26/06/2026
"Til va adabiyot ta’limi" jurnali o‘zbek tilida faoliyat yuritayotgan eng kuchli muharrirlar 20 taligini aniqladi.
Dastlab mutaxassislarning taklif va tavsiyalari asosida 50 talik uzun ro‘yxat shakllantirildi. Keyingi bosqichda sohaning yetakchi olimlari, taniqli jurnalist va muharrirlar nomzodlarga ovoz berdi.
Jarayonda 60 nafar mutaxassis qatnashdi. Har biri matn ustida birga ishlab ko‘rib, tahrir mahoratiga tan bergan 10 nafar muharrir nomini keltirdi (sonda istisnolar bor).
Yakuniy hisob-kitobda kuchli 20 talik ro‘yxatga kirganlar eng ko‘pi 41 ta, eng kami 10 ta ovoz to‘pladi.
Reytingdan o‘rin olgan muharrirlar orasida Prezident spichrayteridan boshlab matbuot, internet va nashriyot xodimlarigacha bor:
Ahmadjon Meliboyev
Erkin A’zam
Xayriddin Sulton
Qulman Ochil
Nurulloh Muhammad Raufxon
Murtazo Qarshiboy
Musulmon Namoz
Iroda Dadajonova
Hasan Karvonli
Husan Karvonli
Sanjar Nazar
Shahnoza Soatova
Sobirjon Yoqubov
Ma’mura Qutliyeva
Farrux Jabborbek
Hamza Abdullayev
Orif Tolib
Muhrim A’zamxo‘jayev
Eldor Asanov
Aziz Qarshiyev
Agar reyting 30 talik bo‘lganida yana kimlar ro‘yxatdan joy olardi: Orziqul Ergash, Norqobil Jalil, Muhiddin Rahim, Abdug‘afur Iskandar, G‘afur Shermuhammad, Abdulla Sharopov, Akmal Jumamurodov, Xayriddin Murod, Xurshid Ibrohim, Feruza Xayrullayeva.
“Tahrirchilarning mashaqqatli mehnati ko‘pincha ko‘zdan panada qoladi. Kasb bayrami munosabati bilan matbuot zahmatkashlarini keng jamoatchilikka eslatish, tanitishni maqsad qildik.
Sun’iy idrok davrida malakali muharrirlar mehnatiga ehtiyoj kundan kun ortmoqda. Milliy tahrir maktabini yanada rivojlantirish yo‘lidagi sa’y-harakatlarni birlashtirish, qo‘llab-quvvatlash zarurati tobora oshib bormoqda”, deydi tashkilotchilar.