13/08/2026
O‘zbekiston–Ozarbayjon ta’lim hamkorligi istiqbollari muhokama qilindi
Bugun Nizomiy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti rektori Hilola Umarova Ozarbayjon Respublikasining O‘zbekistondagi yangi tayinlangan favqulodda va muxtor elchisi Rashad Mamedov bilan uchrashdi.
Muloqot davomida universitetning Ozarbayjon oliy ta’lim muassasalari bilan shakllangan aloqalarini yanada rivojlantirish, akademik almashinuvni kengaytirish, qo‘shma ilmiy-ma’rifiy hamda madaniy loyihalarni amalga oshirish istiqbollari yuzasidan fikr almashildi.
Tomonlar kelgusidagi tashabbuslarni aniq amaliy mazmun bilan boyitish, qardosh xalqlarimiz o‘rtasidagi ta’lim, ilmiy va madaniy aloqalarni yanada mustahkamlash yo‘lida hamkorlikda ishlashga kelishib oldilar.