ntma.uz
Contact information, map and directions, contact form, opening hours, services, ratings, photos, videos and announcements from ntma.uz, School, Tashkent.
17/02/2026
📣 XABARLAR
🇺🇿 O'zbekiston Nodavlat ta'lim muassasalari Assotsiatsiyasining rasmiy a'zosi "TOPEX SCHOOL" xususiy maktabi o'quvchisi Hamrozbek Tohirov “Yosh tadqiqotchi” nomli ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi.
🪐 Hamrozbek Tohirov MDH davlatlari o‘rtasida har yili o‘tkaziladigan mavsumiy tanlovda 800 000 dan ortiq ishtirokchilar orasidan IT sohasidagi faoliyati, amalga oshirgan loyihalari, ko‘rsatgan amaliy yordamlari hamda chop etilgan ilmiy maqolalari asosida ushbu mukofotga loyiq deb topildi.
12/02/2026
📣 XABARLAR
🇺🇿 O'zbekiston Nodavlat ta'lim muassasalari Assotsiatsiyasining rasmiy a'zosi "SMART START" xususiy maktabi o'quvchilari "WMI – World Mathematics Invitational 2026
Preliminary Round" xalqaro olimpiadasida yuqori natijalarni erishdilar.
🏆 Respublika bosqichida 1-o'rin, Yaponiya davlatida bo'lib o'tadigan final bosqichiga yo'llanma qo'lga kiritildi.
🥇🥈🥉 Bundan tashqari o'quvchilar oltin, kumush va bronza medallariga ham egalik qildilar.
06/02/2026
📣 XABARLAR
🇺🇿 Biznes-ombudsman tomonidan Buxoro viloyati G‘ijduvon tumanida faoliyat olib borayotgan nodavlat ta’lim muassasasiga nisbatan belgilangan 75 million so'm asossiz jarima bekor qilindi.
Manba: https://t.me/biznes_ombudsman
04/02/2026
📣 XABARLAR
🏛 O'zbekiston Nodavlat ta'lim muassasalari Assotsiatsiyasining rasmiy a'zosi "FITRAT" ta’lim markazida Matematika fanidan ichki olimpiada g'oliblarini taqdirlash marosimi bo'lib o'tdi.
🇺🇿 Tadbirda O'zbekiston Nodavlat ta'lim muassasalari Assotsiatsiyasi Raisi Dr. Nuriymon Abulhasan ishtirok etdi.
🚗 Birinchi o'ringa avtomobil
🛵 Ikkinchi o'ringa skuter
🚲 Uchinchi o'ringa velosiped
04/02/2026
📣 XABARLAR
🇺🇿 Sirdarvo viloyati Guliston shahrida faoliyat yuritayotgan Assotsiatsiyaning rasmiy a'zosi "SMART START" maktabi bilan
Guliston Davlat universiteti talabasi Egamberdiyev Xayrullo Komiljonovich o'rtasida tuzilgan shartnomaga asosan Turkiya davlatining Karabuk universitetida "Kimyo" yo'nalishi bo'yicha ilmiy tadqiqot ishlarini boshlaganligi ma'lum qilindi.
🇺🇿🇹🇷 Avbalroq O‘zbekiston Nodavlat ta’lim muassasalari Assotsiatsiyasining Turkiya davlatidagi rasmiy vakolatxonasi tashabbusi bilan Egamberdiyev Xayrullo Komiljonovich amaliy xizmat safari bian Turkiya davlatining Karabuk universitetiga yetib borganligi haqida xabar bergan edik.
03/02/2026
📣 XABARLAR
🇺🇿 Toshkent shahrida faoliyat yuritayotgan "FITRAT STUDY" NTMga O'zbekiston Nodavlat ta’lim muassasalari Assotsiatsiyasi tomonidan Assotsiatsiyaga a'zolik to'g'risidagi sertifikat topshirildi.
31/01/2026
📣 XABARLAR
🏛 "Mardlar qo'riqlaydi Vatanni" shiori ostida tadbir bo'lib o'tdi.
🇺🇿 O'zbekiston Nodavlat ta'lim muassasalari Assotsiatsiyasining rasmiy a'zosi "TOPEX SCHOOL" ta'lim muassasasida 14-yanvar "Vatan himoyachilari kuni"ga bag'ishlangan tadbirda Assotsiatsiya Raisi Dr. Nuriymon Abulhasan ishtirok etdi.
30/01/2026
📣 XABARLAR
🏛 Navbatdagi ma'naviyat va ma'rifat uchrashuvi tashkil etildi.
🇺🇿 O'zbekiston Nodavlat ta'lim muassasalari Assotsiatsiyasi Raisi Dr. Nuriymon Abulhasan ishtirokida Respublika tez tibbiy yordam markazi va Toshkent shahar filiali xodtimlari uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir tashkillashtirildi.
Manba: https://t.me/Press_Official_103_uz
📣 XABARLAR
🇺🇿 Joriy yilning 26-yanvar kuni Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligida bo'lib o'tgan Jamoatchilik kengashining yigʻilishidan videolavhalar.
26/01/2026
📣 XABARLAR
🇺🇿 Rasman O'zbekiston Nodavlat ta'lim muassasalari Assotsiatsiyasi Raisi Dr. Nuriymon Abulhasan Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi Jamoatchilik kengashi a'zoligiga qabul qilindi.
Ayni daqiqalarda Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi Jamoatchilik kengashining yigʻilishi boʻlib oʻtmoqda. Yigʻilishda Jamoatchilik kengashining yangi tahrirdagi Nizomi bilan tanishish, 2026–2028-yillarga moʻljallangan ish rejasi muhokamasi va Jamoatchilik kengashi aʼzolarining vazifalarini belgilash masalalari ko'rib chiqilishi rejalashtirilgan.
18/01/2026
📣 XABARLAR
🇺🇿🇹🇷 O‘zbekiston Nodavlat ta’lim muassasalari Assotsiatsiyasining Turkiya davlatidagi rasmiy vakolatxonasi tashabbusi bilan Egamberdiyev Xayrullo Komiljonovich amaliy xizmat safari bian Turkiya davlatining Karabuk universitetiga yetib bordi.
🇺🇿 Guliston Davlat universiteti talabasi Egamberdiyev Xayrullo Komiljonovich Sirdarvo viloyati Guliston shahrida faoliyat yuritayotgan Assotsiatsiyaning rasmiy a'zosi "SMART START" maktabi o'rtasida tuzilgan shartnoma asosida Turkiya davlatining Karabuk universitetida "Kimyo" yo'nalishi bo'yicha ilmiy tadqiqot ishlarini olib boradi.
Click here to claim your Sponsored Listing.
Location
Category
Website
Address
Tashkent