Jurnalistika fakulteti

Jurnalistika fakulteti

Share

O'zMU Jurnalistika fakultetining rasmiy sahifasi. Fakultet hayotiga oid yangiliklar. (Va yana...)

Photos from Jurnalistika fakulteti's post 08/03/2018

ҚУТЛУҒ БЎЛСИН АЙЁМИНГ АЁЛ

Кўкламойни етаклаб келган,
Гул-ғунчани этаклаб келган.
Бағрида хуш хаёллар елган,
Қутлуғ бўлсин айёминг Аёл.

Сен хаётнинг мазмуни, нақши,
Ох борлигинг бунчалар яхши.
Табрик айтай бўлиб бир бахши,
Қутлуғ бўлсин айёминг Аёл.

Пойинг ости Жаннатга эшик,
Сен тун бедор тебратган бешик.
Хеч бўлганми аллангдек қўшиқ,
Қутлуғ бўлсин айёминг Аёл.

Мехрликсан,миннатни билмас,
Ёмонга хам ёмонлик қилмас.
Эй кафтидан саховат жилмас,
Қутлуғ бўлсин айёминг Аёл.

Онам,жуфтим,эслик қизимсан,
Опам,синглим оппоқ юзимсан.
Гох кўзингда ашклар тизимсан,
Қутлуғ бўлсин айёминг Аёл.

Малохатли,нозик дил, малак,
Бир зум тиним билмас жон халак.
Қучоғинг кенг ким бўпти фалак,
Қутлуғ бўлсин айёминг Аёл.

Кулгу ўзинг,бирда ғам ўзинг,
Баъзан тўлган,гохо кам ўзинг.
Сен ўзимсан,қовурғам ўзинг,
Қутлуғ бўлсин айёминг Аёл.

Кўкламойни етаклаб келган,
Гул-ғунчани этаклаб келган.
Бағрида хуш хаёллар елган,
Қутлуғ бўлсин айёминг Аёл.

03/02/2018
14/01/2018

Yurt tinchligi, Vatanimiz qalqoni, oilamiz tayanchi bo'lgan mard, jasur, oliyjanob yigitlarni, aka-ukalarimizni, otaxonlarimizni - 14-yanvar Vatan himoyachilari kuni bilan muborakbod etamiz! Sizlar bor ekansiz, Vatanimiz sarhadlariga hech kim dahl sola olmaydi, sizlar bor ekansiz, yurak halovatda. Oilangiz, yaqinlaringiz baxtiga sog'-omon bo'ling, omadli, rizq-ro'zli bo'ling. Boringizga shukur. Yana bir bor bayramingiz bilan!
*tilaklar

03/01/2018

2018-yil ham eshigimizni qoqib kirib keldi. Yangi yilga "Xush kelibsan" deya, sizlarga hamma qatori samimiy, betakror, yaxshiliklarga to'la tilaklarimizni tilaymiz!
Bu yil albatta, agar amalga oshmay qolgan niyat, maqsad, orzularingiz bo'lsa, albatta ushalsin, amalga oshsin.
Shunday do'stlar, qadrdonlar orttiringki, ular haqiqatda qadrdon do'stlar bo'lib qolishsin.
Kayfiyatingiz, g'ayratingiz, kuchingiz shunday jo'shqin bo'lsinki, sizga faqat havas ila boqishsin.
Yilni shunday boshlab, shunday o'tkazingki, u sizdan, siz esa undan uyalib qolmang.
Ha, aytgancha bu yil ham faqat biz bilan qoling😊👆🎂⛄🎄❄🎁📒🍷

Photos from Jurnalistika fakulteti's post 29/11/2017

Buni qarangki, ko'z ochib yumguncha, qish ham kirib kelmoqda. Vaqt shunday ayovsiz, kechagina birinchi bosqich talabalari edik, hozir bir pasda uchinchi, to'rtinchi bosqichda o'qimoqdamiz. Lekin, hozir sizlarga kuz falsafasini emas, fakultetimiz kuzning sap-sariq bo'yoqlari ortida qanday go'zalligini ko'rsatmoqchimiz.) Hammaga kuz barglaridek yorqin kayfiyat tilab qolamiz!

Photos 27/11/2017

Bugun Yoshlar Ijodiyot Saroyida Respublika yosh kinoijodkorlaning qisqa metrajli filmlari festivali - "Prolog 2017" ning ochilish marosimi bo'lib o'tdi. Festival O'zbekiston Yoshlar Ittifoqi, "O'zbekkino" Milliy agentligi, Kinematografiyani rivojlantirish markazi va yana boshqa hamkor, homiylarning tashabbusi bo'lib o'tmoqda. "Prolog 2017"ning ochilish marosimidan oldin, o'zbek kinematografiyasining darg'alari, oramizdagi afsonalar - aktyorlar, rejissyorlar, operatorlarning fotoportretlari jamlangan ko'rgazma bo'lib o'tdi.
Festivalning bugungi ochilish marosimida esa, yosh kinorejissyorlar tayyorlagan 5 ta qisqametrajli filmlar namoyish etildi. Ular "U", "Janoza", "Najot", "Ichki hakam", "Ustunsiz Uy" filmalaridir. Eslatib o'tamiz, yosh kinoijodkorlarimiz tomonidan olingan va festivalga taqdim etilgan qisqa metrajli filmlaridan har biringiz bahramand bo'lishingiz mumkin. Festival 27-30-noyabr kunlari bo'lib o'tadi.

Photos 17/11/2017

Photos 01/10/2017

Фан боғининг боғбонисиз, устозлар,
Миллион диллар достонисиз, устозлар.

Ургатингиз маърифатдан зўр китоб,
Бул китобки, нур сочишда зўр офтоб.

Хазинасиз, калбингиз меҳр дарёси,
Унда порлар улугларнинг зиёси.

Дустлик, мардлик, садоқатдан дарс бердингиз,
Аклу, идрок, фаросатдан дарс бердингиз.

Умрингиз, жонингиз фидо фарзандга,
Етаклайсиз доим олий максадга.

Бахту, икбол доим Сизга ёр булсин,
Ватанимиз шону шухратга тулсин!!!

Photos from Jurnalistika fakulteti's post 07/09/2017

Yangi o'quv yili hammaga omadli bo'lsin deya, sizlarga yangi kadrlardan ulashamiz!;)

Xalqaro Press-klub jurnalistika fakultetida 04/09/2017

O‘zbekiston Milliy universiteti jurnalistika fakulteti jamoasi Sherzodxon Qudratxo‘jayev raisligida fakultetimiz talabalari bilan mahorat darsi shaklida o‘tkazilgan suhbatdan behad mamnun va minnatdor! Barchaga tanish Press-klub formatidagi suhbat asosan yosh jurnalistlarning bugungi kun O‘zbekiston jurnalistikasi, jahon jurnalistikasidagi yangidan-yangi trendlar va yoshlarning fikr-o‘ylari, qiziqishlari to‘g‘risida bo‘ldi. Tadbir so‘ngida O‘zbekiston Milliy universiteti va jurnalistika fakulteti bazasida muntazam Press-klub formatidagi iventlar tashkil etilishi istiqbollari ham muhokama qilindi.

03/09/2017

Ertaga! Soat 11:00da!

Yozgi ta'tildan qaytgan talabalar va birinchi bosqich talabalari uchun ajoyib yangilik! Xalqaro Press-klub jamoasi fakultetimizda mehmonda bo'lishadi!

Photos from Jurnalistika fakulteti's post 31/08/2017

31-avgustda Oqsaroy oldiga Islom Karimovning haykali o'rnatildi
Bugun Oqsaroy rezidensiyasi hududiga O'zbekiston Respublikasining birinchi Prezidenti - Islom Karimov haykalining ochilish marosimi bo'lib o'tdi. Ushbu marosimda O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev, Birinchi Prezidentning turmush o'rtog'i Tatyana Karimova, bosh vazir Abdulla Aripov va uning o'rinbosarlari, vazirlik va idoralarning rahbarlari va xodimlari, parlament, jamoatchilik vakillari, yurtimiz fahriylari, talaba yoshlar qatnashdi.
O'zA xabariga ko'ra, majmuaga tashrif buyurgan O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev nutq so'zladi.
«Islom Karimov millatning haqiqiy yetakchisi sifatida ona xalqini, go'zal va betakror O'zbekistonni jonidan ham ortiq sevar, uning manfaatlarini himoya qilish va ro'yobga chiqarishni o'z hayotining bosh maqsadi, deb bilar edilar. U kishi o'zining «Elim deb, yurtim deb, yonib yashash kerak», degan g'oyasiga bir umr amal qilib, kelajak avlodlar uchun buyuk ibrat maktabini yaratdilar.
Bugundan boshlab ushbu majmua butun xalqimiz uchun qutlug' va tabarruk qadamjo bo'lib qoladi, albatta», deya prezident so'zlarini keltirgan O'zA.
Musiqa sadolari ostida Shavkat Mirziyoyev va Birinchi Prezident rafiqasi Tatyana Karimova Islom Karimov haykalini ochdi. Marosimga kelganlar tomonidan haykal poyiga gul qo'yildi, uning xotirasiga hurmat bajo keltirildi.
Marosimda O'zbekiston Yozuvchilar uyushmasi raisi M.Ahmedov, O'zbekiston Fanlar akademiyasi akademigi Sh.Karimov, O'zbekiston xalq artisti G.Melnikova, Toshkent shahridagi “Chilonzor” mahalla fuqarolar yig'ini raisi O.Mutalov, FIFA referisi, “El-yurt hurmati” va “Buyuk xizmatlari uchun” ordenlari sohibi R.Ermatov, Birinchi Prezidentimizning rafiqasi Tatyana Karimova Islom Abdug'aniyevich Karimov o'z xalqini cheksiz muhabbat bilan sevgani, o'zining so'nggi kunlariga qadar butun hayotini O'zbekistonga xizmat qilishga bag'ishlagani, uning so'nmas xotirasi minnatdor yurtdoshlarimizning, butun xalqimizning qalbida abadiy saqlanib qolishini ta`kidladi.
Eslatib o'tamiz, haykal muallifi Ilhom Jabborov. Ilhom Jabborov - Toshkentdagi Mustaqillik maydoniga o'rnatilgan "Mustaqillik va Ezgulik monumenti " va poytaxtimiz markazidagi Amir Temur haykalining muallifidir. Yaqin kunlarda esa, Islom Karimovning yorqin xotirasiga atab quriladigan haykal Samarqand shahrida va uchinchi haykal Qarshi shahrida ham o'rnatiladi.

Want your school to be the top-listed School/college in Tashkent?

Click here to claim your Sponsored Listing.

Location

Website

Address


Tashkent