09/10/2025
"TIQXMMI" Milliy tadqiqot universiteti yana dunyo reytinglarida oldingi o‘rinlarda!
🏆 Times Higher Education (THE) World University Rankings 2026 natijalariga ko‘ra, “Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” Milliy tadqiqot universiteti o‘z pozitsiyasini yanada mustahkamlab, dunyo universitetlari orasida yuqori o‘rinlarni egallashda davom etmoqda.
Umumiy natijalarga ko‘ra, universitet THE World University Rankings 2026 talqinida #501+ o‘rinni egalladi.
⚫️Ta’lim sifati (Teaching) ko‘rsatkichida universitet 2026-yilda 35.9 ballga erishdi dunyo bo‘yicha 489 o‘rinni egalladi.
⚫️ Tadqiqot sifati (Research Quality) bo‘yicha 79.9 ballga erishdi dunyo bo‘yicha 345 o‘rinni.
⚫️ Xalqaro hamkorlik (International Outlook) ko‘rsatkichida: 51.2 gacha oshirdi dunyo bo'yicha 866 o'rin
⚫️ Ishlab chiqarish bilan hamkorlik (Industry) sohasida ham barqaror o‘sish kuzatilib, ball 49.4 gacha ko‘tarildi dunyo bo'yicha 958 o'rin.
Universitet o‘tgan yilgi ko‘rsatkichidan 170+ dan ortiq pog‘onaga ko‘tarilishga erishdi. Bir yil ichida bunday katta o‘sishga erishish reyting agentligi tomonidan ham alohida e’tirof etildi va rekord darajadagi natija sifatida baholandi.
Ushbu natijalar “TIQXMMI” Milliy tadqiqot universitetining xalqaro miqyosda tan olinayotgani, mintaqada esa yetakchilik mavqesini mustahkamlab borayotganini yana bir bor tasdiqlaydi.
“TIQXMMI” Milliy tadqiqot universiteti — O‘zbekistonning faxri, mintaqaning yetakchisi, dunyoning e’tiborida!
27/07/2025
2025/2026-o‘quv yilida “Toshkent irrigatsiya va qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” Milliy tadqiqot universiteti magistraturasiga KUNDUZGI ta’lim shakli bo‘yicha o‘qishga qabul qilish parametrlarining mutaxassisliklar boʻyicha taqsimoti.
➡️ Iqtisodiyot
➡️ Buxgalteriya hisobi
➡️ Biznesni boshqarish (Master of Business Administration - MBA)
➡️ Atrof-muhit muhofazasi
➡️ Gidrologiya
➡️ Gidravlika
➡️ Matematik injiniring
➡️ Sun'iy intellekt
➡️ Biotexnologiya
➡️ Elektr ta'minoti
➡️ Energiya tejamkorligi va energoaudit
➡️ Muqobil energiya manbalari
➡️ Elektrotexnologik jarayonlar va qurilmalar
➡️ Gidroenergetika
➡️ Metrologiya, standartlashtirish va sifatni boshqarish
➡️ Texnologik jarayonlar va ishlab chiqarishni avtomatlashtirish
➡️ Aerokosmik texnologiyalar
➡️ Chiqindilarni boshqarish
➡️ Geodeziya va geoinformatika
➡️ Qurilish muhandisligi
➡️ Gidrotexnika inshootlari
➡️ Qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalashtirish
➡️ Intellektual o'lchash tizimlari va asboblari
➡️ Qishloq xoʻjalik mahsulotlarini saqlash va qayta ishlash texnologiyasi
➡️ Melioratsiya va sugʻorma dehqonchilik
➡️ Qishloq xoʻjalik suv ta'minoti muhandislik tizimlari va inshootlari
➡️ Gidromelioratsiya tizimlaridan foydalanish
➡️ Suvtejamkor sug'orish texnologiyalari
➡️ Suv resurslaridan foydalanish va boshqarish
➡️ Gidromelioratsiya ishlarini mexanizatsiyalashtirish
➡️ Suv diplomativasi
➡️ Gidrotexnika inshootlaridan foydalanish, ularning ishonchliligi va xavfsizligi
➡️ Nasos stansiyalari va qurilmalari
➡️ Yer resurslaridan foydalanish va boshqarish
➡️ Mehnat muhofazasi va texnika xavfsizligi
batafsil: https://tiiame.uz/admission/magistracy/quota
➖➖➖➖➖➖➖➖
Bizni kuzating!
Kvota
27/07/2025
2025/2026 oʻquv yilida “Toshkent irrigatsiya va qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” Milliy tadqiqot universiteti bakalavriatining kunduzgi va masofaviy taʼlim shakllari boʻyicha davlat buyurtmasi asosida oʻqishga qabul qilish parametrlarining taʼlim yoʻnalishlari boʻyicha taqsimlanishi taqdim etilmoqda:
Kunduzgi taʼlim shakli boʻyicha:
➡️Filologiya va tillarni o'qitish: ingliz tili
➡️Iqtisodiyot
➡️Buxgalteriya hisobi
➡️Statistika
➡️Biznesni boshqarish
➡️Yurisprudensiya
➡️Ekologiya va atrof-muhit muhofazasi
➡️Gidrologiya
➡️Mexanika va matematik modellashtirish
➡️Dasturiy injiniring
➡️Sun'iy intellekt
➡️Energetika muhandisligi
➡️Elektr muhandisligi
➡️Gidroenergetika
➡️Metrologiya va standartlashtirish
➡️Texnologik jarayonlar va ishlab chiqarishni avtomatlashtirish
➡️Mexatronika va robototexnika
➡️Aerokosmik texnologiyalar
➡️Materialshunoslik
➡️Texnologik mashinalar va jihozlar: yog'ochga ishlov berish texnologiyasi
➡️Geodeziya va geoinformatika
➡️Kartografiya va masofadan zondlash
➡️Kadastr
➡️Qurilish muhandisligi
➡️Gidrotexnika va geotexnika muhandisligi
➡️Qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalashtirish
➡️Qishloq xoʻjalik mahsulotlarini saqlash va qayta ishlash texnologiyasi
➡️Suv xoʻjaligi va melioratsiya
➡️Gidrotexnika inshootlari va nasos stansiyalaridan foydalanish
➡️Suv ta'minoti muhandislik tizimlari
➡️Yer kadastri va yer tuzish
➡️Turizm va mehmondo'stlik
➡️Mehnat muhofazasi va texnika xavfsizligi
Masofaviy taʼlim shakli boʻyicha:
🟢Iqtisodiyot
🟢Buxgalteriya hisobi
🟢Ekologiya va atrof-muhit muhofazasi
🟢Gidrologiya
🟢Dasturiy injiniring
🟢Sun'iy intellekt
batafsil: https://tiiame.uz/admission/bachelor/quota
➖➖➖➖➖➖➖➖
Bizni kuzating!
Kvota
2025/2026 oʻquv yilida “Toshkent irrigatsiya va qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” Milliy tadqiqot universiteti bakalavriatining Masofaviy taʼlim shakli boʻyicha davlat buyurtmasi asosida oʻqishga qabul qilish parametrlarining taʼlim yoʻnalishlari va oʻqitish t...
27/04/2025
https://youtu.be/mnj2pC2By5U?si=XO8YW_t9PMTfvbb5
To‘qson yoshing muborak, oliy ta’lim maskanim
“TIQXMMI” Milliy tadqiqot universitetimizning tashkil topganiga 90 yil to‘lishi munosabati bilan jamoamizning barcha a’zolari o‘zlarining faoliyati nuqtai na...
09/04/2025
90 yillik yubiley va Xalqaro ilmiy konferensiya – "TIQXMMI" MTU | 2025 yil 9–10 aprel
"TIQXMMI" Milliy tadqiqot universiteti sizni universitetimizning 90 yilligiga bag‘ishlangan Tantana marosimi va“Globallashuv sharoitida ixtisoslashgan oliy taʼlim va ilm-fanning rivoji: muammolar va imkoniyatlar” mavzusidagi xalqaro ilmiy konferensiyani jonli kuzatish uchun havola
💻 https://us05web.zoom.us/j/83352774024?pwd=ayXJPBNOmMb6cwa34SbPBnnIBQV7TC.1
✔️ID: 833 5277 4024
Parol: 123
09/04/2025
Bugun "Toshkent irrigatsiya va qishloq xo'jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti" Milliy tadqiqot universitetining tashkil etilganiga 90 yil munosabati bilan tantanali tadbir tashkil etilmoqda
Tadbir dasturi davomida 90 yillik yubiley va Xalqaro ilmiy konferensiya, “Yashil makon” loyihasi doirasida xorijiy davlatlarning elchilari va martabali mehmonlar ishtirokida ko‘chat ekish marosimi, Xalqaro konferensiya yalpi majlisi, Iqlim maktabi qo‘shma loyihalarga start berish, Kelishuv memorandumlarini imzolash kabi tantanali marosimlar bo'lib o'tishi ko'zda tutilgan.
Kun davomida eng qiziqarli voqealarni biz bilan kuzating!
07/04/2025
90 yillik yubiley va Xalqaro ilmiy konferensiya – "TIQXMMI" Milliy tadqiqot universiteti | 2025 yil 9–10 aprel
📅 Sana: 2025-yil 9–10 aprel
📍 Manzil: TIQXMMI Milliy tadqiqot universiteti, Toshkent shahri, O‘zbekiston
"TIQXMI" Milliy tadqiqot universiteti sizni universitetimizning 90 yilligiga bag‘ishlangan Tantana marosimi va“Globallashuv sharoitida ixtisoslashgan oliy taʼlim va ilm-fanning rivoji: muammolar va imkoniyatlar” mavzusidagi xalqaro ilmiy konferensiyaga taklif etadi.
🚀 Asosiy yo‘nalishlar:
• Xalqaro diplomatlar va universitet rahbariyati ishtirokida ochilish marosimi
• Mashhur olimlar, jumladan, Nobel mukofoti sohiblari va xalqaro ekspertlarning ma’ruzalari
• Hamkorlikdagi ilmiy loyihalarning taqdimoti va anglashuv memorandumlarining imzolanishi
Konferensiyada quyidagi 7 ta mavzu yoritiladi:
Ø Gidrotexnika va gidroenergetika inshootlarining samaradorligi va xavfsizligi
Ø Iqlim o‘zgarishi davrida ekologik muammolar va ularning yechimlari
Ø Qishloq xo‘jaligi va yashil infratuzilmaga oid texnik va texnologik yechimlar
Ø Energiya samaradorligi va qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanish
Ø Yer resurslari, tuproq unumdorligi va kadastr sohasida geofazoviy va matematik yechimlar
Ø Global iqlim o‘zgarishi va suv tanqisligida melioratsiya va suv xo‘jaligi muammolari
Ø Yashil iqtisodiyot asosida qishloq xo‘jaligi va irrigatsiyani rivojlantirish istiqbollari
🎤 Maxsus mehmonlar: Frantsiya, Xitoy, Germaniya, Qozog‘iston, Qirg‘iziston va boshqa davlatlardan
Batafsil: https://tiiame.uz/ads?id=611
02/04/2025
📹 Sun’iy intellekt xavfi: shaxsiy ma’lumotlar himoyasiz qolmoqdami? →
"TIQXMMI" MTU "Raqamli texnologiyalar va sun`iy intellekt” kafedrasi Texnika fanlari doktori, professori Muxamediyeva Dilnoza Tulqinovna O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi qoshidagi "Adolat" milliy huquqiy axborot markazining huquqiy, axborot-tahliliy saytida Sun’iy intellekt bilan bog‘liq eng katta xavf-xatarlar nimalardan iborat? Uni tartibga solish va nazorat qilish uchun qonunchilik asoslari qanday? Sun’iy intellekt O‘zbekiston jamiyatida qanday axloqiy va huquqiy muammolarni keltirib chiqarishi mumkin? “Ayollar ko‘rsin”ning navbatdagi sonida dolzarb mavzuning huquqiy tomonlari muhokama qilindi...
Sun’iy intellekt xavfi: shaxsiy ma’lumotlar himoyasiz qolmoqdami?
Sun’iy intellekt bilan bog‘liq eng katta xavf-xatarlar nimalardan iborat? Uni tartibga solish va nazorat qilish uchun qonunchilik asoslari qanday? Sun’iy int...