Finlit.uz - moliyaviy savodxonlik

Finlit.uz - moliyaviy savodxonlik Contact information, map and directions, contact form, opening hours, services, ratings, photos, videos and announcements from Finlit.uz - moliyaviy savodxonlik, Education, Центральный банк Республики Узбекистан, Tashkent.

🏦 Department of financial education and capacity building Central bank of the Republic of Uzbekistan
🏦 Департамент по повышению финансовой грамотности Центрального банка Ҳозирги кунда Ўзбекистон Республикасида молиявий саводхонлик даражасини оширишга қаратиладиган эътибор ошиб бормоқда. Бу ўз навбатида, иқтисодий тарраққиётининг энг муҳим омили ҳисобланган фуқароларнинг ҳаёт сифати ва фаровонлигини оширишга хизмат қилади.

“Finlit.uz” ахборот-таълим ресурси - бу молия ва иқтисодиёт соҳасидаги асосий билимларни ўқитиш учун мўлжалланган веб-сайт. Ресурснинг асосисй мақсади молиявий саводхонликни ошириш ва фуқароларнинг молиявий хулқ-атворларини шакллантиришдир.

Ҳар бир фойдаланувчи ўзини қизиқтирган мавзу бўйича тегишли маълумотларни топиши мумкин. Маълумотлар турли шаклларда тақдим этилади: мақолалар, видеолар, экспертлар фикри, тез-тез бериладиган саволларга жавоблар ва инфографика. Бундан ташқари, ушбу ресурс депозит ва кредит калкуляторлари, сўровномалар ва анкеталар каби интерактив хизматларни ҳам тақдим этади.

Веб-сайт материаллари иқтисодиёт ҳақида ҳар хил билим даражасига ва турли молиявий имкониятларга эга бўлган мақсадли гуруҳларга мўлжалланган. Бунда, содда тилда иқтисодий тушунчалар, механизмлар, молиявий маҳсулотлар ва хизматлар тушунтирилади, мисоллар келтирилади ва молиявий қарорларни қабул қилишда муҳим жиҳатлар қайд этилади.

Материалларда келтирилган маълумотлар аҳолига тавсия қилинган бўлиб, улар шахснинг молиявий саводхонлигига оид билимларни эгаллашга ва хулқ-атворини шакллантиришга қаратилган. Мақолаларда келтирилган ҳисоб-китоблар мақолаларни нашр этилган вақти учун тўғри келади.

Лойиҳа Ўзбекистон Республикаси Марказий банкининг молиявий саводхонликни ошириш ва банк мутахассисларини қайта тайёрлаш департаменти томонидан амалга оширилмоқда.

01/12/2025
21/11/2025

Qani, tasavvur qilaylikchi…
Agar moliyaviy savodxonlik darslari LEGO olamida o‘tsa-chi? 🤔

Unda bizning kichik moliyachilarimiz aynan shunday quvnoq qahramonlarga aylanardi! 💰✨

Farzandingiz pul bilan to‘g‘ri muomala qilishni, bankomat nima ekanini va qanday ishlashini bilishini, shuningdek, moliyaviy ko‘nikmalarni interaktiv o‘yinlar orqali o‘rganishini xohlaysizmi?

👇🏻 Unda darsimizga qo‘shiling:

🕒 22-noyabr, 15:00
📍 ACDF qoshidagi Bolalar akademiyasi (https://yandex.uz/maps/-/CHbdMR0R)

Kichik tadqiqotchilarni kutib qolamiz!

07/11/2025

Tabriklaymiz, siz yutdingiz!
15 daqiqada kam foiz kredit oling!

Shu kabi xabarlar ko‘paydimi? Bu ko‘pincha tuzoq.

Onlayn firibgarlik kuchaymoqda.

O‘zingizni va yaqinlaringizni himoya qiling: shaxsiy parollaringizni hech kimga bermang, SMS-kodni aytmang, shubhali havolalarni bosmang. Videoni ko‘ring va do’stlaringiz bilan ulashing!



28/10/2025

Finlit Network rezidenti — Mohinur Qulmurodova

Fintalks ikkinchi soni mavzusi:
“Yashil iqtisodiyot: Barqaror kelajak sari investitsiya”

U ekologik barqarorlik va moliyaviy investitsiyaning kelajak avlod uchun naqadar muhimligini ilhom bilan yoritib berdi 🌍💚

💬 “Bugun qilgan tanlovimiz — ertangi avlodning nafasidir.”

Axborot hamkorlar: .uz .kun.uz (https://t.me/kunuzru)

Ro’yxatdan o’tish uchun:

https://youtu.be/SQc8y4tjxgo🤔 Bilarmidingiz?🏫 Maktablarimizda moliyaviy savodxonlik to‘garaklari allaqachon yo‘lga qo‘yi...
27/10/2025

https://youtu.be/SQc8y4tjxgo

🤔 Bilarmidingiz?

🏫 Maktablarimizda moliyaviy savodxonlik to‘garaklari allaqachon yo‘lga qo‘yilgan!

Bolalar pulni sanashni emas — uni rejalashtirishni, jamg‘arishni va to‘g‘ri sarflashni o‘rganishyapti.

🎥 Endi esa siz bilan bu jarayonni yaqindan kuzatamiz. Darslardan lavhalar, onlayn muhokamalar va eng qiziqarli mavzularni shu yerda ulashamiz.

💡 Finlit.uz bilan moliyaviy bilim — chegarasiz imkoniyatlar manbai!

Bolalar moliyaviy dunyoni kashf etmoqda — tejash, rejalashtirish va to‘g‘ri sarflashni o‘rganmoqda. Bu bilimlar ularni ertangi mustaqil hayotga tayyorlaydi.M...

25/09/2025

💬 Ko‘pchilik “kredit”ni faqat qarz va tashvish deb biladi. Aslida esa, bu moliyaviy vosita orzularni tezroq amalga oshirishga ham yordam beradi

🚗 Avtomobil haydash orzusi,
🏡 Yangi uyda yashash istagi,
✈️ Safarga chiqish rejalari bularning bari kredit yordamida ro‘yobga chiqishi mumkin

❓ Siz uchun kredit imkoniyatmi yoki xavfmi?
Izohlarda fikringizni yozib qoldiring 👇

05/09/2025

Orzuyingizdagi biznesni boshlash vaqti keldi! Qanday boshlashni bilmayapsizmi? Biz sizga bosqichma-bosqich yo‘lni ko‘rsatamiz ⚡️

Shunchaki videoni ko'ring — balki bu sizning birinchi qadamingiz bo‘lar! 💼✨

12/08/2025

Bank kartasi yo’qolganda nima qilish kerakligini bilasizmi ?

Address

Центральный банк Республики Узбекистан
Tashkent

Telephone

+998712127359

Alerts

Be the first to know and let us send you an email when Finlit.uz - moliyaviy savodxonlik posts news and promotions. Your email address will not be used for any other purpose, and you can unsubscribe at any time.

Contact The School

Send a message to Finlit.uz - moliyaviy savodxonlik:

Shortcuts

Share

Category