09/09/2024
Hurmatli talabalar!
Sizlarni yangi – 2024/2025-o‘quv yilining boshlanishi bilan chin qalbimdan tabriklayman! Yangi o‘quv yilining boshlanishi talabalar uchun ham, professor-o‘qituvchilar uchun ham hamisha hayajonli. Sizni hayotingizning ushbu muhim bosqichida o‘qishingiz va ilmiy faoliyatingizga innovatsion g‘oyalarga boy loyihalarni amalga oshirishda ulkan muvaffaqiyatlar tilayman.
Talabalarimiz jahonning eng ilg‘or taʼlim standartlariga mos bilim olishi, eng so‘nggi ilmiy yutuqlaridan xabardor bo‘lishi uchun ko‘plab o‘quv adabiyotlari o‘zbek tiliga o‘girilishi yo‘lga qo‘yildi.
Talabalik buyuk kashfiyotlar va imkoniyatlar davri. Undan unumli foydalaning, yangi bilimlarga intiling, do‘stlar orttiring, kelajak uchun rejalar tuzing va har bir daqiqani qadrlang.
Yangi o‘quv yilida Sizlarga yangi yutuqlar, yorqin taassurotlar hamda bilim va malakangizni oshirishda azmu shijoat tilayman!
Hurmat bilan
Sadritdin Turabdjanov