Tuproqqal‘a tuman maktabgacha va maktab ta‘limi bo‘limi.

Tuproqqal‘a tuman maktabgacha va maktab ta‘limi bo‘limi. Tuproqqal'a tuman maktabgacha va maktab ta'limi bo'limi.

🟢TUPROQQALʼA TUMANIDA TA’LIM TIZIMIDAGI DOLZARB MASALALAR MUHOKAMA QILINDIBugun Tuproqqalʼa tumani Maktabgacha va maktab...
26/08/2026

🟢TUPROQQALʼA TUMANIDA TA’LIM TIZIMIDAGI DOLZARB MASALALAR MUHOKAMA QILINDI

Bugun Tuproqqalʼa tumani Maktabgacha va maktab ta’limi boʻlimining Hay’at yig‘ilishi Ixtisoslashtirilgan maktabda bo‘lib o‘tdi.

Yig‘ilishda boʻlim boshligʻi oʻrinbosari va shoʻba rahbarlarining xisobotlari, umumiy oʻrta taʼlim maktablari bitiruvchilarini Davlat OTM lariga kirish koʻrsatgichi va oʻrtacha ball natijalari tahlil qilinib muhokama qilindi.

Yig‘ilishda T.Fazilbekov — tuman Maktabgacha va maktab ta’limi boʻlimi boshlig‘i, boʻlim rahbariyati va mas’ul xodimlar, taʼlim tashkiloti direktorlari va masʼul rahbarlari ishtirok etdilar.

Muhokamalar yakunida belgilangan vazifalarni sifatli va o‘z vaqtida amalga oshirish yuzasidan mas’ullarga tegishli topshiriqlar berildi.

Boʻlimning rasmiy sahifalariga ulanish👇👇👇👇
https://t.me/tuprokkalaMMTB

Tuproqqal’a tumanida Beshinchi Ustozlar milliy forumi namunali tarzda o‘tkazildi21-avgust kuni Tuproqqal’a tuman maktabg...
26/08/2026

Tuproqqal’a tumanida Beshinchi Ustozlar milliy forumi namunali tarzda o‘tkazildi
21-avgust kuni Tuproqqal’a tuman maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi tomonidan Beshinchi Ustozlar milliy forumi ko‘tarinki ruhda va namunali tarzda tashkil etildi.
Forum davomida ishtirokchilarga ta’lim tizimida amalga oshirilayotgan yangiliklar va kelgusidagi ustuvor vazifalar yuzasidan taqdimotlar namoyish etildi.
Shuningdek, pedagoglarga zarur tavsiyalar berilib, tajriba almashish, kasbiy salohiyatni oshirish va har bir yo‘nalishdagi yangiliklar bilan yaqindan tanishish uchun amaliy imkoniyatlar yaratildi.
Forum ishtirokchilariga yangi o‘quv yili oldidan zarur amaliy yordam va yo‘l-yo‘riqlar berilib, ularda ko‘tarinki kayfiyat, yuksak shijoat va yangi marralar sari intilish ruhini shakllantirishga erishildi.
Yangi o‘quv yili — yangi maqsadlar, yangi marralar va yangi yutuqlar sari!



17/06/2026

🏆Tuproqqal'a tumani MMTB tasarrufidagi "YTT To'rayeva Matluba" nomida oilaviy nodavlat maktabgacha ta'lim tashkiloti tarbiyalanuvchilari milliy futbol jamoamizga muxlislik qilib, ularga omad va zafarlar tiladilar. ⚽️🇺🇿 "Bugun maydon bizniki, g‘alaba bizniki!" shiori ostida O‘zbekiston Respublikasi futbol jamoasini birgalikda qo‘llab-quvvatlaymiz!

🇺🇿⚽️ Olg‘a, O‘zbekiston! G‘alaba sari olg‘a!

Sun'iy intellekt yetakchilari taqdirlandiTumanimizda "Besh million sun'iy intellekt yetakchilari" loyihasining mavsum ya...
17/06/2026

Sun'iy intellekt yetakchilari taqdirlandi

Tumanimizda "Besh million sun'iy intellekt yetakchilari" loyihasining mavsum yakunlariga bag'ishlangan tantanali taqdirlash marosimi bo'lib o'tdi. Yoshlarimizni raqamli texnologiyalar va sun'iy intellekt sohasiga keng jalb etish maqsadida o'tkazilgan ushbu nufuzli tanlovda o'quvchilarimiz respublika miqyosida yuqori natijalarni qayd etishdi. Quvonarlisi, iqtidorli yoshlarimiz jami 12 ta noutbuk, 3 ta planshet hamda 4 ta maxsus ta'lim litsenziyasini qo'lga kiritishdi.

G'oliblarni Tuproqqal'a tumani hokimi Akmal Jimalyazov shaxsan qutlab, ularga qimmatbaho sovg'alarni tantanali ravishda topshirdi. Barcha g'oliblarimizni, shuningdek, ularning ota-onalari va ustozlarini ushbu katta yutuq bilan chin dildan muborakbod etamiz.

  🟢 “Yilning eng faol maxsus pedagogi” tanlovining Tuproqqal'a tuman  bosqichi bo‘lib o‘tdi✅ Maktabgacha va maktab ta’li...
08/05/2026



🟢 “Yilning eng faol maxsus pedagogi” tanlovining Tuproqqal'a tuman bosqichi bo‘lib o‘tdi

✅ Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tizimidagi umumiy o‘rta ta’lim maktablarining inklyuziv ta’lim sinflarida faoliyat olib borayotgan maxsus pedagoglar o‘rtasida “Yilning eng faol maxsus pedagogi” tanlovining shahar bosqichi tashkil etildi.

🔺 Tanlov davomida ishtirokchilar:
🔘 Amaliy ochiq korreksion-rivojlantiruvchi mashg‘ulot
🔘“Mening pedagogik faoliyatim” mavzusidagi taqdimot
🔘 Kasbiy bilim va kompetensiyalar bo‘yicha savol-javob shartlarida o‘z mahoratlarini namoyish etdilar.

✨ Tanlov pedagoglarning kasbiy salohiyati, innovatsion yondashuvi hamda inklyuziv ta’limdagi tajribalarini ommalashtirishga xizmat qildi.

👏 Tanlovda ishtirok etgan barcha pedagoglarga kelgusi faoliyatida ulkan muvaffaqiyatlar tilaymiz!

Tuproqqal'a tuman uumta'lim maktablarida faoliyat yuritayotgan informatika va AT fani o'qituvchilari uchun "Suniy intele...
16/04/2026

Tuproqqal'a tuman uumta'lim maktablarida faoliyat yuritayotgan informatika va AT fani o'qituvchilari uchun "Suniy intelektning zulmatli tomoni" mavzusida o'quv semenari o'tkazildi. Semenarda SI dan to'g'ri foydalanish SI tomonidan vujudga kelayotgan xavf va zararlar haqida ma'lumotlar berildi.

⚽️ Qizlar futboli — sog‘lom kelajak poydevori!O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri kubogi doira...
05/02/2026

⚽️ Qizlar futboli — sog‘lom kelajak poydevori!

O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri kubogi doirasida qizlar o‘rtasida futbol musobaqasining Xorazm viloyat Tuproqqal`a tuman bosqichi g'oliblari aniqlandi.

⚡️ Qizg‘in va murosasiz bahslar ostida kechgan Tuproqql`a tuman bosqichi yakunlariga ko‘ra:

• 🥇 1-o‘rin — 11-maktab Sarimoy qizlar jamoasi
• 🥈 2-o‘rin — 18-maktab Lochinlar qizlar jamoasi
• 🥉 3-o‘rin — 10-maktab Chaqqonlar qizlar jamoasi

G‘olib va sovrindor jamoalar diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi. Ushbu musobaqa qizlar sportini rivojlantirish, ularning jismoniy faolligini oshirish hamda sog‘lom avlodni tarbiyalash yo‘lida muhim qadamlardan biri bo‘ldi.

Tuproqqal‘a tumani 10-maktabning 11-A sinf o‘quvchisi Atamuratova Nozima rasman Westminster universiteti talabasi bo‘lga...
13/06/2025

Tuproqqal‘a tumani 10-maktabning 11-A sinf o‘quvchisi Atamuratova Nozima rasman Westminster universiteti talabasi bo‘lganligi bilan ota-onalarini ustozlarini tabriklaymiz👍👍👍👍👍👍

13/03/2024
ПСИХОЛОГЛАР КАСБИЙ МАХОРАТИНИ ОШИРИШГА ҚАРАТИЛГАН ЎҚУВ СЕМИНАРИ ЎТКАЗИЛДИ✅Мактабгача ва мактаб таълими вазири раҳбарлиги...
06/01/2024

ПСИХОЛОГЛАР КАСБИЙ МАХОРАТИНИ ОШИРИШГА ҚАРАТИЛГАН ЎҚУВ СЕМИНАРИ ЎТКАЗИЛДИ
✅Мактабгача ва мактаб таълими вазири раҳбарлигида жорий йилнинг 3 январь куни «Вазир соати» йиғилишида умумтаълим муассасалари психологларининг касбий маҳоратларини оширишга қаратилган ўқувлар ташкил этиш вазифаси юклатилган.
✅Ушбу берилган топшириқлар ижросини таъминлаш мақсадида Тупроққалъа тумани мактабгача ва мактаб таълими бўлими тасарруфидаги 2-сон умумтаълим мактабида жорий йилнинг 6 январь куни Болаларни ижтимоий-психологик қўллаб-қувватлаш ва инклюзив таълим шўъбаси психолог-метадисти Н.Юсупова, тренерлар 2-мактаб психологи С.Эшмуротова,18-мактаб психологи Д.Жуманиёзовалар томонидан «Жинсий зўравонлик турлари ва уларни олдини олиш» мавзусида соҳа мутахассисларининг билим ва кўникмаларини оширишга қаратилган ўқув-семинар ўтказилди.
🌈Семинар давомида мактаб амалиётчи психологлари учун мавзуга оид тагдимотлар, тренинг машғулотлари, мавзу юзасидан музокарали суҳбатлар олиб борилди.

Address

Xorazm
Tuprakkala
220400

Opening Hours

Monday 09:00 - 18:00
Tuesday 09:00 - 18:00
Wednesday 09:00 - 18:00
Thursday 09:00 - 18:00
Friday 09:00 - 18:00

Telephone

+998623054804

Alerts

Be the first to know and let us send you an email when Tuproqqal‘a tuman maktabgacha va maktab ta‘limi bo‘limi. posts news and promotions. Your email address will not be used for any other purpose, and you can unsubscribe at any time.

Contact The School

Send a message to Tuproqqal‘a tuman maktabgacha va maktab ta‘limi bo‘limi.:

Shortcuts

Share

Category