11/09/2021
Xorazm viloyati Urganch tumanidagi
42- son umumiy o’rta ta’lim maktabining
boshlang’ich sinf o’qituvchisi Saidova Ozodaning
,,Yangi O’zbekistonda erkin va farovon yashaylik”
mavzusida yozgan maqolasi
Vatan bu bizning go’zal bo’stonimiz-O’zbekiston.O’zbekiston dunyoda yagona va har bir shu yurt farzandiman deguvchilar uchun muqaddas dargohdir. Yurtimiz bugungi kun go’zalligidan yanada ko’rkamlashmoqda, qadamlarni katta va mustahkam tashlab bormoqda.
Biz yoshlar uchun yaratilayotgan imkoniyatlar puxta bilim olishimiz uchun olib borilayotgan sa’y-harakatlar zaminida katta mehnatlar yotadi.
Prezidentimiz tomonidan ilgari surilgan yoshlarni bo’sh vaqtini mazmunli tashkil etish, ularning ma’naviyatini yuksaltirish uchun beshta muhim tashabbus zamonamizning kelajagi uchun muhim vazifadir.
Mustaqillik hayotimizga ko’plab yangiliklar olib kelmoqda.Respublikamizning barcha joylarida shahar, qishloqlarda ancha ishlar qilindi. Jumladan, yosh oilalar uchun uy-joylar, yosh avlodning yanada chuqur bilim olishi, har sohada ildam bo’lishi uchun sharoitlar yaratildi.
Prezidentimiz Shavkat Miromonovich Mirziyayev vatan ravnaqi, uning kelajagi yo’lida tinmay izlanayotgan muhim chora-tadbirlarni hayotga tadbiq qilayotgan ekan, biz yoshlar ham bor kuch , bilimimizni jonajon O’zbekistonimizning kelgusida bundanda yuqori pog’onalarga chiqishi uchun sarflashimiz darkor.
Shu o’rinda: Zamonlarga boqing bugun tengdoshim
Boshqadan kam qilmas bizni yurtboshim
Yaxshi-yomon k***a Vatandir panoh
Bu yurtni qo’llaydi yaratgan Alloh. she’rni baralla aytgim keladi.
Prezidentimiz 2021-yil 31-avgust kuni bo’lib o’tganMustaqilligimizning 30 yilligiga bag’ishlangan bayram tabrigida Yangi turdagi ta’lim maskanlari, xususan, Prezident maktablari, ijod maktablari, ixtisoslashgan maktablar faoliyati yo’lga qo’yilganligi, Birgina 2020-yilni oladigan bo’lsak yurtimizda matematika fani bo’yicha 56ta, kimyo biologiya fani bo’yicha 28ta , informatika va axborot-kommunikatsiya texnologiyalari bo’yicha 14ta maktablar tashkil etilganligini aytib o’tdi. Xususan, bizning maktabimizda ham tubdan o’zgarishlar bo’ldi. 7-9-sinflarda matematika faniga ixtisoslashgan variativ sinflar ochildi. Bu esa yosh avlodni kelajakda yurtimizni dunyoga tanitishda muhim ko’prikdir.
28/07/2021