Ӧz FA Ӧsimlik moddalari kimyosi instituti

Ӧz FA Ӧsimlik moddalari kimyosi instituti ӦzR FA akad. S. Yunusov nomidagi Ӧsimlik moddalari kimyosi institutining facebookdagi rasmiy sahifasi.

08/09/2026

KONFERENSIYAGA XALQARO QIZIQISH ORTIB BORMOQDA!

2026-yil 7–9-oktabr kunlari Toshkent shahrida S.Yu. Yunusov nomidagi O‘simlik moddalari kimyosi instituti tomonidan tashkil etilayotgan “Biologically Active Compounds: From Chemistry to Medicine” xalqaro konferensiyasi bo‘lib o‘tadi.

Batafsil:
🇺🇿 Uz: O'qing! 👉 https://uzicps.uz/uz/yangiliklar?subslug=konferensiyaga-xalqaro-qiziqish-ortib-bormoqda 👈
🇬🇧 Eng: More... 👉 https://uzicps.uz/en/news/international-interest-in-the-conference-is-growing 👈

07/09/2026

PROFESSOR B.J. ELMURADOV GERMANIYADA KVANT KRISTALLOGRAFIYASI BO‘YICHA ILMIY SAFARDA

Ayni paytda O'zR FA S.Y.Yunusov nomidagi O‘simlik moddalari kimyosi instituti direktori o‘rinbosari, professor B.J. Elmuradov Germaniya tadqiqot jamg‘armasi (Deutsche Forschungsgemeinschaft – DFG) tomonidan moliyalashtirilayotgan “Quantum Crystallographic Exchange between Uzbekistan and Germany” davlatlararo hamkorlik loyihasi doirasida Germaniyaning Regensburg universitetida ilmiy faoliyat olib bormoqda.
Batafsil ma'lumotni
👉 Web sahifamizda o'qing: https://uzicps.uz/uz/yangiliklar?subslug=professor-bj-elmuradov-germaniyada-kvant-kristallografiyasi-boyicha-ilmiy-safarda! 👈

31/07/2026

🇬🇧 Eng:

📢 Dear Colleagues,

By decision of the Conference Organizing Committee, the abstract submission deadline has been extended until August 10, 2026.
(The previous deadline was August 1, 2026).

Please share this announcement with colleagues and researchers working in natural products chemistry and related fields who may be interested in participating in the conference.

Authors are kindly requested to prepare their abstracts in accordance with the Conference Guidelines and submit them through the official conference website.

🟢 Conference Website: https://conf.uzicps.uz/⁠

📄 New Abstract Submission Deadline: August 10, 2026.
—————————
🇺🇿Uz:
📢 Diqqat Eʼlon!

Hurmatli hamkasblar!

Konferensiya tashkiliy qo‘mitasining qaroriga muvofiq, tezislarni qabul qilish muddati 2026-yil 10-avgustgacha uzaytirildi.

(Avvalgi muddat-2026-yil 1-avgust edi).

Iltimos, xalqaro konferensiyada ishtirok etish istagida bo‘lgan tabiiy birikmalar kimyosi va turdosh sohalar ixlosmandlariga ushbu e'lonni yetkazing!

Konferensiyada ishtirok etishni istaganlardan tezislarini konferensiya talablari asosida tayyorlab, rasmiy veb-sayt orqali yuklashlarini so‘raymiz.

🟢 Konferensiya veb-sayti: https://conf.uzicps.uz/

📃 Yangi so‘nggi muddat: 2026-yil 10-avgust.

⚛️ Atom bombasi paydo bo‘lishiga yo‘l ochgan eng muhim ilmiy kashfiyot qaysi edi? 📺 To‘liq ko‘rsatuvni quyidagi havola o...
31/07/2026

⚛️ Atom bombasi paydo bo‘lishiga yo‘l ochgan eng muhim ilmiy kashfiyot qaysi edi?

📺 To‘liq ko‘rsatuvni quyidagi havola orqali tomosha qilishingiz mumkin: 👉https://www.youtube.com/live/v94G00guJ3s?si=gzmV7X8C5cE62puo

⚛️ Atom asriga yo‘l ochgan ilmiy kashfiyotlar va tarixiy voqealar.
Atom tuzilishi, radioaktivlik, kimyoviy moddalar tuzilishini ilk bor amaliyotda tadqiq qilina boshlangani, ilm-fan homiylarining ilmiy taraqqiyotdagi o‘rni, xalqaro ilmiy konferensiyalar, olimlar o‘rtasidagi ilmiy bahs-munozaralar shakllanish tarixi yoritiladi.
⚡️Batafsil Ko‘rsatuvda izohlandi.
Tomosha qiling 👇👇💥🫯⚡️
https://www.youtube.com/live/v94G00guJ3s?si=gzmV7X8C5cE62puo

Ko‘rsatuvni yanada yaxshi tushunish uchun umumiy kimyo va fizika bo‘yicha maktab, akademik litsey yoki kasb-hunar kolleji darajasidagi boshlang‘ich bilimlar foydali bo‘ladi.

Mavzular imkon qadar sodda va tushunarli tarzda olimlarimiz tomonidan bayon qilingan.
✅
https://t.me/Fanlar_akademiyasi/28964 👈

⚛️ Atom bombasi paydo bo‘lishiga yo‘l ochgan eng muhim ilmiy kashfiyot qaysi edi? 📺 To‘liq ko‘rsatuvni quyidagi havola orqali tomosha qilishingiz mumkin: 👉https://www.youtube.com/live/v94G00guJ3s?si=gzmV7X8C5cE62puo Bizni kuzatib boring👇 😎Telegram |🌐Websayt 😎Facebook |....

29/06/2026

Futbol bo‘yicha juda muhim ilmiy tadqiqot ⚽️

Baxt gormoni, kimyoviy uyg‘unlik va raqobat: inson biologiyasining qiziqarli tomoni.

Sevgi gormonimi yoki raqobat quroli? Oksitosinning [1] yashirin siri.

Ushbu qiziqarli ilmiy tadqiqot Proceedings of the Royal Society B* (Buyuk Britaniya, Q1 darajadagi nufuzli jurnal)da chop etilgan [2] bo‘lib, insondagi “biz va ular” psixologiyasining biologik asoslarini o‘rganishga bag‘ishlangan.

Tadqiqot Boliviyadagi Tsimane [3] qishlog‘i misolida olib borilgan bo‘lib, tajriba modeli sifatida futbol o‘yini tanlab olingan. Olimlar futbol musobaqalari vaqtida inson organizmida oksitotsin gormoni qanday o‘zgarishini tahlil qilganlar. Oksitosin odatda “mehr-muhabbat” yoki “ishonch” gormoni sifatida tanilgan bo‘lsa-da, tadqiqot natijalari uning jamoaviy birdamlik, o‘zaro hamkorlik va boshqa guruhlar bilan raqobat jarayonlarida ham muhim rol o‘ynashini ko‘rsatdi.

Tadqiqot davomida futbolchilardan o‘yin oldidan va o‘yin tugagandan keyin biologik namunalar olinib, oksitosin miqdori o‘lchandi. Olimlar juda qiziqarli natijaga duch kelishdi: ayniqsa erkaklarda musobaqadan keyin oksitotsin darajasi sezilarli oshgani aniqlandi.
Eng kuchli gormonal javob esa raqib guruhlar yoki boshqa noma’lum tashqi “begona” jamoalarga qarshi o‘yinlarda kuzatilgan. Bu holat inson organizmi jamoaviy birdamlik, ijtimoiy hayot va guruhlararo raqobat sharoitlariga biologik jihatdan moslashganini hamda jamoaviy harakat raqib ustidan ustun kelishda muhim omillardan biri ekanini ko‘rsatadi.

Kimyo nuqtai nazaridan qaralganda, inson organizmi aslida murakkab biokimyoviy laboratoriyaga o‘xshaydi. Miya va nerv tizimida ajraladigan molekulalar inson kayfiyati, ruhlantrish va ijtimoiy xulqini boshqaradi. Masalan:
• dopamin — mukofot va ruhlantrish hissi bilan,
• serotonin — ruhiy barqarorlik bilan,
• oksitosin esa ishonch, yaqinlik va jamoaviy uyg‘unlik bilan bog‘liq.

Mazkur ilmiy ish evolyutsion biologiya, antropologiya va neyroendokrinologiya sohalari kesishmasida bajarilgan bo‘lib, insondagi jamoaviylik, o‘zaro hamkorlik va “o‘z guruhi”ni himoya qilish kabi xulq-atvorlarning faqat madaniy emas, balki biologik asoslari ham mavjudligini ilmiy jihatdan yoritib beradi.
Tadqiqot natijalari kelajakda inson ijtimoiy xulqi, sport psixologiyasi va jamoaviy dinamika bo‘yicha yangi ilmiy izlanishlarga muhim asos bo‘lib xizmat qilishi mumkin.

****
✅Ilm-fan bilan shug‘ullanayotganlarga 👇
🔵Mualliflik va ilmiy madaniyat (ilmiy odob-axloq va etika)

Maqolaning yana bir e’tiborga molik jihatlaridan biri shundaki, hammualliflar orasida professional ilmiy xodim yoki universitet vakili bo‘lmagan mahalliy qishloq vakillari ham mavjud. Ular dala tadqiqotlari, ishtirokchilar bilan ishlash va amaliy jarayonlarda faol qatnashgani sababli maqolada muallif sifatida ko‘rsatilgan.
Bu zamonaviy xalqaro ilmiy odob axloq tamoyillariga mos bo‘lib, real ilmiy va amaliy hissa qo‘shgan insonlarni e’tirof etish, ularni hammuallif qilish madaniyatini ko’rsatadi.

Shu bilan birga, xalqaro ilmiy odob-axloqda mualliflik masalasi juda muhim hisoblanadi. Ilmiy maqolaga muallif sifatida kiritish faqat obro‘, lavozim, tanish-bilish yoki “status” uchun emas, balki tadqiqotga qo‘shilgan aniq va mazmunli hissaga asoslanishi kerak. Aks holda bu “gift authorship” - ya’ni asossiz mualliflik deb baholanadi. Bu esa ilmiy madaniyat tamoyillariga zid hisoblanadi. Shu sababli nufuzli xalqaro jurnallar har bir muallifning tadqiqotdagi aniq vazifasi va hissasini alohida ko‘rsatishni talab qiladi.
Bizda ham mahalliy olimlar ushbu nozik jihatlarga jiddiy e’tibor qaratishi muhimdir. 🟥
Shu bilan birga, oddiy qishloq vakilining ham real ilmiy-amaliy hissasi asosida dunyoning nufuzli ilmiy jurnalida uni hammuallif sifatida e’tirof etilishi ilmiy madaniyat va ilmiy adolatning juda muhim ko‘rinishlaridan biridir.
[1] https://en.wikipedia.org/wiki/Oxytocin
[2] https://www.news.uzh.ch/en/articles/media/2026/oxytocin-group-competition.html
[3] https://maps.app.goo.gl/6sFS2xVBKDgD4PWv9
*Matn muallifga tegishli bo‘lib, tahrir jarayonida SI-sun’iy intellekt yordamidan foydalanildi.
©️ Shahobiddin Adizov 👈
🟢 https://t.me/Kimyo_Adizov 💊

Yangi 1-aril-6,7-dimetoksi-1,2,3,4-tetrahidroizoxinolin hosilalarining COX-2 ga yo‘naltirilgan yallig‘lanishga qarshi fa...
17/06/2026

Yangi 1-aril-6,7-dimetoksi-1,2,3,4-tetrahidroizoxinolin hosilalarining COX-2 ga yo‘naltirilgan yallig‘lanishga qarshi faolligi va “tuzilish–faollik” bog‘liqligi o‘rnatildi.

O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi O‘simlik moddalari kimyosi instituti Farmakologiya va toksikologiya bo‘limida Alkaloidlar kimyosi laboratoriyasi hamda Organik sintez bo‘limi bilan hamkorlikda tabiiy va sintetik manbalardan olingan yangi biologik faol birikmalarning farmakologik xususiyatlarini o‘rganishga qaratilgan keng qamrovli ilmiy tadqiqotlar olib borilmoqda. Mazkur tadqiqotlar doirasida 1-aril-6,7-dimetoksi-1,2,3,4-tetragidroizoxinolin hamda 1,4-dialmashingan 1H-1,2,3-triazol qatoriga mansub yangi hosilalarning yallig‘lanishga qarshi faolligi o‘rganildi.
👉 https://t.me/uzicpsuz/919

Batafsil: 👉 O'qing https://uzicps.uz/uz/yangiliklar/yangi-arildimetoksitetrahidroizoxinolin-hosilalarining-cox-ga-yonaltirilgan-yalliglanishga-qarshi-faolligi-va-tuzilishfaollik-bogliqligi-ornatildi 👈

Ru: 👉Подробнее о статье https://uzicps.uz/ru/novosti/ustanovlena-protivovospalitelnaya-aktivnost-novih-proizvodnih-arildimetoksitetragidroizohinolina-napravlennaya-na-cox-a-takzhe-viyavlena-vzaimosvyaz-strukturaaktivnost 👈

Eng: 👉 Read more about the article https://uzicps.uz/en/news/the-coxtargeted-antiinflammatory-activity-of-novel-aryldimethoxytetrahydroisoquinoline-derivatives-and-their-structureactivity-relationship-were-established 👈

Institutimiz olimlari  tadqiqotlari uchun Yovvoyi holda o’sadigan o’simliklarni yig'ib kelmoqdalar. Botanik olim bot.f.f...
26/05/2026

Institutimiz olimlari tadqiqotlari uchun Yovvoyi holda o’sadigan o’simliklarni yig'ib kelmoqdalar. Botanik olim bot.f.f.d., kat.i.x. Egamberdiyev Akmal hamda kim.f.f.d, kat i.x. Siddiqov Doniyor bilan hamkorlikda
Samarqand viloyati Urgut tumani Omonqo’ton hududlaridan hamda Surxondaryo viloyati Boysun tumani hududlaridan yig’ildi.

Telegram: 👉 https://t.me/uzicpsuz/904 👈

 Akademik Shomansur Sagdullayev 75 yoshda! 24-may kuni o‘simliklardan dorivor moddalar olish texnologiyasini yaratish va...
24/05/2026



Akademik Shomansur Sagdullayev 75 yoshda!

24-may kuni o‘simliklardan dorivor moddalar olish texnologiyasini yaratish va ishlab chiqarishga tadbiq etish sohasi bo‘yicha yirik texnolog olim, texnika fanlari doktori, akademik, O‘zbekiston Respublikasining fan va texnika sohasidagi I darajali Davlat mukofoti laureati, O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining Birinchi vitse-prezidenti, Bosh ilmiy kotibi, S.Yunusov nomidagi O‘simlik moddalari kimyosi instituti direktori Shomansur Sagdullayev 75 yoshga to‘ldi.

👉 Telegram: https://t.me/uzicpsuz/902 👈
👉 Telegram: https://t.me/uzicpsuz/903 👈

Address

Mirzo-Ulug'bek Ko'chasi 77-uy
Tashkent
100170

Opening Hours

Monday 08:00 - 17:00
Tuesday 08:00 - 17:00
Wednesday 08:00 - 17:00
Thursday 08:00 - 17:00
Friday 08:00 - 17:00

Telephone

+998712625913

Website

Alerts

Be the first to know and let us send you an email when Ӧz FA Ӧsimlik moddalari kimyosi instituti posts news and promotions. Your email address will not be used for any other purpose, and you can unsubscribe at any time.

Shortcuts

Share