O'zr FA S. Yunusov nomidagi O‘simlik moddalari kimyosi instituti

O'zr FA S. Yunusov nomidagi O‘simlik moddalari kimyosi instituti

Share

O'zR FA akad. S. Yunusov nomidagi O'simlik moddalari kimyosi institutining facebookdagi rasmiy sahifasi.

Photos from O'zr FA S. Yunusov nomidagi O‘simlik moddalari kimyosi instituti 's post 15/05/2026

Institutimizda navbatdagi PhD talabalarning seminari o‘tkazildi.

Institutimizda navbatdagi ilmiy seminar bo‘lib o‘tdi.
Seminarda tadqiqotchi Olimova Halima Nodir qizi [1] o‘zining “Boraginaceae oilasiga mansub Heliotropium lasiocarpum va Rindera cyclodonta o‘simliklarining alkaloidlari” mavzusidagi ma’ruzasi bilan chiqish qildi.
Tadqiqot:
Ma’ruzachi O‘rta Osiyo florasiga mansub tarkibida alkaloidlar saqlovchi ushbu o‘simliklar alkaloidlarni ajratib olish va ularning kimyoviy tuzilishini aniqlash borasida olib borilayotgan ishlar haqida batafsil ma’lumot berdi. Tadqiqot jarayonida moddalarning tuzilishi va xossalarini tahlil qilishda eng zamonaviy usullardan unumli foydalanilgan holda aniqlangan:

Seminar yakunida ishtirokchilar mavzu yuzasidan o‘zlarini qiziqtirgan savollariga javob oldilar va olib borilayotgan izlanishlarning istiqbollari muhokama qilindi.

Mazkur ilmiy tadqiqot ishlari PhD dissertatsiyasi doirasida bajarilmoqda, hozirgi k***a tadqiqotlar davom ettirilmoqda.

[1] https://aps.uzicps.uz/teacher/101

Telegram: https://t.me/uzicpsuz/893 👈

YouTube: https://www.youtube.com/ 👈

Photos from O'zr FA S. Yunusov nomidagi O‘simlik moddalari kimyosi instituti 's post 14/05/2026

Institutimizda O‘zbekiston–Xitoy ilmiy hamkorligi doirasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
2026-yil 13-may kuni O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi S.Y. Yunusov nomidagi O‘simlik moddalari kimyosi institutida Xitoyning Shandong Academy of Agricultural Sciences tarkibidagi Institute of Food & Nutrition Science and Technology delegatsiyasi bilan ilmiy uchrashuv tashkil etildi. Delegatsiyaga professor LIU CHAO boshchilik qildi [1].
Mazkur tashrif O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasida oziq-ovqat texnologiyalari, biofaol tabiiy birikmalar kimyosi hamda funksional oziq-ovqat mahsulotlarini yaratish yo‘nalishlaridagi ilmiy hamkorlikni yanada rivojlantirishga qaratilgani bilan ahamiyatlidir.
Uchrashuv davomida tomonlar “Anorning biofaol moddalari asosida yuqori sifatli sog‘lom oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqishning asosiy texnologiyalari bo‘yicha tadqiqotlar” mavzusidagi qo‘shma amaliy loyiha yuzasidan batafsil fikr almashdilar. Loyihada anor tarkibidagi biologik faol komponentlarni chuqur o‘rganish, ular asosida inson salomatligi uchun foydali funksional oziq-ovqat mahsulotlarini yaratish hamda zamonaviy qayta ishlash texnologiyalarini ishlab chiqarishga joriy etish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Shuningdek, uchrashuv doirasida xitoylik olimlar tomonidan oziq-ovqat texnologiyalarining zamonaviy yo‘nalishlari, biofaol moddalarni ajratib olish va funksional mahsulotlar yaratish bo‘yicha ilmiy ma’ruzalar taqdim etildi. O‘MKI professori Mamadaliyeva N.Z. tomonidan institutning ilmiy salohiyati, amalga oshirilayotgan loyihalar, tabiiy birikmalar kimyosi hamda farmatsevtika va oziq-ovqat sanoati uchun olib borilayotgan tadqiqotlar haqida batafsil taqdimotlar o‘tkazildi.
Muloqotlar davomida quyidagi yo‘nalishlarda hamkorlikni kengaytirish bo‘yicha kelishuvlarga erishildi:
qo‘shma ilmiy tadqiqotlar olib borish;
xalqaro grant va innovatsion loyihalarda hamkorlikda ishtirok etish;
yosh olimlar hamda tadqiqotchilar uchun stajirovka va tajriba almashish dasturlarini tashkil etish;
yuqori reytingli xalqaro ilmiy jurnallarda hamkorlikdagi maqolalarni chop etish;
mahalliy xomashyoni chuqur qayta ishlash asosida eksportbop innovatsion mahsulotlar yaratish.
Tashrif dasturi doirasida delegatsiyaning anor yetishtiruvchi fermer xo‘jaliklariga tashrifi ham rejalashtirilgan bo‘lib, bunda xomashyo bazasi, anor navlari va ularni sanoat miqyosida qayta ishlash imkoniyatlari bilan yaqindan tanishish ko‘zda tutilgan.?
Mazkur hamkorlik ikki davlat ilmiy muassasalari o‘rtasidagi aloqalarni mustahkamlash, innovatsion texnologiyalar transferini jadallashtirish hamda sog‘lom oziq-ovqat mahsulotlarining kimyoviy tarkibini tadqiq qilish bo‘yicha yangi ilmiy yo‘nalishlarni rivojlantirishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Youtube: https://www.youtube.com/watch?v=C4gBgeJKGYE

T.me: https://t.me/uzicpsuz/882

Photos from O'zr FA S. Yunusov nomidagi O‘simlik moddalari kimyosi instituti 's post 01/05/2026

Safarova Sadoqat Abduxalil qizi [1] tomonidan “Lappakonitin alkaloidining modifikatsiyasi va xossalari” mavzusida ilmiy seminar o‘tkazildi. Seminarda institut yosh olimlari va tadqiqotchilar ishtirok etdi.

Seminar davomida ma’ruzachi lappakonitin alkaloidining kimyoviy modifikatsiyasi, uning hosilalarini sintez qilish yo‘llari hamda fizik-kimyoviy va biologik xossalari bo‘yicha olingan natijalarni taqdim etdi. Xususan, kislotali va ishqoriy gidroliz jarayonlari orqali yangi hosilalar olish, izosianatlar bilan nukleofil birikish reaksiyalari, atsillanish va alkillanish reaksiyalari asosida bir qator yangi birikmalar sintez qilingani ilmiy jihatdan asoslab berildi. Olingan moddalar zamonaviy spektroskopik usullar (YaMR, IQ, mass-spektrometriya) yordamida tahlil qilinib, ularning tuzilishi va xossalari aniqlangan.

Mazkur ilmiy tadqiqot ishlari PhD dissertatsiyasi doirasida bajarilmoqda bo‘lib, tadqiqotlar izchil davom ettirilmoqda.

[1] https://aps.uzicps.uz/teacher/129

Telegram version: https://t.me/uzicpsuz/867

Photos from O'zr FA S. Yunusov nomidagi O‘simlik moddalari kimyosi instituti 's post 01/05/2026

2026 yil 29 aprel kuni Oʻsimlik moddalari kimyosi institutiga Fransiyaning Tur shahri (Tours)dan tashrif buyurgan taniqli olima professor Nathalie Guivarc'h [1] keldi.

U University of Tours (https://international.univ-tours.fr/) Fan va texnika fakulteti professori hamda Oʻsimlik biomolekulalari va biotexnologiya laboratoriyasi (BBV – EA2106) direktori hisoblanadi. ProfessorNathalie Guivarc'h Paris-Sud University (Paris-Orsay)da oʻsimliklar fiziologiyasi boʻyicha doktorlik darajasini olgan. 1996 yildan buyon Tur universitetida faoliyat yuritib, oʻsimliklarning ixtisoslashgan metabolizmi va uning farmakologiya, kosmetologiya hamda oʻsimliklarni himoya qilish sohalaridagi qoʻllanilishi boʻyicha ilmiy tadqiqotlar olib bormoqda.
Batafsil 👉 https://uzicps.uz/yangiliklar?subslug=fransuz-olimlarining-institutimizga-tashrifi 👈

[1] https://www.univ-tours.fr/annuaire/nathalie-guivarch
🇬🇧 Eng: 👉 For more details, please visit our official website
[2] https://uzicps.uz/en/news/visit-of-french-scientists-to-the-institute 👈

Photos from O'zr FA S. Yunusov nomidagi O‘simlik moddalari kimyosi instituti 's post 25/04/2026

Yuqori samarali suyuqlik xromatografiyasi-YSSX- (HPLC) zamonaviy analitik kimyoning asosiy vositasi.

( Please read in English below)

Institutimizda yosh olimlarning [1] zamonaviy analitik uskunalar bilan ishlash ko‘nikmalarini rivojlantirish hamda ularning ilmiy salohiyatini oshirish maqsadida yuqori samarali suyuqlik xromatografiyasi (High Performance Liquid Chromatography, HPLC) usuliga bag‘ishlangan ilmiy-amaliy seminar tashkil etildi.
Mazkur seminar zamonaviy analitik kimyoning eng muhim instrumental metodlaridan biri bo‘lgan YSSX texnologiyasining nazariy asoslari, ajratish mexanizmlari hamda yuqori sezgirlik va selektivlikka ega tahliliy imkoniyatlarini chuqur yoritishga qaratildi. Seminarda institutning yosh olimlari, stajyor-tadqiqotchilar va doktorantlar faol ishtirok etdilar.
Tadbir davomida institut katta ilmiy xodimi, kimyo fanlari nomzodi Rasul Ya. Okmanov [2] tomonidan YSSX usulining asosiy prinsiplari statsionar va mobil fazalar o‘rtasidagi taqsimlanish, adsorbsiya va ion almashinish mexanizmlari, shuningdek, deteksiya tizimlari (UV-Vis, fluoresans va mass-spektrometriya bilan bog‘langan tizimlar) keng qamrovda tushuntirib berildi.
Alohida e’tibor YSSX metodining ilmiy va amaliy ahamiyatiga qaratildi. Xususan, ushbu usul murakkab tabiiy aralashmalardan biologik faol birikmalarni ajratib olish, ularning strukturaviy identifikatsiyasi va miqdoriy tahlilini amalga oshirishda yuqori aniqlik va takrorlanuvchanlikni ta’minlashi ta’kidlandi. YSSX bugungi k***a farmatsevtika, biotexnologiya, oziq-ovqat xavfsizligi, ekologik monitoring hamda tabiiy mahsulotlar kimyosi sohalarida fundamental va amaliy tadqiqotlarning ajralmas qismi hisoblanadi.
Seminar davomida uskunaning ishlash prinsipi, kolonka tanlash mezonlari, mobil faza optimizatsiyasi va gradient elyutsiya rejimlari kabi amaliy jihatlar ham muhokama qilindi. Ishtirokchilar tomonidan berilgan savollarga batafsil ilmiy asoslangan javoblar berilib, interaktiv muhitda samarali bilim almashinuvi ta’minlandi.

Mazkur seminar yosh tadqiqotchilarning zamonaviy analitik yondashuvlarni egallashida muhim qadam bo‘lib, ularning kelgusidagi ilmiy izlanishlarida yuqori aniqlikdagi instrumental metodlardan samarali foydalanish kompetensiyasini mustahkamlashga xizmat qiladi.
[1] https://uzicps.uz/uz/yangiliklar/yuqori-samarali-suyuqlik-xromatografiyasi-hplc-zamonaviy-analitik-kimyoning-asosiy-vositasi 👈
[2] https://aps.uzicps.uz/teacher/99 👈
🇬🇧 Eng: 👉 For more details, please visit our official website https://uzicps.uz/en/news/highperformance-liquid-chromatography-hplc-as-a-key-tool-in-modern-analytical-chemistry 👈

Telegram Version: 👉 https://t.me/uzicpsuz/853

Photos from O'zr FA S. Yunusov nomidagi O‘simlik moddalari kimyosi instituti 's post 10/04/2026

Yosh olimlar va rahbariyat uchrashuvi o‘tkazildi

( Please read in English below)

Bugun O‘simlik moddalari kimyosi institutida yosh olimlar hamda institut direktori, akademik Sagdullayev Shomansur Shoxsaidovich ishtirokida ochiq muloqot shaklida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvning asosiy maqsadi yosh olimlarning ilmiy faoliyatini qo‘llab-quvvatlash, ularning tashabbuslarini rag‘batlantirish hamda dolzarb muammolarni birgalikda muhokama qilishdan iborat bo‘ldi.

Muloqot davomida:

yosh tadqiqotchilarning ilmiy salohiyatini rivojlantirish,
zamonaviy laboratoriya va ilmiy infratuzilmalardan samarali foydalanish,
ilmiy loyihalarni qo‘llab-quvvatlash mexanizmlarini takomillashtirish masalalari muhokama qilindi.
Rahbariyat tomonidan bildirilgan takliflar asosida mavjud muammolarni bartaraf etish yuzasidan aniq chora-tadbirlar amalga oshirilishi ta’kidlandi.

Uchrashuv ochiq va konstruktiv ruhda o‘tib, yosh olimlarning fikr-mulohazalari tinglandi hamda ularning tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash muhimligi qayd etildi.

Mazkur uchrashuv yosh olimlar faoliyatini yanada rivojlantirish, ularning ilmiy izlanishlarini rag‘batlantirish va institut taraqqiyotiga munosib hissa qo‘shishiga xizmat qiladi.

Rus: 👉 https://uzicps.uz/ru/novosti/sostoyalas-vstrecha-molodih-uchenih-s-rukovodstvom-instituta 👈

Eng: 👉 https://uzicps.uz/en/news/meeting-of-young-scientists-with-the-institutes-leadership-held 👈

Photos from O'zr FA S. Yunusov nomidagi O‘simlik moddalari kimyosi instituti 's post 08/04/2026

Institutimiz ilmiy xodimlari VIII Toshkent xalqaro marafonida munosib ishtirok etishdi.

TOSHKENT, 2026-yil 5-aprel – Poytaxtimizda o‘tkazilgan nufuzli VIII an’anaviy xalqaro marafonda Institutimiz jamoasi muvaffaqiyatli ishtirok etdi. Dunyoning 50 dan ortiq davlatidan 23 mingdan ziyod ishtirokchi qatnashgan ushbu yirik sport tadbirida institutimiz olimlari ham jismoniy tayyorgarlik, ham mustahkam irodalarini namoyish etishdi.
Marafon xalqaro yengil atletika boshqaruv organi - World Athletics tomonidan beriladigan “World Athletics Label” maqomiga ega bo‘lib, unda qayd etilgan natijalar rasman tan olinadi. Quvonarlisi, institutimizning quyidagi xodimlari o‘z yo‘nalishlarida yuqori natijalarni qayd etishdi:
• B.B. Abduazimov (t.f.f.d., katta ilmiy xodim) – Eng murakkab va masofasi 42,2 km bo‘lgan klassik marafon yo‘nalishini 04:23:57 natija bilan yakunlab, haqiqiy matonat namunasini ko‘rsatdi.
• Saidazim Ikromov (b.f.f.d., katta ilmiy xodim) – 10 km masofali ommaviy yugurish yo‘nalishida 00:38:51 natija qayd etib, yuqori sport mahoratini namoyon qildi.
• Asadali Baymirzayev (kichik ilmiy xodim) – 10 km masofada 01:07:13 natija bilan faol ishtirok etib, marraga muvaffaqiyatli yetib keldi.
Tadbirning o‘ziga xos jihati shundaki, g‘oliblarga topshirilgan medallarda 2028-yilda uchirilishi rejalashtirilayotgan milliy sun’iy yo‘ldosh va zamonaviy texnologiyalar aks ettirilgan. Bu esa mamlakatimizning innovatsion intilishlari va ilm-fan salohiyati sport bilan hamohang ekanligidan dalolat beradi.Ushbu xalqaro marafon aholi o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini shakllantirish va ommaviy sportni rivojlantirishda muhim ahamiyatga ega. Institut jamoasi va kasaba uyushmasi nomidan hamkasblarimizni ushbu yutuqlari bilan muborakbod etamiz!

👉 https://t.me/uzicpsuz/831

Shavkat Ayupov |TA'LIMDAGI MUAMMOLARIMIZ 06/04/2026

O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi [1] prezidenti, O‘zbekiston Qahramoni Shavkat Ayupov [2, 3] bilan o‘zbek ilm-fanining ming yillik ildizlari, akademiyaning shakllanish jarayoni va bugungi rivojlanish bosqichlari haqida so‘z bordi. Suhbat davomida Birinchi va Ikkinchi Sharq Renessansi davrlaridagi ilmiy muhit, ajdodlarimizning jahon ilm-faniga qo‘shgan hissasi ham alohida ta’kidlanadi.

Shuningdek, 2000-yillarda ilm-fan sohasida yuzaga kelgan qiyinchiliklar, ayrim institutlarning yopilishi va ilmiy muhitdagi inqiroz haqida ochiq fikrlar bildiriladi. 2016-yildan keyin boshlangan islohotlar, Fanlar akademiyasining qayta tiklanishi va bugungi k***a ilmga berilayotgan e’tibor haqida muhim ma’lumotlar beriladi.

Suhbatda yana bir dolzarb masala -soxta ilm, plagiat va ilmiy darajalarni suiiste’mol qilish holatlari ham tanqidiy tahlil qilinadi. Shu bilan birga, yoshlarning ilmga bo‘lgan qiziqishi, ularni qo‘llab-quvvatlash, ta’lim tizimidagi o‘zgarishlar va kelajak ilm-fanining ustuvor yo‘nalishlari haqida fikrlar bildiriladi. 👉Youtubeda tomosha qiling! [4]

Bu ko‘rsatuv ilm yo‘lini tanlamoqchi bo‘lgan yoshlar, tadqiqotchilar va ilm-fanga befarq bo‘lmagan har bir tomoshabin uchun foydali bo‘ladi. ©️ JADIDUZ [5]

[1] https://www.academy.uz/
[2] https://www.facebook.com/profile.php?id=61581983399065
[3] https://www.academy.uz/uz/page/rahbariyat
[4] YouTube 👉 https://www.youtube.com/watch?v=eXUhN-l6M80 👈
[5] https://jadid.uz/

Shavkat Ayupov |TA'LIMDAGI MUAMMOLARIMIZ u galgi ko‘rsatuvda O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi prezidenti, O‘zbekiston Qahramoni Shavkat Ayupov bilan o‘zbek ilm-fanining ming yillik ildizl...

Photos from O'zr FA S. Yunusov nomidagi O‘simlik moddalari kimyosi instituti 's post 24/03/2026

IXTIRO TALABNOMASIDA ANALOG VA ENG YAQIN ANALOG TUSHUNCHASIGA BAG‘ISHLANGAN MA’RUZA BO‘LIB O‘TDI

Institutimizda O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Intellektual mulk markazi mutaxassislari ishtirokida “Ixtiro talabnomasida analog va eng yaqin analog tushunchasi” mavzusida ilmiy-amaliy ma’ruza tashkil etildi.

Tadbir davomida ixtiro talabnomalarini rasmiylashtirishda muhim hisoblangan “texnika darajasi” bo‘limini shakllantirish, analoglarni aniqlash va ular orasidan eng yaqin analog (prototip)ni tanlashning ilmiy-uslubiy yondashuvlari batafsil yoritildi. Xususan, analog sifatida ustuvorlik sanasigacha ochiq manbalarda e’lon qilingan va taklif etilayotgan texnik yechim bilan umumiy muhim belgilar majmuiga ega bo‘lgan vositalarni tanlash mezonlari tushuntirildi.

Ma’ruzada analoglarni tavsiflashda bibliografik ma’lumotlarni to‘liq keltirish, ularning muhim belgilarini ajratib ko‘rsatish hamda mavjud texnik yechimlarning kamchiliklarini asoslash orqali ixtironing texnik vazifasini aniqlash zarurligi alohida ta’kidlandi. Shuningdek, analoglarni noto‘g‘ri tanlash yoki yetarli darajada ochib bermaslik natijasida ekspertiza jarayonida yuzaga keladigan e’tirozlar va rasmiy so‘rovlarning asosiy sabablari tahlil qilindi.

Taqdimot davomida kimyo texnologiyasi, tibbiyot, biotexnologiya va muhandislik yo‘nalishlariga oid amaliy misollar asosida eng yaqin analogni aniqlash va baholash mexanizmlari ko‘rib chiqildi.

Mazkur ma’ruza institut ilmiy xodimlari, yosh tadqiqotchilar va ixtirochilar uchun talabnomalarni sifatli tayyorlash, patentlash jarayonida yo‘l qo‘yiladigan kamchiliklarni kamaytirish hamda ilmiy ishlanmalarni huquqiy himoya qilish samaradorligini oshirishda muhim ahamiyat kasb etdi.
👉 https://t.me/uzicpsuz/819

19/03/2026

Ramazon hayiti – ma’naviyat va ilm-fan uyg‘unligi timsoli

(Please find the English version below)

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan imzolangan qarorga muvofiq, 2026-yil 20-mart kuni mamlakatimizda muborak Ramazon hayiti keng nishonlanadi [1, 2].

Mazkur qaror Yangi O‘zbekistonda inson qadri, milliy va diniy qadriyatlarni ulug‘lash, jamiyatda mehr-oqibat va bag‘rikenglik muhitini mustahkamlashga qaratilganligi muhimdir.

Bugungi k***a jahonda bo‘lgani kabi Yangi O‘zbekiston taraqqiyotida ham ilm-fan va ma’naviy qadriyatlarning uyg‘unligi alohida ahamiyat kasb etmoqda. Ramazon hayiti insoniylik, sabr-toqat, saxovat va o‘zaro hurmat kabi fazilatlarni yuksaltiruvchi muhim ijtimoiy hodisa sifatida ilmiy jamoatchilik uchun ham katta ahamiyatga ega.

Ayniqsa, ushbu oy insonni sabr, matonat va izchillikka o‘rgatishi bilan ilmiy faoliyatning ajralmas jihatlari bilan uyg‘unlashadi. Zero, har qanday ilmiy yutuq ortida uzoq muddatli izlanish, sabr-toqat va qat’iyat mujassamdir.

Fanlar akademiyasi tizimidagi ilmiy muassasalar, jumladan kimyo sohasi institutlari jamoasi ham ushbu bayramni yuksak ruhda qarshi olib, jamiyatda ilmiy tafakkur bilan bir qatorda ma’naviy yetuklikni qaror toptirish yo‘lida faol ishtirok etmoqda.

Ramazon oyida shakllanadigan sabr va mas’uliyat kabi fazilatlar ilmiy izlanishlarda puxta yondashuv, tizimli fikrlash, chuqur tahlil va barqaror natijalarga erishishda muhim omil bo‘lib xizmat qiladi.
Ramazon hayiti - nafaqat diniy bayram, balki jamiyatda ezgulik, hamjihatlik va inson qadrini ulug‘lash g‘oyalarini mustahkamlovchi muhim ijtimoiy hodisadir.

Institutimiz jamoasi barcha yurtdoshlarimizni muborak Ramazon hayiti bilan chin dildan muborakbod etadi hamda mamlakatimiz ravnaqi yo‘lida olib borilayotgan ilmiy izlanishlar, ilg‘or innovatsion g‘oyalar va erishilayotgan yutuqlarni yanada rivojlantirish, ularning davlatimiz taraqqiyoti va xalqimiz farovonligiga salmoqli hissa qo‘shishini ta’minlash yo‘lida izchil va fidokorona faoliyat yuritishda davom etadi.

--------------------------------------
Eid al-Fitr – A Symbol of the Harmony between Spirituality and Science

In accordance with the resolution signed by the President of the Republic of Uzbekistan, Shavkat Mirziyoyev, the blessed holiday of Eid al-Fitr will be widely celebrated across the country on March 20, 2026 [1,2].

This resolution is of particular significance as it aims to uphold human dignity, honor national and religious values, and further strengthen an atmosphere of compassion, solidarity, and tolerance in the New Uzbekistan.

In today’s global context, as in the development trajectory of the New Uzbekistan, the harmony between science and spiritual values is gaining increasing importance. Eid al-Fitr, as a profound social phenomenon that promotes humanity, patience, generosity, and mutual respect, holds special significance for the scientific community as well.

In particular, the holy month fosters patience, perseverance, and consistency qualities that are intrinsically aligned with the nature of scientific inquiry. Indeed, every scientific achievement is the result of long-term research, dedication, and resilience.

Research institutions within the Academy of Sciences, including those in the field of chemistry, celebrate this occasion with a high sense of responsibility, actively contributing to the advancement of both scientific thinking and spiritual maturity in society.
The values cultivated during Ramadan such as patience and responsibility serve as essential drivers in scientific research, enabling rigorous approaches, systematic thinking, in-depth analysis, and the attainment of sustainable results.

Thus, Eid al-Fitr is not only a religious celebration but also a significant social phenomenon that reinforces the ideals of kindness, unity, and the elevation of human dignity.

The team of our Institute sincerely congratulates all compatriots on this blessed occasion and expresses its confidence that ongoing scientific research, innovative ideas, and achievements will continue to make a достойный contribution to the development and prosperity of our country.

[1] https://president.uz/en/pages/view/biography?menu_id=10
[2] https://president.uz/oz/lists/view/9019

Want your school to be the top-listed School/college in Tashkent?

Click here to claim your Sponsored Listing.

Location

Telephone

Website

Address


Mirzo-Ulug'bek Ko'chasi 77-uy
Tashkent
100170

Opening Hours

Monday 08:00 - 17:00
Tuesday 08:00 - 17:00
Wednesday 08:00 - 17:00
Thursday 08:00 - 17:00
Friday 08:00 - 17:00