12/06/2026
“Besh million sun’iy intellekt yetakchilari” loyihasi doirasida o‘tkazilgan milliy tanlov g‘oliblarini taqdirlash marosimi o‘tkazildi. Ma’lumki, tanlov natijalariga ko‘ra viloyatimiz Respublikada yetakchi o‘rinni egallab, g‘oliblikni qo‘lga kiritgan xorazmlik yoshlar soni 407 nafarni tashkil etdi. Jumladan, maktab o‘quvchilaridan 149 nafari noutbuk, 44 nafari planshet, 18 nafari aqlli soat, 132 nafari ta’lim platformalarida o‘qish uchun sertifikat, 60 nafari kitob olish uchun vaucherlar bilan taqdirlandi. Viloyat hokimi mukofotlarni o‘z egalariga tantanali ravishda topshirdi. Taqdirlangan o'quvchilar orasida bizning Urganch tuman 16-umumta'lim maktabining 10-"B" sinf o'quvchisi Davlatova Dilnuraning borligi maktabimiz jamoasi uchun juda quvonarli. Bunday tanlovlarning o'tkazilishi va g'olib o'quvchilarni munosib taqdirlash rivojlanib kelayotgan IT soxasiga bo'lgan qiziqish va intilishni yanada oshiradi.