“Sharqshunoslik sohasida kadrlar tayyorlash tizimini tubdan takomillashtirish va ilmiy salohiyatni oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Prezident qarori eʼlon qilindi.
Qaror bilan Toshkent davlat sharqshunoslik instituti negizida Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti tashkil etildi.
✅ 2020/2021 oʻquv yilidan boshlab,
👉 Universitetga talabalarning bilimini baholash hamda oʻquv jarayonining amaliyot bilan integratsiyalashuvini taʼminlash tizimini ishlab chiqish va tasdiqlash huquqi beriladi;
👉 taʼlim jarayoni bosqichma-bosqich kredit-modul tizimi asosida amalga oshiriladi;
👉 xorijiy oliy taʼlim muassasalari bilan hamkorlikda tashkil etiladigan qoʻshma taʼlim dasturlarining oʻquv rejalari va fan dasturlari Universitet tomonidan xorijiy hamkorlar bilan kelishilgan holda mustaqil tasdiqlanadi;
👉 Universitetda sharq tillari oʻqitiladigan taʼlim muassasalari oʻqituvchilari uchun doimiy faoliyat yurituvchi qayta tayyorlash va malaka oshirish kurslari tashkil etiladi hamda kurslardan muvaffaqiyatli oʻtgan pedagog kadrlarga belgilangan namunadagi sertifikat beriladi;
👉 Universitetga oʻqishga qabul qilishda sharq tillaridan (turk, arab, fors, dari, hind, urdu, xitoy, koreys, uygʻur, yapon tillari) topshiriladigan koʻp balli tizim boʻyicha imtihonlar oʻrniga test sinovlari oʻtkaziladi;
👉 ushbu tajriba boshqa tillar (ispan, italyan, tojik, qozoq, turkman, qirgʻiz tillari va boshqalar) boʻyicha respublikadagi barcha davlat oliy taʼlim muassasalariga oʻqishga qabul qilishda joriy etiladi.
Ташкентский государственный институт востоковедения
Пресс-сервис Ташкентского Государственного Университета Востоковедения
Институт создан на базе института Востоковедения при ТашГУ согласно решению № 186 от 15 июля 1991 года Кабинета Министров Республики Узбекистан и на основе приказа от 26 июля 1991 года коллегии Министерства высшего и среднего специального образования и получил наименование Ташкентский государственный институт Востоковедения.
ИЗ ИСТОРИИ ТАШКЕНТСКОГО ГОСУДАРСТВЕННОГО ИНСТИТУТА ВОСТОКОВЕДЕНИЯ
В
Было принято Постановление Президента «О мерах по кардинальному совершенствованию системы подготовки кадров и повышению научного потенциала в области востоковедения».
Постановлением был образован Ташкентский государственный университет востоковедения на базе Ташкентского государственного института востоковедения.
✅ Начиная с 2020/2021 учебного года:
👉 Университету предоставляется право разработки системы оценки знаний студентов и обеспечения интеграции учебного процесса с практикой;
👉 образовательный процесс будет поэтапно осуществляться на основе кредитно-модульной системы;
👉 учебные планы и программы предметов совместных образовательных программ, организуемых в сотрудничестве с зарубежными высшими образовательными учреждениями, утверждаются Университетом самостоятельно по согласованию с зарубежными партнерами;
👉 в Университете организуются постоянно действующие курсы переподготовки и повышения квалификации преподавателей образовательных учреждений, на которых осуществляется обучение по восточным языкам, и педагогическим работникам, успешно прошедшим данные курсы, выдается сертификат установленного образца;
👉 будут проводиться тестовые испытания вместо экзаменов по многобалльной системе по восточным языкам (турецкому, арабскому, фарси, дари, индийскому, урду, китайскому, корейскому, уйгурскому, японскому) при приеме на учебу в Университет;
👉 данная практика будет распространяться на другие языки (испанский, итальянский, таджикский, казахский, туркменский, кыргызский и другие) при приеме на учебу во все государственные высшие образовательные учреждения республики.
Toshkent davlat sharqshunoslik instituti rektori G.Sh. Rixsiyeva
Ректор Ташкентского государственного института востоковедения Рихсиева Г.Ш.
📺 O'zbekiston24
WEB: http://tashgiv.uz/
Youtube: http://youtube.com/c/tashgivtv
TG: https://t.me/tashgiv
Facebook: https://www.facebook.com/pg/tashgiv.uz
17/02/2020
12-fevral kuni Toshkent davlat sharqshunoslik instituti va O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi o‘rtasida o‘zaro hamkorlik to‘g‘risida memorandum imzolandi.
Mazkur hujjatning imzolanishidan ko‘zlangan asosiy maqsad birgalikda bolalar ma’naviyatini shakllantirish bo‘yicha faoliyatni amalga oshirish, bolalarga ta’lim va tarbiya berishda, ularni milliy, ma’naviy va madaniy qadriyatlar ruhida kamol toptirish, xorijiy tillarni o‘rgatishda hamkorlik qilish, shuningdek, yosh bolalarga chet tillarini o‘rgatishning innovatsion metodlari hamda ilg‘or pedagogik texnologiyalarni joriy etishda yaqin hamkorlikni o‘rnatishdan iborat.
Shu bilan birga Maktabgacha ta’lim muassasalari rahbar kadrlari va mutaxassislarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti huzurida 13.00.08 - “Maktabgacha ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi” ixtisosligi bo‘yicha pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini beruvchi ilmiy kengash o‘z ishini boshlaganini zikr etib, mazkur shifr bo‘yicha maktabgacha ta’lim sohasi uchun ilmiy pedagogik kadrlar tayyorlashda ham o‘zaro hamkorlikni yo‘lga qo‘yishga kelishildi.
Shu o‘rinda alohida qayd etmoq joizki, Toshkent davlat sharqshunoslik instituti va Maktabgacha ta’lim vazirligi o‘rtasida o‘zaro hamkorlik kelgusida imkoniyati cheklangan yosh bolalarga Sharq tillari bo‘yicha inklyuziv ta’lim dasturlari va o‘quv materiallari yaratish, ularga maxsus audiokitoblar tayyorlash orqali jahon adabiyoti namunalari bilan tanishtirish imkonini ham beradi.
03/02/2020
1-fevral kuni ToshDSHI rektori G.Sh.Rixsiyevaning Tarix va falsafa fakulteti talabalari bilan ochiq muloqoti bo‘lib o‘tdi.
Ochiq muloqotda ToshDSHI rektori G.Sh.Rixsiyeva so‘zga chiqib, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyevning Parlamentga murojatnomasini o‘rganish va undan kelib chiqadigan vazifalar ijrosini ta’minlash, sharqshunoslik sohasini rivojlantirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar, kelgusi rejalar, ta’lim sifatini oshirish, korrupsiyaga qarshi kurash, talabalar bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazish, talabalar ilmiy faoliyatini jonlantirish masalalari haqida gapirdi.
Shuningdek, muloqot chog‘ida talabalarni qiziqtirgan turli (ta’lim jarayoni, talabalar turar joyi, kutubxona faoliyati, o‘qitilayotgan fanlar, turli muammolar) mavzulardagi savollarga G.Sh.Rixsiyeva tomonidan javoblar berildi. Talabalar tomonidan bildirilgan taklif va tashabbuslar institut rahbariyati tomonidan atroflicha o‘rganilib, foydali taklif va tashabbuslar qo‘llab-quvvatlanishi ta’kidlab o‘tildi.
03/02/2020
31-yanvar kuni ToshDSHI Sharq filologiyasi fakulteti professor-o‘qituvchilari va talaba-yoshlari uchun O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoevning Oliy Majlis palatalariga yo‘llagan Murojaatnomasini o‘rganish bo‘yicha "Navqiron avlod kamoloti" mavzusida tadbir bo‘lib o‘tdi. Tadbirda institutning "Ijtimoiy fanlar" kafedrasi mudiri prof.U.Yu.Idirov, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Turk madaniyat Markazi rahbari o‘rinbosari Dj.K.Shabanov, Sharq filologiyasi fakulteti dekani prof. Q.Sh.Omonov, professor-o‘qituvchilar, talaba-yoshlar ishtirok etdilar. Tadbir davomida Prezident Murojaatnomasidan lavhalar namoyish etildi.
03/02/2020
31-yanvar kuni Toshkent davlat sharqshunoslik institutining Xorijiy mamlakatlar iqtisodiyoti va siyosati fakultetida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga Murojaatnomasida yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirish yo‘nalishida belgilab berilgan vazifalardan kelib chiqib, “Yangi O‘zbekistonni yoshlar bilan birgalikda quramiz” mavzusida davra suhbati tashkil etildi.
Yig‘ilishda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputati Hamidullayev Sanjar Asatullayevich, OʻzLiDeP Mirobod tuman Kengashi raisi Fazilov Ravshan Abdulxayevich, Toshkent shahar Kengashi apparati xodimlari, Xorijiy mamlakatlar iqtisodiyoti va siyosati fakulteti professor-o‘qituvchilari, murabbiylari hamda talabalar ishtirok etdi.
03/02/2020
30-yanvar kuni Toshkent davlat sharqshunoslik institutiga Indoneziyaning Favqulodda va Muxtor Elchisi Sunario Kartadinataning rahbarligida elchixona a’zolari tashrif buyurishdi.
Mazkur uchrashuvda ToshDShI rektori G.Rixsiyev mehmonlarga institut tarixi, faoliyati xamda bugungi k***agi indonezshunoslik rivojlanishi haqida ma’lumot berdi. Shu bilan birga, institutda 2013 yildan beri faoliyat ko‘rsatayotgan Indonez tili va madaniyati markazi oldida kelgusida qo‘yilayotgan vazifalar xaqida ham fikr almashildi.
Mazkur uchrashuv doirasida ToshDShI va Indoneziya oliy ta’lim muassasalari bilan hamkorlikni yangi pog‘onaga ko‘tarish bilan bog‘liq masalalar ko‘rib chiqildi va tegishli takliflar berildi. Shu o‘rinda Indoneziyaning Favqulodda va Muxtor Elchisi tomonidan indonez tilini o‘rganayotgan talabalar uchun TDShI Axborot-resurs markaziga 150ga yaqin kitoblar sovg‘a tariqasida taqdim etildi.
Uchrashuv so‘ngida elchixona vakillari kelgusida ToshDShI bilan o‘zaro hamkorlik aloqalarini bundanda rivojlantirishga va bardavom bo‘lishiga umid bildirishdi.
27/01/2020
ToshDSHI va Yashnobod tumani umumta’lim maktablari o’rtasidagi ustoz-shogird an’anasini yo’lga qo’yish masalalari bo‘yicha imzolangan ToshDSHI, tuman hokimligi va Xalq ta’limi bo’limlari o’rtasida o’zaro hamkorlik shartnomasiga binoan, 25-yanvar kuni Yashnabod tumani 198-maktab o‘quvchilari Tarix va falsafa fakultetiga tashrif buyurishdi.
Tarix va falsafa fakulteti dekani Z.M.Qodirov tomonidan o‘quvchilarga Toshkent davlat sharqshunoslik instituti, fakultetlar va ta’lim yo‘nalishlari haqida to‘liq ma’lumotlar berildi. Shuningdek, o’quvchilar institut Axborot resurs markazi bilan ham tanishtirildi.
27/01/2020
23-yanvar kuni Koreya Respublikasining O‘zbekistondagi elchixonasida Koreya fondining xalqaro grant sovrindorlarini taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi. Mazkur tadbirda Koreya Respublikasining O‘zbekistondagi favqulodda va muxtor elchisi Kan Chje Kvon janoblari, maslahatchi Gu Kvang Il, ToshDSHIning Koreyashunoslik fakulteti dekani Shoira Usmanova, Koreya tarixi va madaniyati kafedrasining Koreya Fondi volontyor-o‘qituvchisi Choy So Yong hamda doktorant va magistrantlar ishtirok etdilar.
Tadbir davomida Koreya fondining 14 100 AQSh dollari miqdoridagi xalqaro grantini qo’lga kiritgan Toshkent davlat sharqshunoslik instituti Koreyashunoslik fakulteti tayanch doktoranti Sirojiddin Maxatov “Innovatsion rivojlanishning xorij tajribasidan O‘zbekiston iqtisodiyotida foydalanish imkoniyatlari”, mustaqil izlanuvchi Dilorom Ashirbayeva “Koreys va o‘zbek diskursida murojaat birliklarining qiyosiy tadqiqi”, magistrantlar: Sherov Rasul “Globallashuv sharoitida Janubiy Koreya iqtisodiy rivojlanish transformatsiyasi”, Aziza Xidoyatova “Yang Kvija hikoyalarida obrazlar tizimi”, Maftuna Baxramova “Sinxron tarjima sohasining taraqqiyot bosqichlari” mavzularida olib borayotgan ilmiy tadqiqotlari uchun Koreya Respublikasining O‘zbekistondagi favqulodda va muxtor elchisi Kan Chje Kvon janoblari tomonidan Koreya fondining sertifikatlari hamda stipendiyalari bilan taqdirlandilar.
17/01/2020
ToshDSHIning Sharq filologiyasi fakultetida xarbiylarni bayramlari bilan qutlash, ular bilan uchrashuv va davra suhbatlarini tashkil etish ishlari davom etmoqda. 17-yanvar kuni fakultetning Eron-afg‘on filologiyasi kafedrasida O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlar Akademiyasi Tillar kafedrasining professor-o‘qituvchilari va talaba-kursantlari bilan hamkorlikda Vatan himoyachilari kuni va O‘zbekiston Respublikasi Qurolli kuchlari tashkil topganligining 28 yilligi munosabati bilan “Mamlakatimiz Qurolli kuchlari – tinchlik va osoyishtaligimiz garovi” mavzuidagi davra suhbati o‘tkazildi. Tadbirda Qurolli Kuchlar Akademiyasi Tillar kafedrasi dotsentlari N.Z. Yusupova va Sh.I. Yertaev hamda kursant-talabalar so‘zga chiqib, mamlakatimizda harbiy soha bo‘yicha amalga oshirilayotgan islohatlar, xususan, Qurolli Kuchlar Akademiyasi va unda yoshlarning ta’lim va tarbiya olishlari uchun yaratilgan sharoitlar , harbiylar hayoti va faoliyati bilan keng tanishtirdilar. Uchrashuv jarayonida fakultet professor-o‘qituvchilari mehmonlarni institut va fakultet tarixi, hozirgi k***a olib borilayotgan ilmiy-tadqiqot ishlari, o‘quv jarayoni to’g’risida ma’lumotlar berildi. Tadbirda, shuningdek, Prezidentimiz Sh.M. Mirziyoyevning Qurolli Kuchlar Akademiyasiga tashrifi bilan bog‘liq videolavhalar namoyish etildi.
Shuni eslatib o‘tish joizki, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, Qurolli Kuchlar Oliy Bosh Qo‘mondoni Shavkat Mirziyoyevning tashabbuslari bilan 2017 yil 25 aprel kuni yangitdan barpo etilgan O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari Akademiyasi bugungi k***a yuqori bo‘g‘in qo‘mondonlik ofitserlarini tayyorlash va O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tarkibini har tomonlama yetuk, malakali ofitser kadrlar bilan ta’minlash hamda mudofaa qurilishi sohasida ilmiy tadqiqotlar va ishlanmalarni amalga oshirish bo‘yicha eng zarur vazifalarning bajarilishida g‘oyat muhim o‘rin egallab kelmoqda. Akademiya tarkibidagi Tillar kafedrasi xorijiy armiyalarning jangovar tajribasini o‘rganish va mutaxassislik bo‘yicha suhbat olib borish uchun yetarli miqdorda ingliz, nemis, fransuz, rus tillari bilan bir qatorda sharq tillari, jumladan, fors, turk, xitoy tillarini amalda biladigan ofitserlarni tayyorlash uchun mo‘ljallangan. Tadbir so‘ngida fakultet dekani f.f.d., professor Q. Omonov fakultet rahbariyati nomidan ishtirokchilarga esdalik sovg‘alarini topshirdi va ularga "Tashakkurnoma" taqdim qildi.
17/01/2020
Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining joriy yil 9-yanvardagi 01-07/15 sonli xatida belgilangan vazifalar bo‘yicha Xitoyshunoslik fakulteti talabalarining mas’ul murabbiylar M. Sarimsoqova va M. Xubbaliyev boshchiligida Jasorat muzeyiga tashrifi uyushtirildi. U yerda "Vatanni himoya qilish-sharafli burch" mavzusida talabalar o‘rtasida devoriy gazetalar tanlovi, "Mening armiyam-mening faxrim" mavzusida insholar tanlovi ham o‘tkazildi. Insholar tanlovida g‘oliblar aniqlanib, eng yaxshi 1, 2, 3-o‘rin sohiblarining ishlari institut bosqichiga taqdim etildi.
Click here to claim your Sponsored Listing.
Location
Category
Contact the school
Telephone
Website
Address
Shakhrisabz Str. , 25
Tashkent
ПОЧТОВЫЙИНДЕКС:700047
Opening Hours
| Monday | 09:00 - 18:00 |
| Tuesday | 09:00 - 18:00 |
| Wednesday | 09:00 - 18:00 |
| Thursday | 09:00 - 18:00 |
| Friday | 09:00 - 18:00 |
| Saturday | 09:00 - 18:00 |