26/11/2025
Большое спасибо пользователям Gulsanam Salimova, Xonzoda Ikromova, Aziza Togaeva, Fayoza Eshmamatova, Дурдона Хамроева, Amiriddin Qo'chqorov, G'ulom Qandaharov, Nodira Mustafoyeva, Nargiza Ataqulova, Jamshid Xalilov, Aziza Toğayeva, Farangiz Farhodova, Умида Каримова
за поддержку! Поздравляю самых активных топовых поклонников 🔥
19/09/2025
✍️✍️✍️✍️✍️✍️✍️✍️✍️✍️✍️
Navoiy viloyati Uchquduq tuman MMTBga qarashli 7-MFChO'IDUMda 2025-yil 19-sentabr kuni 2025/2026-o‘quv yili uchun umumta’lim fanlari bo‘yicha asosiy olimpiadaning birinchi (maktab) bosqichi 2-guruh fanlari bo'yicha 9-sinf o'quvchilarini tuman bosqichiga saralab olish uchun test sinovlari belgilangan tartibda olib borilmoqda. Fan olimpiadaning I (maktab) bosqichi davom etmoqda. Fan olimpiada ishtirokchilarining barchasiga omad yor bo'lsin.
16/09/2025
Joriy yilning 16-sentabr sanasida Uchquduq tuman MMTBga qarashli 7-MFCHO'IDUMda texnologiya fani o'qituvchisi N. Erdonova tomonidan 5-"F" sinfda "Meva va sabzavotlarni archish va to'g'rash usullari" mavzusida amaliy mashg'ulot o'tkazildi.
16/09/2025
Uchquduq tuman MMTBga qarashli 7-MFCHO'IDUMda joriy yilning 16-sentabr sanasida 3-"B" sinfda boshlang'ich ta'lim fani o'qituvchisi D. Tilavova tomonidan ona tili fanidan "Unli harflar" mavzusida ochiq dars tashkil etildi. Dars davomida turli interaktiv usullardan foydanildi. O'quvchilar guruhlarga bo'linib, musobaqa tashkil etildi.
16/09/2025
Uchquduq tuman MMTBga qarashli 7-MFCHO'IDUM 8-D sinfda kimyo fani o'qituvchisi N. Ergasheva tomonidan 16-sentabr “Xalqaro ozon qatlamini himoya qilish kuni” munosabati bilan “TOMINGIZNI ASRANG UYINGIZNI ASRANG” shiori ostida ochiq dars mashg’uloti o’tkazildi. O’quvchilar ushbu shior bilan mavzuni tushunishlari yanada oson bo’ldi.
14/09/2025
Uchquduq tuman MMTBGA qarashli 7- MFCHO‘IDUMda yangicha baholash tizimi bo‘yicha ota-onalar bilan yigilish o‘tkazildi. Yig‘ilishda maktab direktori J.A.Xalilov tomonidan ota-onalarga tushuntirish , yangicha baholash tizimi bo‘yicha VMning 263- sonli qarorning mazmun-mohiyati hamda afzalliklari keng yoritib berildi. Yig‘ilishda ota - onalar faol ishtirok etishdi.
12/09/2025
TARG'IBOT TADBIRI
Yo'l qoidasi-umr foydasi_
Joriy yilning 12-sentabr kuni Uchquduq tuman MMTBga qarashli 7-MFCHO'IFUMda o'quvchilar o'rtasida yo'l harakati qoidalarini tushuntirish maqsadida tuman YHXB xodimlari bilan hamkorlikda "Yo'l qoidasi-umr foydasi" shiori ostida targ'ibot tadbiri tashkil etildi.Tadbir davomida o'quvchilarga yo'l belgilari haqida ma'lumotlar berilib, piyodalar yo'laklaridan harakatlanish uqtiriladi.
11/09/2025
2025-yil 11-sentabr kuni Uchquduq tuman MMTBga qarashli 7-MFCHO'IDUMda o'quvchilarni yozma savodxonligini aniqlash maqsadida 3 - sinflardan ona tili fanidan nazorat diktantlari olindi.
11/09/2025
Uchquduq tumani MMTB ga qarashli 7-MFCHO'IDUM da joriy yilning 11-sentyabr kuni "Abituriyent shtabi" da belgilab olingan vazifalar ijrosini taʼminlash maqsadida 11-sinf o'quvchilarini oliy ta'lim muassasalariga tayyorgarlik jarayonlarini kuchaytirish, maktabni bitirgandan so'ng qaysi oliy ta'lim muassasasida o'qish istagi borligini aniqlash maqsadida birinchi so'rovnoma olindi. So'rovnoma natijalariga qarab o'quvchilarga O'zbekistondagi hamda xorijiy oliy ta'lim muassasalari haqida tushunchalar berildi.
11/09/2025
2025-Yil 11-sentabr kuni Uchquduq tan MMTBga qarashli 7-MFCHO'IDUMda Uchquduq tuman MMTBning mas'ul xodimi Z. Karimov, tuman IIB inspektori A. Baxtiyorov, hamda "Navoiy" mahallasi yoshlar yetakchisi F. Hazratovlar ishtirokida "Davomat" reydi o'tkazildi. Reydlar davomida o'quvchilarga kiber xavfsizlik masalalari ijtimoiy tarmoqlardan to'g'ri foydalanish haqida tushunchalar berib o'tildi.