Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi

Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi

Share

Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi

Photos from Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi's post 18/03/2023

VOHАMIZDАGI TА'LIM MUАSSАSАLАRIDА HАSHАR TАDBIRLАRI O‘TKАZILMOQDА

Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi boshlig‘ining maktab ta’lim bo‘yicha o‘rinbosari Zokir O‘tayev Termiz shahridagi taʼlim muassasalarida o‘tkazilayotgan umumxalq xayriya hasharlarining borishi bilan bilan tanishdi.

Maktab rahbarlariga taʼlim muassasalarini obod qilish borasida o‘z tavsiyalarini berdi.

Photos from Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi's post 18/03/2023

HАSHАR ELGА YARАSHАR

Har yili bahor faslida, bayramlar arafasida yaxshi niyatlar bilan hashar o‘tkazish xayrli anʼanaga aylangan. Mevali va manzarali daraxt ko‘chatlari, turfa gul nihollarini o‘tqazish, chor-atrofni tartibli, toza, ozoda holga keltirish ishlari shu kunlarda keng koʼlamda amalga oshirilmoqda.

Vohamizdagi taʼlim muassasalarida ham umumxalq xayriya hashari tadbirlari uyushqoqlik bilan o‘tkazilmoqda.
Muzrabot tumani maktabgacha va maktab taʼlimi bo‘limi hududida ham hashar tadbirlari bo‘lib o‘tmoqda.

Photos from Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi's post 18/03/2023

OTANING OILADAGI O‘RNI

Oilada otaning o‘rni beqiyos, ayniqsa o‘g‘il bolalar tarbiyasida. Termiz shahridagi 1-2-sonli umumtaʼlim maktablarida otalar majlisi o‘tkazildi. Yig‘ilishda so‘z olganlar oilada otaning roli, majburiyati, masʼuliyati va farzandalar bilan o‘zaro munosabatlari haqida so‘z yuritishdi.

“Nuroniylar” jamg‘armasi Termiz shahar bo‘limi, deputatlar, faol faxriylar, otalar va o‘qituvchilar ishtirok etgan yig‘ilishda so‘z olganlar farzand taʼlim-tarbiyasida otalarning masʼuliyati muhim ekanligi taʼkidlandi. Shu o‘rinda tadbirga tashrif buyurgan otalar fikri ham tinglandi.

17/03/2023

FARXOD IKKINCHI BOSQICHDA HAM YUQORI BALLNI QO‘LGA KIRITDI

Vazir jamg‘armasi hisobidan har oylik ustamaga daʼvogar pedagoglarning saralash imtihonlarining II-bosqichida yana bir o‘qituvchimiz yuqori natijani qayd etdi.

Denov tumanidagi 10-IDUMning ingliz tili fani o‘qituvchisi Farxod Zamilov Vazir Jamg‘armasidan to‘lanadigan ustama uchun saralash sinovlarining dastlabki test bosqichida 100 ballni, II-bosqich suhbat jarayonida ham10 ballik natijani qayd etdi.

Photos from Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi's post 17/03/2023

“Navroʻzi olam tasavvurimda'' rasmlar tanlovi bo‘lib o‘tdi

Jarqo‘rg‘on tuman "Barkamol avlod" bolalar maktabida ''Navroʻz umumxalq bayrami'' munosabati bilan "Navroʻzi olam tasavvurimda" nomli ''Tasviriy san'at'' toʻgarak a'zolari oʻrtasida rasmlar tanlovi oʻtkazildi.

Rasmlar tanlovida barcha "Tasviriy sa'nat" toʻgarak aʼzolari ishtirok etishib oʻzlarining tasavvuridagi Navroʻzi olamni oq qogʻozga tasvirlashdi.

Tanlovda Xurramov Akmal rahbarlik qilayotgan "Tasviriy sa'nat" toʻgaragi a'zosi Boltayeva Nilufar I-oʻrinni egalladi.

G'olib bo'lgan to'garak azolari "Barkamol avlod" bolalar maktabining faxriy yorligʻi va esdalik sovgʻalari bilan taqdirlandi.

Photos from Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi's post 17/03/2023

VILOYATIMIZ MAKTABLARIDA “ASSALOM NAVRO‘ZI OLAM” TADBIRLARI BO‘LIB O‘TMOQDA

Sherobod tumanidagi 41-sonli umumtaʼlim maktabida "Assalom Navroʻzi olam" deb nomlangan bayram tadbiri o‘tkazildi. Tadbirda o‘quvchilar tomonidan tayyorlangan bayram dasturi namoyish etildi. Unda o‘quvchilar bahorni tarannum etuvchi sheʼrlar va milliy ko‘y-qo‘shiqlarimizdan ijro etishdi.

Bayram dasturidan fotolavhalar.

Photos from Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi's post 17/03/2023

SURXONDARYODA VAZIR JAMGʻARMASI USTAMASI UCHUN O‘TKAZILAYOTGAN TANLOVNING IKKINCHI BOSQICHI BO‘LIB O‘TMOQDA

Termiz shahrida vazir jamg‘armasi hisobidan har oylik ustamaga daʼvogar pedagoglarning saralash imtihonlarining II-bosqichi davom etmoqda.

Imtihonning ikkinchi kunida ham o‘qituvchilar o‘z kasbiy mahoratlarini namoyon etishmoqda. Eslatib o‘tamiz, kasbiy mahoratini baholash bo‘yicha o‘tkazilgan suhbat natijalariga ko‘ra, yuqori ball to‘plagan tajribali pedagoglarga joriy yilning aprel oyidan boshlab, 9 oy davomida mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdorining 5,5 baravari miqdorida (bugungi k***a 5 million so‘m) har oylik ustama to‘lanadi.

16/03/2023

UZUNLIK O‘QITUVCHI VAZIR JAMGʻARMASI USTAMASI UCHUN O‘TKAZILGAN TANLOVNING IKKALA BOSQICHIDA HAM YUQORI NATIJANI QAYD ETDI

Uzun tumanidagi 4-sonli ayrim fanlar chuqur o‘rganishga ixtisoslashtirilgan umumtaʼlim maktabining oliy toifali, ingliz tili fani o‘qituvchisi Ilhom Muhtorov Vazir Jamg‘armasidan har oy to‘lanadigan ustama uchun saralash sinovlarining dastlabki test bosqichida 100 balldan 100 ballni, II-bosqich suhbat jarayonida 10 balli natijani qayd etdi.

Ilhom Muhtorov nafaqat, o‘quvchilarga, balki malakali va tajribali trener o‘qituvchi sifatida o‘z hududidagi o‘qituvchilarga uslubiy yordam ko‘rsatib kelmoqda. 16 yillik faoliyati davomida
Ilhom Muhtorovning ko‘plab o‘quvchilari oliygoh talabasi bo‘lish baxtiga muyassar bo‘lgan.

16/03/2023

ТАЙИНЛОВ

Мамадиев Хусниддин Норбоевич Мактабгача ва мактаб таълими вазирининг тегишли буйруғига асосан Сурхондарё вилояти Мактабгача ва мактаб таълими бошқармаси бошлиғи лавозимига тайинланди.

У 1984 йилда Ангор туманида туғилган. 2005 йил Ўзбекистон миллий университети, 2012 йил Тошкент давлат маданият институтини тамомлаган. Маълумоти бўйича мутахассислиги – социолог, ҳуқуқшунос, маданият, таълим ва фан социологияси.

Х.Мамадиев меҳнат фаолияти давомида Давлат ва жамият қурилиши академияси, Республика ёшлар маркази директори, Олмазор тумани ҳокимининг ўринбосари, Олмазор туман ҳокимининг ўринбосари – “Ёшлик” шаҳарчаси ҳокими ва Давлат хизматини ривожлантириш агентлиги Тошкент шаҳар филиали бош инспектори лавозимларида меҳнат қилган.

Мазкур лавозимга тайинлангунга қадар 2022 йилдан буён Президент таълим муассасалари агентилигининг вилоят ҳудудий бўлими бошлиғи лавозимида фаолият юритиб келаётган эди.

Photos from Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi's post 16/03/2023

SURXONDARYO VILOYATIDA HAM VAZIR JAMGʻARMASI USTAMASI UCHUN O‘TKAZILAYOTGAN TANLOVNING IKKINCHI BOSQICHIGA START BERILDI

Bugun Respublikamiz bo‘ylab vazir jamg‘armasi hisobidan 2023-2024 o‘quv yilida har oylik ustamaga daʼvogar pedagoglarning saralash imtihonlarining II-bosqichi ko‘taringki ruhda boshlandi.

Xabaringiz bor, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 2-avgustdagi “Xalq ta’limi vaziri jamg‘armasi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Qaroriga ko‘ra, 2022-yil dekabr oyida ushbu Jamg‘armadan har oylik ustama to‘lanadigan malakali pedagog kadrlarni saralash sinovlarining I-bosqichi bo‘lib o‘tgan edi.

Unda viloyatimiz o‘qituvchilarning 66 nafari ikkinchi bosqich yo‘llanmasini qo‘lga kiritishgan edi.

Photos from Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi's post 16/03/2023

VAZIR JAMG‘ARMASI HISOBIDAN HAR OYLIK USTAMAGA PEDAGOGLARNI SARALASHNING II-BOSQICHIDAN OLDIDAN OCHIQ MULOQOT BO‘LIB O‘TDI

Ma’lumki, ayni kunlarda respublikamiz bo‘ylab vazir jamg‘armasi hisobidan har oylik ustamaga da’vogar pedagoglarning saralash jarayonlarining II-bosqichi o‘tkazilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, ustamaga da’vogar pedagoglarning saralashning birinchi bosqichi 2022 yil 16-dekabr kuni bo‘lib o‘tgan edi. Unda “Boshlang‘ich ta’lim”, “Aniq va tabiiy fanlar” , “Amaliy fanlar” , “Xorijiy tillar”, “Ijtimoiy fanlar” va “Amaliy fanlar” yo‘nalishlaridagi 384 nafar o‘qituvchilar ishtirok etgan edi.
Mazkur jarayonini boshlashdan oldin o‘qituv-pedagoglar ishtirokida ochiq muloqot bo‘lib o‘tdi.
Muloqot davomida II-bosqichi jarayoning o‘tkazilishi, o‘qituvchilarga ahamiyat berishi lozim bo‘lgan jihatlar aytib o‘tildi.

Shuningdek, muloqot davomida o‘qituvchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga ham javob olishdi.

Photos from Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi's post 15/03/2023

SАRIOSIYOLIK O‘QUVCHILАR HАRBIY QISMDА

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 3-oktabrdagi “Umumiy o‘rta taʼlim muassasalarida maʼnaviy-maʼrifiy hamda tarbiyaviy ishlar samaradorligini oshirish kontseptsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qarorida belgilangan vazifalar ijrosini taʼminlash maqsadida Sariosiyo tumanidagi umumtaʼlim maktablarida maʼnaviy-maʼrifiy ishlar samaradorligini oshirish kontseptsiyasini amalga oshirish maqsadida “Yo‘l xaritasi” ishlab chiqilgan.

Mazkur yo‘l xaritadagi chora-tadbirlar rejasi asosida o‘quvchi yoshlarni harbiyvatanparvarlik ruhida tarbiyalash bo‘yicha bir qator tadbirlar o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

O‘quvchilarni vatanparvarlikga chorlovchi ana shunday tadbirlardan biri “Sohibqiron Аmir Temur - markazlashgan milliy davlatchilik asoschisi” mavzusida tumanning 10-sonli umumtaʼlim maktabi o‘quvchilari ishtirokida harbiy qismda tashkil etildi.
O‘quvchilar harbiylar faoliyati bilan yaqindan tanishdi. Mashg‘ulotlarda ishtirok etib, o‘zlarining harbiy salohiyatlarini sinovdan o‘tkazishdi.

Want your school to be the top-listed School/college in Termiz?

Click here to claim your Sponsored Listing.

Location

Category

Telephone

Address


Termiz

Opening Hours

Monday 09:00 - 18:00
Tuesday 09:00 - 18:00
Wednesday 09:00 - 18:00
Thursday 09:00 - 18:00
Friday 09:00 - 18:00