28/04/2025
📣 Axad Xudayarov bilan eksklyuziv master-klassga marhamat!
💪🏼 O‘zbekistonning taniqli fitnes murabbiyi, motivatsiya ustasi va sog‘lom turmush tarzining faol targ‘ibotchisi Axad Xudayorov bilan UBSda maxsus uchrashuv bo‘lib o‘tadi.
Axad Xudayorov o‘zining kuchli motivatsion chiqishlari va sog‘lom hayot sari undovchi maslahatlari bilan yoshlar o‘rtasida katta e’tibor va hurmat qozongan.
Master-klass “Sport va ta’lim uyg‘unligi” mavzusida bo‘lib, sizda u bilan bevosita uchrashish imkoniyati bilan birga:
➡️ Sog‘lom turmush tarzi va motivatsiya haqida bevosita maslahat olish;
➡️ Sport va to‘g‘ri ovqatlanish bo‘yicha amaliy tajribalarga guvoh bo‘lish;
➡️ Shaxsiy rivojlanish va hayotiy maqsadlar sari qanday intilish kerakligi;
➡️ O‘z savollaringizni to‘g‘ridan to‘g‘ri Axad Xudayorovga berish imkoniyatiga ega bo‘lasiz.
📅 29-aprel, 12:00 da
📌 UBS Toshkent filiali kutubxonasi