24/05/2025
🏢 Uchqo‘rg‘on tuman 5-maktab
✅ "ILM – ENG BUYUK SHARAF!"
✅Bugun maktabimizda quvonchli va unutilmas lahzalarga boy bitiruv tadbiri bo‘lib o‘tdi. Tadbir davomida bitiruvchilarimiz 11 yillik mehnat va sa’y-harakatlarining samarasi sifatida maktab bilan xayrlashdilar. Ular ustozlariga minnatdorchilik bildirib, kelajakka katta umidlar bilan yo‘l oldilar.
✅Tadbirda maktab direktori, o‘qituvchilar, ota-onalar va mehmonlar ishtirok etishdi. Bitiruvchilarga esdalik sovg‘alari topshirildi, ularning yutuqlari e’tirof etildi. Shuningdek, badiiy chiqishlar, raqslar va she’rlar barchaga bayramona kayfiyat ulashdi.
✅Ilm yo‘lida dadil qadam tashlagan bitiruvchilarimizga omad tilaymiz!