27/04/2026
🔺TTPUda “Ilg‘or fan va texnologiyalar — 2026” xalqaro konferensiyasi o‘z ishini boshladi
Bugun, Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti tashkil topganligining 17 yilligiga bag‘ishlangan “Tadbirlar haftaligi” doirasida “Ilg‘or fan va texnologiyalar — 2026” mavzusidagi ilmiy-amaliy konferensiyaning birinchi kuni bo‘lib o‘tdi.
Ushbu nufuzli tadbir oflayn va onlayn formatlarda tashkil etilib, unda mahalliy va xalqaro ekspertlar keng qamrovda ishtirok etishmoqda. Ertaga anjuman o‘z ishini mexanika va aerokosmik muhandislik, qurilish hamda matematika yo‘nalishlaridagi sho‘ba yig‘ilishlari bilan davom ettiradi.
🔺International Conference “Advanced Science and Technologies — 2026” Begins at TTPU
Today, within the framework of the “Events Week” dedicated to the 17th anniversary of Turin Polytechnic University in Tashkent, the first day of the scientific and practical conference titled “Advanced Science and Technologies — 2026” took place.
This prestigious event is being held in both offline and online formats, with wide participation of local and international experts. Tomorrow, the conference will continue with sectional meetings in mechanical and aerospace engineering, civil engineering, and mathematics.
23/04/2026
🎓Kelajagingizni bugundan global darajada boshlang.
✨Bugungi k***a muvaffaqiyatga erishish uchun oddiy diplom yetarli emas — xalqaro darajadagi bilim va keng imkoniyatlar zarur. TTPU sizga Italiya diplomi orqali dunyoning 120 dan ortiq davlatida o‘z o‘rningizni topish imkonini beradi.
Bu ta’lim maskani ikki diplom berib, kelajagingizni yanada mustahkamlaydi. Siz sun’iy intellekt, kiberxavfsizlik va data science kabi zamonaviy yo‘nalishlarda bilim olib, global darajadagi mutaxassisga aylanishingiz mumkin.
✨TTPU — shunchaki universitet emas, balki xalqaro imkoniyatlar eshigi. Orzularingiz sari ilk qadamni shu yerda qo‘ying.
👉 Hoziroq bio’dagi havola orqali ro’yxatdan o’ting.
23/04/2026
♟ TALABALARIMIZ, DUNYONING TOP 5 DA TURUVCHI SHAXMATCHILARDAN MASTER-KLASS
Joriy yilning 22-aprel kuni TTPUning 17 yilligi munosabati bilan Universitetimiz talabalari, dunyoning TOP-5 shaxmatchilari qatorida turuvchi xalqaro grossmeysterlar — Javohir Sindarov va Nodirbek Abdusattorov ishtirokida shaxmat bo‘yicha master-klass bo‘lib o‘tdi.
Tadbirni Universitet rektori O.To‘ychiyev ochib berib, talabalarimizni yaqinda bo‘lib o‘tgan nufuzli turnirlardagi tarixiy yutuqlari bilan muborakbod etdi. Shuningdek, O.To‘ychiyev ular nafaqat universitetimiz, balki mamlakatimizning intellektual salohiyatini dunyoga namoyon etayotganini ta’kidlab, talabalarimizga “The Best Student” statuetkasi hamda ota-onalariga tashakkurnoma topshirdi. Bu e’tirof jahon darajasidagi natijalarni qayd etayotgan qahramon yoshlarimizga bo‘lgan yuksak hurmat namunasidir.
Shundan so‘ng, chess.com platformasida yuqori reytingga ega bo‘lgan talabalar uchun grossmeysterlarimiz o‘z mahorat sirlari bilan bo‘lishishdi.
Ushbu uchrashuv barcha ishtirokchilar uchun chinakam motivatsiya manbaiga aylandi.
21/04/2026
♟ Xalqaro grossmeysterlar - talabalarimizdan Master-klass
Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti tashkil topganligining 17 yilligi munosabati bilan shaxmat bo‘yicha master-klass tashkil etiladi.
Unda dunyoning TOP shaxmatchilaridan bo‘lgan grossmeyster talabalarimiz:
🔺NODIRBEK ABDUSATTOROV;
🔺JAVOHIR SINDAROV ishtirok etishadi.
Barcha qiziquvchilarni mahorat darsida kutib qolamiz!
🗓 Sana: 22-aprel, 2026-yil
⏱️ Boshlanish vaqti: 14:00
📍 Manzil: TTPU, Asosiy bino foyesi
♟Master Class by Our Students – International Grandmasters
A chess master class will be organized on the occasion of the 17th anniversary of the establishment of Turin Polytechnic University in Tashkent.
The event will feature world TOP chess players and international grandmasters, our students:
🔺NODIRBEK ABDUSATTOROV;
🔺JAVOHIR SINDAROV.
We look forward to seeing all interested participants at the masterclass!
🗓 Date: April 22, 2026
⏱️ Start time: 14:00
📍 Venue: TTPU, Main building foyer
15/04/2026
♟TTPU talabasi jahon toji uchun o‘ynaydi
Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti talabasi, xalqaro grossmeyster Javohir Sindarov Kiprda o‘tgan Nomzodlar turnirida muddatidan avval g‘alaba qozondi. Hal qiluvchi turda Anish Giri bilan durang o‘ynagan Sindarov jahon chempionligi uchun rasmiy da’vogarga aylandi.
⚡ Endi u joriy yil yakunida amaldagi jahon chempioni Dommaraju Gukeshga qarshi jahon toji uchun bahs olib boradi.
♟TTPU student will play for the world title
A student of Turin Polytechnic University in Tashkent, international grandmaster Javokhir Sindarov, won the Candidates Tournament held in Cyprus ahead of schedule. After drawing with Anish Giri in the decisive round, Sindarov became the official challenger for the World Chess Championship.
⚡ He will now face reigning World Champion Dommaraju Gukesh for the world title at the end of this year.
13/04/2026
TTPU 17 yilligi: bayram tadbirlari dasturi
Hurmatli talaba-yoshlar, professor-o‘qituvchilar va universitet jamoasi! Toshkent shahridagi Turin politexnika universitetining tashkil topganligiga 17 yil to‘lmoqda. Ushbu sana munosabati bilan 2026-yil 22–30-aprel kunlari davomida universitetda qator ilmiy, madaniy, innovatsion va sport tadbirlari tashkil etiladi.
Mazkur sana doirasida quyidagi tadbirlar o‘tkaziladi:
🔘 “Ilg‘or fan va texnologiyalar – 2026” ilmiy-amaliy konferensiyasi
🔘 Shaxmat musobaqasi (Rector’s CUP)
🔘 Ma’naviy-ma’rifiy va sport tadbirlari (“Osh contest” bayram dasturi)
🔘 Dron-soccer musobaqalari
🔘 Ochiq eshiklar kunlari
🔘 “Best student 2026” taqdirlash marosimi
🔘 Mehnat yarmarkasi
🔘 Alumni meeting
🎉 Barchangizni universitetimizning 17 yilligi munosabati bilan o‘tkaziladigan bayram tadbirlarida faol ishtirok etishga taklif etamiz!
TTPU 17th Anniversary: Celebration Events Program
Dear students, faculty members, and the university community! Turin Polytechnic University in Tashkent is turning 17. On this occasion, a series of scientific, cultural, innovative, and sports events will be organized at the university from April 22 to April 30, 2026.
The following events will be held as part of the celebration:
🔘 “Advanced Science and Technologies – 2026” scientific-practical conference
🔘 Chess tournament (Rector’s CUP)
🔘 Cultural and sports events (“Osh contest” festive program)
🔘 Drone-soccer competitions
🔘 Open Doors Days
🔘 “Best Student 2026” award ceremony
🔘 Job Fair
🔘 Alumni meeting
🎉 We warmly invite everyone to take an active part in the celebratory events dedicated to the 17th anniversary of our university!
10/04/2026
✈️»Uzbekistan Airways» AJ rahbariyati hamda talabalar ishtirokida ochiq muloqot o‘tkazildi
2026-yil 9-aprel kuni Toshkent shahridagi Turin politexnika universitetida «Uzbekistan Airways» AJ rahbariyati hamda talabalar ishtirokida ochiq muloqot uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.
🔹 Tadbir davomida talabalar aviatsiya sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar, «Uzbekistan Airways» AJning rivojlanish strategiyasi, yo‘lovchi tashish va turizm yo‘nalishlarini kengaytirish rejalari, kompaniyada kadrlar tayyorlash tizimi hamda yosh mutaxassislar uchun amaliyot va ishga joylashish imkoniyatlari haqida batafsil ma’lumotlarga ega bo‘ldilar.
Uchrashuv interaktiv muloqot tarzida o‘tib, talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollarni bergan holda kompaniya rahbariyati bilan bevosita fikr almashish imkoniyatiga ega bo’ldilar.
✈️ Open Dialogue Held with the Leadership of Uzbekistan Airways JSC and Students
On April 9, 2026, an open dialogue meeting was held at Turin Polytechnic University in Tashkent with the participation of the leadership of Uzbekistan Airways JSC and students.
🔹 During the event, students received detailed information about the reforms being implemented in the aviation sector, the development strategy of Uzbekistan Airways JSC, plans to expand passenger transportation and tourism directions, the personnel training system within the company, as well as internship and employment opportunities for young specialists.
The meeting was held in an interactive dialogue format, where students had the opportunity to ask questions of interest and directly exchange ideas with the company’s leadership.
09/04/2026
Kelajagingizni tasodifga qoldirmang 🎯
Qiziqishlaringizni to‘g‘ri yo‘naltirsangiz — ular sizni katta muvaffaqiyatlarga olib boradi.
Bugungi tanlovingiz esa ertangi natijangizni belgilaydi.
TTPU’da sizni zamonaviy, amaliy va talab yuqori bo‘lgan yo‘nalishlar kutmoqda 🚀
Bu yerda siz o‘z kelajagingizni qurish uchun zarur bilim va tajribaga ega bo‘lasiz.
O‘zingizga mos yo‘nalishni tanlang va kelajagingizni bugundan boshlab quring ✨
👉 Batafsil ma’lumot va ro‘yxatdan o‘tish uchun bio’dagi havola orqali o‘ting
08/04/2026
🚀 Yangi g‘oyalar va istiqbolli loyihalar: yoshlar bilan ochiq muloqot
Bugun, Toshkent shahridagi Turin politexnika universitetida yoshlar bilan ishlash tizimini yanada rivojlantirishga qaratilgan muhim uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Unda Yoshlar ishlari agentligi direktori Alisher Sa’dullayev hamda Agentlik huzuridagi loyihalar jamoasi ishtirok etdi.
Tashrif davomida mehmonlar universitet faoliyati, zamonaviy laboratoriyalar va ta’lim jarayonlari bilan yaqindan tanishdilar.
Uchrashuv doirasida Universitetimizda tahsil olayotgan talaba-yoshlar bilan ochiq muloqot tashkil etildi. Unda talabalar IT, tibbiyot, qayta ishlash ekologiyasi, qishloq xo’jaligi va dron texnologiyalari kabi turli sohalardagi startap g’oyalarini taqdim etdilar.
🚀New Ideas and перспектив Projects: Open Dialogue with Youth
Today, an important meeting aimed at further enhancing youth engagement was held at Turin Polytechnic University in Tashkent. The event was attended by the Director of the Youth Affairs Agency, Alisher Sa’dullayev, along with project teams under the Agency.
During the visit, the guests became closely acquainted with the university’s activities, modern laboratories, and educational processes.
As part of the meeting, an open dialogue was organized with students of the university. During the session, students presented their startup ideas across various fields, including IT, healthcare, recycling and environmental sustainability, agriculture, and drone technologies.
07/04/2026
🇲🇾Malayziyaning “MIMOS Berhad” tashkiloti delegatsiyasi TTPUga tashrif buyurdi
Joriy yilningl 1-aprel kuni Toshkent shahridagi Turin politexnika universitetiga Malayziyaning nufuzli “MIMOS Berhad” tashkiloti delegatsiyasi tashrif buyurdi. Tashrif doirasida mehmonlar universitet rahbariyati tomonidan iliq kutib olindi.
Delegatsiya a’zolari tashrif davomida universitetning zamonaviy o‘quv binolari, ilmiy-tadqiqot laboratoriyalari hamda muhandislik va axborot texnologiyalari yo‘nalishlariga ixtisoslashgan amaliy bazalari bilan yaqindan tanishdilar.
🇲🇾Delegation of Malaysia’s “MIMOS Berhad” Organization Visits TTPU
On April 1 of this year, a delegation from Malaysia’s prestigious “MIMOS Berhad” organization visited Turin Polytechnic University in Tashkent. The guests were warmly welcomed by the university leadership.
During the visit, the delegation explored the university’s modern academic buildings, research laboratories, and practical facilities specialized in engineering and information technology.