Toshkent soliq texnikumi

Toshkent soliq texnikumi

Share

25 yil

Photos from Toshkent soliq texnikumi's post 17/02/2025



Toshkent soliq texnikumi xodimlari va o'quvchilari hamda Din ishlari bo'yicha qo'mitaning matbuot kotibi - Axborot siyosati masalalari bo'yicha qo'mita raisi maslahatchisi Ilhom Ma'rupov ishtirokida davra suhbati bo'lib o'tdi.

14/02/2025



Respublika "Istiqbolli avlod" ijtimoiy axborot Markazi tomonidan Toshkent shahrida joylashgan kasbiy ta'lim tashkilotlarining Xotin-qizlar maslahat kengashi raislari uchun “Gender zo’ravonlik va jinsiy zo’ravonlikka uchragan ayollar va qizlarga nisbatan gender kamsitish va stigmani kamaytirish” mavzusida tashkil etilgan seminardan lavhalar.

Photos from Toshkent soliq texnikumi's post 13/02/2025



Joriy yilning 12-fevral sanasida Toshkent soliq texnikumida Respublika "Istiqbolli avlod" ijtimoiy axborot Markazi tomonidan Toshkent shahrida joylashgan kasbiy ta'lim tashkilotlarining Xotin-qizlar maslahat kengashi raislari uchun “Gender zo’ravonlik va jinsiy zo’ravonlikka uchragan ayollar va qizlarga nisbatan gender kamsitish va stigmani kamaytirish” mavzusida seminar tashkil etildi.

Photos from Toshkent soliq texnikumi's post 11/02/2025



Har yili 11-fevral - Xalqaro ilm-fan sohasidagi xotin-qizlar kuni keng nishonlanib kelinmoqda. Shu munosabati bilan, texnikum o'quvchi qizlari va Janubiy Koreyaning Honam universiteti professori Dilnoza Kalanova ishtirokid uchrashuv bo'lib o'tdi.

Uchrashuv davomida mamlakatimizda xotin-qizlarni ilmiy faoliyatga keng jalb etish, ularning dasturiy ishlanmalari, innovatsion g‘oyalarini qo‘llab-quvvatlash borasida salmoqli ishlar amalga oshirilayotganligi qayd etildi.

10/02/2025




Photos from Toshkent soliq texnikumi's post 07/02/2025



Bugun Toshkent soliq texnikumida katta shodiyona!!

"Milliy Toshkent" loyihasi doirasida “Milliy libos-millat
qiyofasi, inson ko‘rki, milliy iftixor ifodasi” mavzusida seminar o‘tkazildi.

Ushbu seminarga Uchtepa tuman hokimligi, Respublika ma'naviyat va ma'rifat markazi Uchtepa tuman bo‘limi, mahalla xotin-qizlar faollari taklif etildi.

Seminar davomida Toshkentning tarixidan hozirgi kuniga qadar o‘zgarish va rivojlanishi, milliy liboslarimizning etnografik tarifi, xotin-qizlar odobi va bir qancha masalalarda o‘zaro fikr almashinildi.

Bundan tashqari, O‘zbekiston yozuvchilar uyushmasi a'zosi, shoira Oygul Ubaydullo qizi o‘zining ijodidan namunalari bilan ishtirok etdi.

Tadbirda texnikumning lobar qizlari atlas va adras kiyimlarda milliylikni madh etuvchi she'rlari va Milliy libos modalari bilan ishtirok etishdi.

31/01/2025



Toshkent soliq texnikumi tashabbusi bilan Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vazirligi Toshkent shahar boshqarmasi bilan hamkorlikda "Kasbiy ta'lim muassasalarida xotin-qizlarni ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish, ularni tazyiq va zo'ravonlikdan asrash hamda qo'llab-quvvatlash ishlarini takomillashtirish va tizimli yo'lga qo'yish" masalalari bo'yicha seminar tashkil etildi.
Ushbu seminarda boshqarmadan vakillar va Toshkent shahridagi kasbiy ta'lim muassasalarning xotin-qizlar raislari ishtirok etishdi.

Photos from Toshkent soliq texnikumi's post 31/01/2025



Toshkent soliq texnikumi tashabbusi bilan texnikum xotin-qizlar raisi B.Hakimova boshchiligida Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vazirligi Toshkent shahar boshqarmasi bilan hamkorlikda "Kasbiy ta'lim muassasalarida xotin-qizlarni ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish, ularni tazyiq va zo'ravonlikdan asrash hamda qo'llab-quvvatlash ishlarini takomillashtirish va tizimli yo'lga qo'yish" masalalari bo'yicha seminar tashkil etildi.

Ushbu seminarda boshqarmadan vakillar va Toshkent shahridagi kasbiy ta'lim muassasalarning xotin-qizlar raislari ishtirok etishdi.

Seminar davomida turli mavzularda baxslar, treninglar va takliflar ilgari surildi va o'zaro fikr almashinildi.

Kelgusida bunday treninglar ko'plab o'tkazilishiga kelishib olindi. Namunaviy tashkil etilgan ushbu seminarda mehmonlar nafaqat seminarda ishtirok etishdi, balki hujjat yuritilishi, texnikum faoliyati bilan ham yaqindan tanishishdi.

Photos from Toshkent soliq texnikumi's post 29/01/2025



Toshkent soliq texnikumi hamda Janubiy Koreyaning Hancom akademiyasi o'rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi.

Memorandumga muvofiq texnikumda o'quvchilar uchun "Koreys tili va madaniyati", "Ingliz tili" va "IT" kurslari tashkil etiladi hamda darslar Hancom akademiyasi tomonidan zamonaviy texnik vositalar bilan to'liq jihozlangan "Smart sinfxona"da olib boriladi.

Shuningdek, "IT" kurslarini muvaffaqiyatli tamomlagan o'quvchilar Hancom akademiyasi tomonidan ish bilan to'liq ta'minlanadi.

Photos from Toshkent soliq texnikumi's post 25/01/2025



Texnikumning "Bank ishi" yo'nalishi o'quvchilari Biznesni rivojlantirish banki Yakkasaroy filialiga tashrif buyurdi.

O'quvchilarni bank boshqaruvchisi o'rinbosari Asqar Mirzayev kutib oldi va bankning har bir bo'limi hamda ularning vazifasi bilan tanishtirdi.

Ma'lumot uchun ushbu bank va texnikum o'rtasida imzolangan hamkorlik memorandumiga muvofiq bank xodimlarini jalb etgan holda texnikum xodimlari va o'quvchilari uchun seminarlar, davra suxbatlari tashkil etish, o'quvchilarning bankda amaliyot o‘tashlari uchun barcha shart-sharoitlar yaratilishi belgilangan.

Photos from Toshkent soliq texnikumi's post 24/01/2025





Bugut Toshkent soliq texnikumida ayol xodimlar va o'quvchi qizlar ishtirokida ayolning jamiyatdagi o'rni, qizlarni oilaviy hayotga tayyorlash kabi mavzularida seminar trening o'tkazildi.

Ushbu treningga O'zbekiston jahon tillari universitetining Pedagogika-psixologiya kafedrasi pedagogika fanlari nomzodi, kouch psixolog Gulnoza Rahmonbekova taklif etildi.

Psixolog bilan turli mavzularda seminarlar va treninglar o'tkazildi, hamda bunday seminarlar ko'plab o'tkazilishiga kelishib olindi.

Photos from Toshkent soliq texnikumi's post 23/01/2025





Toshkent soliq texnikumida "Boshqarma boshlig'i kubogi"ning shaxmat va stol tennisi sport turlari bo'yicha texnikum bosqichi o'tkazildi.

Unda texnikum o'quvchilari faol ishtirok etishdi.

Shaxmat sport turida:
🥇o'rinni Teshaboyev Asad;
🥈o'rinni Ilyashov Otabek;
🥉o'rinni Abdusalomov Behruz egallagan bo‘lsa;

Stol tennisi sport turi bo'yicha o'smirlar o'rtasida:
🥇o'rinni Abdurahimov Sardor;
🥈o'rinni Nurmaxamatov Ibrohim;
🥉o'rinni Komilov Zohir;

Qizlar o'rtasida:
🥇o'rinni Bazarova Gulshoda;
🥈o'rinni Rahimova Madina;
🥉o'rinni Muqimova Sevinch egalladilar.

Faxrli 🥇 o‘rinni egallagan o‘quvchi yoshlar keyingi bosqichga yo‘llanmani qo‘lga kiritdilar.

Want your school to be the top-listed School/college in Tashkent?

Click here to claim your Sponsored Listing.

Location

Category

Telephone

Website

Address


Город Ташкент Учтепинский район Улица Кичик Халка йули, 3
Tashkent
100173