21/09/2023
Bismillahir Rohmanir Rohiym
Allohning izni bilan oliy maqsadi Ummat ravnaqi bo'lgan «Yasin kids» loyihasi ishga tushdi. Umid qilamizki «Yasin kids» loyihasi «Bir avlod» ichida bu yurtni, bu Ummatni yana ilmda peshqadam bo'lishida bir sababchi bo'ladi.
Postni diqqat bilan o'qisangiz, nega bunday ekanligini bilib olasiz.
«Yasin kids», 6 yoshdan 13 yoshgacha bo'lgan bolalarga yoshliklaridanoq ingliz tili va ilg’or sohalarni bir o’rinda o’rgatish orqali, maktabni bitirishlari bilanoq Jahon bo'ylab ilm taraqqiy etgan davlatlarda keng bilim olishlariga hamda ulkan kashfiyotlar qilishlariga imkon yaratadi.
E'tibor qilgan bo'lsangiz biz bolalarga nafaqat ingliz tilini balki zamon sohalari bo'lgan IT, Injenering, Robototexnika kabi sohalarni bir o'rinda o'rgatamiz va kelajakda ularning chet elda qiyinchiliklarsiz eng ilg'or ta'lim dargohlarida ilm olishlariga poydevor bo'lamiz.
Maqsadimiz esa ularning ilmda, kashfiyotlarda Xorazmiy, Beruniy, Ibn Sino kabi bobolarimizdek zamonamizdagi eng ulug' olimlar bo'lib yetishishlari va bu Ummatni yana Aziz qilishlari!
✨ Siz ham farzandingizdan shunday kelajakni kutsangiz, biz bilan bo'ling!