08/09/2025
O‘zbekiston xalq artisti Bahodir Yo‘ldoshev tavalludining 80 yilligiga bag‘ishlangan “Sahna – mening hayotim” nomli adabiy-ma’rifiy xotira kechasi bo‘lib o‘tdi
Bugun, 8-sentyabr kuni poytaxtdagi Turkiston san’at saroyida O‘zbekiston xalq artisti Bahodir Yo‘ldoshev tavalludining 80 yilligiga bag‘ishlangan “Sahna – mening hayotim” nomli adabiy-ma’rifiy xotira kechasi bo‘lib o‘tdi.
Xotira kechasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining maslahatchisi Xayriddin Sultonov, Madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov, madaniyat va san’at sohasi vakillari, rejissyor Bahodir Yo‘ldoshevning yaqinlari, shogirdlari, shoir va yozuvchilar, talabalar hamda OAV vakillari ishtirok etishdi.
Tadbir avvalida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining maslahatchisi Xayriddin Sultonov nutq qilib, adabiy-ma’rifiy tadbir va xotira kechasini ochib berdi.
Mazkur xotira kechasi nafaqat Bahodir Yo‘ldoshevni yodga olish, balki uning san’atga, o‘zbek milliy teatriga qo‘shgan betakror hissasi yana bir bor namoyon etildi. Uning hayoti va ijodi uzoq yillar davomida teatr maydonida nafaqat spektakllar yaratish bilan, balki milliy san’atni yangi bosqichga ko‘tarish, yosh ijodkorlarni tarbiyalash va millat madaniyatini targ‘ib etish bilan bog‘liqligi ta’kidlandi. Shuningdek, kecha davomida Bahodir Yo‘ldoshevning ijodiy yo‘li nafaqat milliy dramaturgiyani boyitishda, balki zamonaviy teatr uslubini mukammallashtirishda ham o‘zining munosib hissasini qo‘shganligi bilan alohida o‘rin tutganligi haqida aytildi.
Bahodir Yo‘ldoshevning har bir spektakli – bu uning hissiyotlari, xalqning orzu-umidlari va milliy ruhning yorug‘ tasviri bo‘lib, har bir spektakl – uning hayot tajribasi, bilim va ishtiyoqi ifodasi ekanligi, uning sahnalashtirgan spektakllari nafaqat mahalliy, balki xalqaro maydonda ham e’tirof etilganligi, xususan, AQSH, Fransiya, Rossiya, Italiya kabi ko‘plab boshqa davlatlardagi teatr festivallarida u o‘zbek teatrining obro‘yini yuksaltirishda muhim rol o‘ynaganligi so‘zga chiqqanlar tomonidan e’tirof etildi.
“Bahodir Yo‘ldoshev faqat katta teatr sahnalaridagina emas, balki yosh ijodkorlar bilan ham faol ishladi. Uning “Diydor” teatr-studiyasida bir qancha spektakllar yaratdi.