20/12/2023
Termiz shahridagi Prezident maktabi ijrochi direktori Tog‘ayev G‘afur Erkin o‘g‘li Termiz davlat universiteti, xalqaro aloqalar bo‘yicha prorektor lavozimiga tayinlandi.
〽️G‘afur Tog‘ayev 2021-2023-yillarda Termiz shahridagi Prezident maktabida samarali faoliyat yuritib, maktabimizning barcha sohalardagi rivoji uchun ulkan hissa qo‘shdi. Shuningdek, o‘quvchilar hamda maktab jamoasi o‘rtasida do‘stona munosabatlarni shakllantirib, maktabimizni chinakam ma'naviyat maskaniga aylanishida o‘rni beqiyos.
✅Shu bilan birga, G‘.Tog‘ayev tashabbusi bilan Termiz shahridagi Prezident maktabi Xalqaro maktablar kengashi (CIS) a'zoligiga qabul qilinishning dastlabki ikkita bosqichidan muvaffaqiyatli o‘tdi, Kembrij xalqaro maktabi sifatida tan olindi.
✨Termiz shahridagi Prezident maktabi jamoasi G‘.Tog‘ayevning kelgusi faoliyatlarida ulkan zafarlar va yuksak muvaffaqiyatlar tilaydi.