Ingliz tili darslari

Ingliz tili darslari Hozirgi k***a muvaffaqiyat uchun yo'l Ingliz tili bilan boshlanadi. Bu yerda biz bilan Ingliz tilini tez va oson o'rganing. Assalomu alaykum !

Azizlar bu sahifa Ingliz tilini o'rganuvchilar uchun yaratilgan. Sahifamizda Ingliz tili Gramatikasi va IELTS ga taalluqli materiallar joylab boriladi.

22/07/2023

Bu video orqali siz uyda eng ko'p ishlatiladigan 100 ta asbob-anjom nomlarini o'rganib olasiz!
Agarda biz berayotgan ma'lumotlar sizga qiziqarli va foydali bo'layotgan bo'lsa, like bosishni va saqlab qo'yishni unutmang.

There is/ areThere is/ are biror-bir narsa yoki predmetning biror joyda mavjudaligini ifodalash uchun ishlatiladi va "bu...
22/07/2023

There is/ are

There is/ are biror-bir narsa yoki predmetning biror joyda mavjudaligini ifodalash uchun ishlatiladi va "bu yerda bor" deb tarjima qilinadi.

! There is birikmasidan keyin sanaladigan birlikdagi ot yoki sanalmaydigan ot ishlatiladi.

There is + CNS/ UN

CNS - Countable noun singular(sanaladigan birlikdagi ot)

UN - Uncountable noun (sanalmaydigan ot)

“There’s a television in the living room.” - Mehmonxonada bitta televizor bor.

“There’s some milk in the fridge.” - Muzlatkichda biroz sut bor.

! There are dan keyin sanaladigan ko'plikdagi ot ishlatiladi.

There are + CNP

CNP - Countable noun plural (sanaladigan ko'plikdagi ot)

“There are five people in the office.” - Ofisda 5 odam bor.

Some olmoshi
Biz some olmoshini otlarning aniq miqdorini bilmaganimizda ishlatamiz. Some olmoshi sanaldigan otlar bir ishlatilganida "bir qancha" ma'nosida yoki sanalmaydigan otlar bilan ishlatilganida "biroz" ma'nosida keladi.

“There are five people in the office.” - Ofisda 5 odam bor (aniq 5 odam borligini bilamiz)

“There are some people in the office.” - Ofisda bir qancha odamlar bor. (aniq miqdorni bilmaymiz )

“There’s some money in my wallet.”- Mening hamyonimda biroz pul mavjud.

!Some olmoshi sanaladigan birlikdagi otlar bilan qo'llanmaydi.

Inkor shakli
Inkor shakli 2 xil usulda yasaladi:

To be fe'lidan keyin not inkor yuklamasini qo'shish orqali yasaldi, shuningdek sanaladigan ko'plikdagi otlar va sanalmaydiga otlar oldidan any olmoshi ham ishlatiladi.
There is/are + not + any + CNS/UN

“There isn’t any money in my wallet.” - Hamyonimda pul yo'q.

There aren’t any students in the classroom. - Sinfda birorta o'quvchi yo'q.

! Sanaladigan birlikdagi otlar oldidan any olmoshi qo'llanilmaydi, balki a/an artikli ishlatiladi.

“There isn’t a single biscuit left in the packet.” - paketda bitta ham pecheniye qolmabdi.

“There isn’t a freezer in the kitchen.” - Oshxonada muzlatkich yo'q.

2. There is/are birikmasidan keyin no inkor olmoshini qo'llash orqali yasaladi. No olmoshi sanaladigan birlik va ko'plikdagi otlar va sanalmaydigan otlar oldidan ham ishlatiladi.

There is/are + no + CNS/CNP/UN

“There is no freezer in the kitchen.” - Oshxonada muzlatkich yo'q.

“There are no students in the classroom.” - Sinfxonada birorta ham o'quvchi yo'q.

“There’s no coffee left.” - Umuman kofe qolmagan.

So'roq shakli
So'roq shakli to be fe'lini there so'zidan oldinga qo'yish orqali hosil qilinadi.

Is there + a/an + CNS ....?

“Is there a cafe near your house?” - Sizning uyingiz yonida kafe bormi ?

Is there + any + UN ....?

“Is there any time to go shopping?” - Xarid qilishga vaqtingiz bormi ?

Are there + any + CNS ....?

“Are there any trains to London this morning?” - Bugun ertalab Londonga birorta poyezd bormi ?

Qisqa javoblar
Is there a book on the table ? Yes, there is/No, there isn't

- Stol ustida kitob bormi ? Ha, bor/ Yo'q, yo'q(mavjud emas)

Yes, there is. / No there isn’t.

Yes there are. / No there aren’t.

13/07/2023
Biz qaytdik! Bizni qo'llab - quvvatlab sahifamizga obuna bo'lganingizdan xursandmiz. Bundan keyin faol tarzda sizga foyd...
13/07/2023

Biz qaytdik!
Bizni qo'llab - quvvatlab sahifamizga obuna bo'lganingizdan xursandmiz. Bundan keyin faol tarzda sizga foydali ma'lumotlarni taqdim qilishda davom etamiz!

26/03/2021

Nomer 1

Bog'da ishlatiladigan asbob-anjomlar
14/01/2021

Bog'da ishlatiladigan asbob-anjomlar

14/01/2021
Erkaklar kiyim-kechaklarini sizga taqdim qilamiz!
14/01/2021

Erkaklar kiyim-kechaklarini sizga taqdim qilamiz!

Address

Urgench

Alerts

Be the first to know and let us send you an email when Ingliz tili darslari posts news and promotions. Your email address will not be used for any other purpose, and you can unsubscribe at any time.

Contact The School

Send a message to Ingliz tili darslari:

Shortcuts

Share