O‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasi Urganch filiali Yoshlar ittifoqi boshlang‘ich tashkiloti tashabbusi bilan TTJda talabalar o‘rtasida tashkil etilgan “OSH CHEMPIONATI” dan videorolik.
Oʻzbekiston Davlat Xoreografiya Akademiyasi Urganch Filiali
Oʻzbekiston davlat xoreografiya akademiyasi Urganch filiali
29/10/2025
Talabalar turar joyida
“Osh chempionati” bo‘lib o‘tdi!
Bugun filialimiz yotoqxonasida Yoshlar ittifoqi boshlang‘ich tashkiloti tashabbusi bilan talabalar o‘rtasida “Osh chempionati” tashkil etildi.
Chempionatda talabalar Qoraqalpoqcha, Buxorocha, Samarqandcha va Xorazmcha osh tayyorlab, o‘z hududlariga xos ta’mlar, sir-asrorlar va milliy qadriyatlarni namoyish etishdi.
Tadbir davomida ishtirokchilar nafaqat pazandalik mahoratini, balki do‘stlik va jamoaviylik muhitini ham namoyon etishdi.
Kuchli raqobat, mehr va quvonchli muhitda o‘tgan bellashuv yakunida:
1-o‘rin — Do’sjanova Dina
2-o‘rin — Qallibekov Nursultan
3-o‘rin — Abibullayeva Nag’ima
G‘oliblar esdalik sovg‘alari bilan taqdirlanib, barcha ishtirokchilarga sertifikatlar topshirildi.
Bunday tadbirlar talabalarning bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazish, milliy an’analarimizni asrab-avaylash va yoshlar o‘rtasida do‘stlikni mustahkamlashga xizmat qiladi.
28/03/2025
25/03/2025
Bugun, 25-mart kuni O‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasi Urganch filialida «Talabalar bahori» haftaligi doirasida talabalar o'rtasida uchta jamoa vakillaridan iborat "Zakovot" intellektual o'yini o'tkazildi. O'yin qiziqarli va ko'tarinki ruhda bo'lib o'tdi.
22/03/2025
RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY ANJUMAN!!!
🇺🇿 О‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 3-iyul “Ma’muriy islohotlar doirasida oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar sohasida davlat boshqaruvini samarali tashkil qilish chora-tadbirlari tо‘g‘risida”gi PQ-200-son qarori 9-bandi va О‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining 2024-yil 27-dekabrdagi 490-son buyrug‘i bilan tasdiqlangan rejaga muvofiq, О‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasi Urganch filialida 2025-yil 21-may kuni “NOMODDIY MA’NAVIY MEROS VA MILLIY QADRIYATLARNI ABADIYLASHTIRISHDA MADANIYAT VA SAN’ATNING O‘RNI” mavzusida Respublika ilmiy-amaliy anjuman о‘tkaziladi.
📖Anjumanda respublikamizda faoliyat yuritayotgan oliy ta’lim tashkilotlari professor-о‘qituvchilari, ilmiy-tadqiqot institutlari xodimlari, doktorantlar, tadqiqotchilar hamda madaniyat va san’at sohasida faoliyat olib borayotgan mutaxassislar ishtirok etishlari mumkin.
🔣 Maqolalar elektron variantda 2025-yil 1-mayga qadar tahrirdan o’tkazilib, tashkiliy qо‘mitaning [email protected] elektron manziliga yoki
(99) 959-09-38, (97) 513-85-15 telegram raqamiga yuborilishi lozim.
31/10/2024
O‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasi Urganch filialida "Besh tashabbus olimpiadasi" doirasida shashka sport turi bo‘yicha musobaqa tashkil qilindi.
Har bir talaba, shashka taxtasi kataklari bo‘ylab raqibini shashkalarini olib qo‘yish yoki uning harakatini cheklash orqali g‘oliblik uchun bellashdi.
28/10/2024
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Atoqli qoraqalpoq shoiri va mutafakkiri Ajiniyoz Qo‘siboy o‘g‘li tavalludining 200 yilligini keng nishonlash to‘g‘risida”gi 2024-yil 16-iyuldagi PQ-258-son qarori ijrosini ta’minlash bo‘yicha ishlab chiqilgan chora-tadbirlar dasturida belgilangan vazifalarning ijrosini ta’minlash maqsadida O‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasi Urganch filialida atoqli qoraqalpoq shoiri va mutafakkiri Ajiniyoz Qoʻsiboy oʻgʻli tavalludining 200 yilligiga bagʻishlab davra suhbati tashkil qilindi.
Tashkil qilingan davra suhbatida filialning Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi boshlig‘i Nodirbek Ummataliyev Ajiniyoz o‘zining betakror va sermazmun ijodi bilan madaniyat va adabiyotni rivojlantirish, yosh avlodni vatanparvarlik va ezgu g‘oyalar ruhida tarbiyalash, o‘zbek va qoraqalpoq xalqlari o‘rtasidagi azaliy do‘stlik va og‘izbirchilikni mustahkamlashga qo‘shgan munosib hissasi haqida talabalarga gapirib berdi.
27/10/2024
Bugun, 27-oktabr sanasida Yangi Oʻzbekistonimizda muhim siyosiy voqelik – Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va mahalliy Kengashlar deputatlari saylovi bo‘lib o‘tdi.
Ushbu muhim jarayonda O‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasi Urganch filiali talabalari ham faol ishtirok etdi.
24/10/2024
Kuni kecha O‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasi Urganch filiali 1-bosqich talabalari ishtirokida “Jadidchi bobolarimizning so‘nmas ma’rifat yog‘dusi” mavzusida davra suhbati tashkil qilindi.
Davra suhbatida filialning “Lazgi” bo‘limi bosh mutaxassisi Qurbanbika O'razmetova jadidchilik harakatining boshlanish sabablari va uning asl maqsadlari, ma’rifatparvar bobolarimizning xalq ozodligi, millat erki g‘ururi, qadr-qimmati, qadryatlari, kelajagi uchun olib borilgan kurashlari haqida talaba-yoshlarga hikoya qildi.
24/10/2024
Bugun, 24-oktabr kuni O‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasi Urganch filiali direktori v.v.b Atabek Saparbayev hamda “Iqtidorli talabalar bilan ishlash” bo‘limi boshlig‘i Muyassar Ollaberganova Xorazm MTRK ning “Assalom, Xorazm” tonggi dasturida mehmon boʻlib, filial faoliyati, iqtidorli talabalar haqida suhbat olib borishdi.
Shuningdek, “Assalom, Xorazm” dasturida O‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasi Urganch filiali talabasi Muxlisa Ismoilova ham o‘zining go‘zal raqslari bilan ishtirok etdi.
22/10/2024
Bugun O‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasi Urganch filialida, "Xoreografiya" kafedrasi mudiri Sh.N.Samandarova tomonidan O‘zbek raqsini o‘rganish uslubiyoti fanidan mahorat darsi tashkil etildi.
Mahorat darsi mavzusi "Qoraqalpoq raqs maktabi asosiy harakatlari qizlar va yigitlar ijrosida" bo'lib, amaliy mashg'ulotlar Qoraqalpog‘istonda xizmat ko‘rsatgan Yoshlar murabbiyi Zibash Umrzoqovna Pirlepesova tomonidan olib borildi.
Tajribali baleytmestr tomonidan o‘tilgan dars davomida talabalar, qoraqalpoq raqslaridagi titroq tana va mohirona oyoq harakatlarini yanada mukammal o‘rganib, shu paytga qadar olgan bilimlarini mustahkamlashdi.
Click here to claim your Sponsored Listing.
Location
Category
Contact the school
Telephone
Website
Address
Urgench
Opening Hours
| Monday | 09:00 - 17:00 |
| Tuesday | 09:00 - 17:00 |
| Wednesday | 09:00 - 17:00 |
| Thursday | 09:00 - 17:00 |
| Friday | 09:00 - 17:00 |
| Saturday | 09:00 - 14:00 |