24/09/2026
IJTIMOIY XAVF OMILLARINI ERTA ANIQLASH BO‘YICHA PSIXOLOGIK SUHBAT O‘TKAZILDI
Joriy yilning 23-sentabr kuni O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti psixologi Z. Xayrullayeva, Ikkinchi ingliz tili fakulteti Xotin-qizlar masalalari bo‘yicha dekan maslahatchisi F. Ashurova hamda IMBIB mutaxassisi O. Artikova hamkorligida talabalar bilan psixologik suhbat tashkil etildi.
Suhbat davomida talabalarning emotsional holati, stressga chidamliligi, ijtimoiy moslashuvi, shaxslararo munosabatlari, o‘quv motivatsiyasi va psixologik barqarorligi yuzasidan fikr almashildi. Shuningdek, yoshlar orasida uchrashi mumkin bo‘lgan ijtimoiy-psixologik muammolar, kommunikativ qiyinchiliklar, emotsional zo‘riqish va moslashuv jarayonidagi muammolarni barvaqt aniqlash hamda ularning oldini olish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Tadbir davomida talabalarga universitet psixologik xizmati faoliyati, psixologik yordam va maslahat olish imkoniyatlari, murojaat qilish tartibi hamda maxfiylik tamoyillari haqida batafsil ma’lumotlar berildi.
Mazkur suhbat talabalarning psixologik farovonligini ta’minlash, ijtimoiy xavf omillarining oldini olish, muammoli vaziyatlarni o‘z vaqtida aniqlash va ularga nisbatan samarali profilaktik yondashuvlarni shakllantirishga xizmat qildi.
😊 Ingliz tili 2 fakulteti ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalariga a’zo bo’ling!
📱Telegram 🧐 Instagram