02/07/2019
Bu yil prezidentimiz tashabbusi bilan Oʻzbekistonda ochilayotgan Prezident maktablariga qiziqish oʻquvchilar va ularning ota-onalari oʻrtasida juda yuqori. Shu sababli, bu maktablarga kirish imtihonlarini adolatli va shaffo oʻtishini taʻminlash maqsadida Angliyaning shu turdagi kirish imtihonlari oʻtkazishga ixtisoslashgan Cambridge Assessment tashkiloti jalb qilingan.
Eʻlon qilingan maʻlumotlarga koʻra, kirish imtihonlari birinchi saralash turida matematika fanidan imtihonlar boʻlishi, ikkinchi turida esa matematik mantiq, tanqidiy fikrlashga asoslangan testlar va ingliz tili fanlaridan imtihonlar boʻlishi nazarda tutilgan.
Mana, bugungi kungacha biz birinchi tur imtihonlari qanday oʻtkazilganiga guvoh boʻldik. Aytish kerakki, imtihon jarayoni turli shubha va gumon, ishonchsizliklarga umuman oʻrin qoldirmadi, tartibli, shaffof va adolatli tarzda yoʻlga qoʻyilgan.
Endi ikkinchi tur haqida. Oʻylashimcha, birinchi turni muvaffaqqiyatli topshirgan oʻquvchi uchun ingliz tiliga tayyorlanib boshlashga hozir kechroq, chunki ikkinchu tur imtihonlarigacha qolgan oz vaqt ichida (20-24 iyul) bu fandan bilimi boʻlmagan oʻquvchi tayyorlanishga ulgurmaydi, faqat avvaldan tayyorgarlikka ega oʻquvchilar bilimini yanada mustahkamlashga harakat qilishi mumkin. LEKIN ikkinchi tur imtihonlarida tushishi belgilangan MANTIQIY MATEMATIKA va TANQIDIY FIKRLASH boʻyicha savollar bizning taʻlim tizimimiz uchun nisbatan yangi, ayniqsa TANQIDIY FIKRLASH yoʻnalishi boʻyicha oʻzbek tilida toʻlaqonli material topish juda qiyin.
Shu boradagi boʻshliqni toʻldirish maqsadida yopiq telegram kanal ochgan holda, mantiqiy matematika va tanqidiy fikrlash boʻyicha nazariy materiallar, oʻzini sinab koʻrish uchun savollar, ularning izohli yechimlarini ushbu kanalga tashlab bormoqdamiz. Farzandini prezident maktabiga tayyorlayotgan ota-onalar, ustozlar va oʻquvchilar uchun ushbu kanaldagi maʻlumotlar yordamchi boʻladi deb oʻylaymiz.
Kanal Prezident maktablari imtihonlari yakuniga yetguncha faoliyat yuritadi. Kanalga qoʻshilish pullik, 20 000 soʻm.
Qoʻshimcha maʻlumotlarni telegramdagi kanalidan olishingiz mumkin.