31/12/2025
🔴REKTOR TABRIGI
Hurmatli professor-o‘qituvchilar, xodimlar va aziz talabalar!
🎄Sizlarni kirib kelayotgan 2026-yil – Yangi yil bayrami bilan Toshkent gumanitar fanlar universiteti jamoasi nomidan hamda shaxsan o‘zim nomimdan chin dildan muborakbod etaman.
🎄Mamlakatimizda ta’lim va ilm-fan sohasini rivojlantirish, yoshlarni har tomonlama yetuk, zamonaviy bilim va ko‘nikmalarga ega, vatanparvar mutaxassislar etib tarbiyalash davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri etib belgilangan. Ushbu jarayonda oliy ta’lim muassasalari, jumladan, Toshkent gumanitar fanlar universiteti zimmasiga katta mas’uliyat yuklangan.
🎄Ortda qolayotgan yil davomida universitetimizda ta’lim sifatini oshirish, ilmiy-tadqiqot faoliyatini rivojlantirish, professor-o‘qituvchilar va xodimlar salohiyatini mustahkamlash, talabalarning bilim va intellektual imkoniyatlarini kengaytirish borasida samarali ishlar amalga oshirildi. Erishilgan yutuqlar jamoamizning hamjihatligi, fidokorona mehnati va ezgu maqsadlarga sodiqligining yorqin ifodasidir.
🎄Kirib kelayotgan 2026-yil oldimizga yanada muhim vazifalar va katta marralarni qo‘ymoqda. Ta’lim jarayonini zamon talablari asosida takomillashtirish, innovatsion yondashuvlarni joriy etish, ilm-fan va amaliyot uyg‘unligini ta’minlash hamda raqobatbardosh kadrlar tayyorlash bundan buyon ham faoliyatimizning ustuvor yo‘nalishlari bo‘lib qoladi.
🎄Ushbu qutlug‘ bayram munosabati bilan Sizlarga mustahkam sog‘lik, oilaviy tinchlik-xotirjamlik, farovonlik va fidokorona mehnatingizda ulkan muvaffaqiyatlar tilayman. Yangi 2026-yil har biringiz uchun yangi imkoniyatlar, ezgu niyatlar va yuksak yutuqlar yili bo‘lsin.
Yangi yil muborak bo‘lsin!
Hurmat bilan,
Sabirov Qahramon Bektursunovich
Toshkent gumanitar fanlar universiteti rektori