator masalalar amalga oshirilishi ko’zda tutilgan.Umumiy o’rta ta’lim sifatini tubdan oshirishga qator fanlar, jumladan, chet tillar, matematika, fizika, kimyo, biologiya fanlari chuqurlashtirilgan tarzda o’qitishga alohida e’tibor qaratiladi.
Men Sharipov Sobir Zarifboyevich 2018-yildan Urganch shahridagi 6-sonli maktab-internatida huquqshunoslik fanidan dars berib kelmoqdaman.Pedogogik stajim13 yil.Bizning jamoa juda ahil va mehnatkash jamoa hisoblanadi.Maktab-internatimizning ko’pchiligi ijtimoiy hayotda faol hisoblanadi.Men 2016-yilda kredit hisobidan boshang’ich to’lov evaziga birinchi mashinamni olishga muvaffaq bo’ldim.2020-yilda esa mashinamni yangi rusumdagi mashina sotib olishga erishdim.Bu esa harakat qilgan o’qituvchi albatta yuqori natijalarga erishishini isbotladim.Men 2016-yilda o’gil farzandli bo’ldim,bu ikki nafar ajoyib hulqli qizlarimdan keyin muhim hayotimdagi o’zgarishlardan biri hisoblanadi.Men pedagogik faoliyatimda ko’p yutuqlarga erishdim.Masalan o’quvchilarim fan olimpiadalrida Respublika bosqichida qatnashib kelgan.Respublika huquq fani bo’yicha “Eng iqtidorli yosh ist’emolchi” tanlovining respublika bosqichida faxrli 2-o’rinni qo’lga kiritgan.”Siz qonunni bilasizmi” tanlovida shahar bosqichida faxrli o’rinni egallab viloyat bosqichida ham 2 .-o’rinni egallashgan.Men o’zim 2019-yil “Yil o’qituvchisi” tanlovining shahar bosqichida 1-o’rinni egallab, viloyat bosqichida 2-o’rinni egalladim.
Men ta’lim-tarbiya jarayonida o’quvchilarda kommunikativ, axborot bilan ishlash, o’z-o’zini rivojlantirish,ijtimoiy faol fuqarolik jihatlarini shakllantirishga alohida e’tibor qaratmoqdaman.Dars jarayonida yangi pedogogik texnologiyalardan “Besh savolga besh javob”, “Xatoni top”, “Qopqon” (bu metodlarni barchasini o’zim o’ylab topganman) foydalanib kelmoqdaman.
Urganch shahridagi 6-sonli maktab-internati 2016-2021 yillardagi natijalari:
1. 2019 yilida 7-sinf o`quvchisi Maqsudov Bekzod matematika fanidan Durban shahrida o`tkazilgan xalqaro musobaqada qatnashib bronza medalini qo`lga kiritdi. O`qituvchisi matematika fani o`qituvchisi Mavlonov Farxod.
2. 2020-2021 o`quv yilida 11-sinf o`quvchisi Yusupjonov Bahovaddin Respublika fan olimpiadasida fizika fanidan qatnashib faxrli 2-o`rinni egalladi. O`qituvchisi fizika fani o`qituvchisi Babayazov Po`lat.
3. Bobojonova Nilufar 2016-yil xalq ta’limi sohasidagi ko‘p yillik samarali mehnati, iqtidori o`quvchilarni o`qitishdagi yutuqlari uchun ”O`zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi a’lochisi” ko`krak nishoni bilan mukofotlangan.
4. Mavlonov Farxod 2020-yil xalq ta’limi sohasidagi ko‘p yillik samarali mehnati, iqtidori o`quvchilarni o`qitishdagi yutuqlari uchun ”O`zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi fidoyisi” ko`krak nishoni bilan mukofotlangan.
5. Seitnazarova Muhabbat 2020-yil xalq ta’limi sohasidagi ko‘p yillik samarali mehnati, iqtidori o`quvchilarni o`qitishdagi yutuqlari uchun ”O`zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi a’lochisi” ko`krak nishoni bilan mukofotlangan.
Hozirgi zamonaviy o’qituvchida amaliyotchilik, tadqiqotchilik, tashkilotchilik, vositachilik, ijrochilik singari qobiliyatbo’lishi kerak.”Yangi O’zbekistonni” yangi qarashdagi ustoz pedagoglar bilan birgalikda quraylik.Mustaqilligimizning 30-yilligi barchamizga muborakbod bo’lsin.
Urganch shahridagi 6-sonli maktab-internati
birinchi toifali huquq fani o’qituvchisi: S.Sharipov

25/08/2021

Want your school to be the top-listed School/college in Urgench?

Click here to claim your Sponsored Listing.

Location

Category

Website

Address

Xorazm Viloyati
Urgench
220100