25/09/2026
Mamlakatni 100 yildan ziyodroq boshqargan sulola xilxonasi
❗️O‘rta asrlar meʼmorchiligi moʻjizalaridan biri bo‘lmish mazkur maqbara qadim zamonlarda mamlakatni yuz yildan ziyodroq boshqarib kelgan Somoniylar sulolasining yirik xilxonasi bo‘lgan.
📍Ushbu manzil Novqand, keyinchalik Chahor gumbazon (To‘rt gumbaz) ko‘chasi deb atalgan.
🔸Binoning hajm-makon kompozitsiyasi burchaklarda to‘rtta kichik gumbazchalari bo‘lgan katta gumbazning yarim sferasi bilan qoplangan, yuqoriga qarab yengil torayib boruvchi kub ko‘rinishini ifoda etgan. Tuzilishi jihatidan kvadratsimon bo‘lgan maqbara (10,8×10,8 metr, guldastasi bilan birga umumiy balandligi 15,0 metr, devorlari qalinligi 1,8 metr) dunyoning to‘rt tarafiga qaragan.
🔸Maqbara pishiq g‘ishtdan ishlangan murakkab va rang-barang bo‘rtma naqshlar bilan ziynatlangan. Burchagida katta sag‘ana – Podshoh Ismoil Somoniy yoki Hazrati Sulton qabri mavjud.
✍️Afsonalarga ko‘ra...
Ismoil Somoniy mamlakatni hatto vafotidan keyin ham boshqargan deyiladi. Mozor boshiga keluvchilar maqbaraning janub tarafidan tuynukcha orqali uning nomiga bitilgan o‘tinchnomalar va iltimosnomalarini tashlab ketishar, ertasi kuni javobini olishga kelishar, javoban yozilgan qarornoma esa go‘yoki maqbaraning shimol tarafida paydo bo‘lib qolar ekan.