Saxon Science Liaison Office Uzbekistan

Saxon Science Liaison Office Uzbekistan Germaniyaning Saksoniya o'lkasi oliygohlarida o'qish bo'yicha bepul maslahatlar / Бесплатные консультации по вопросам учёбы в вузах Саксонии в Германии

🇺🇿 Bishkekda DAAD mintaqaviy Alumni uchrashuvi bo‘lib o‘tdi2026-yil 21–22-sentabr kunlari Bishkek shahrida Germaniya Aka...
24/09/2026

🇺🇿 Bishkekda DAAD mintaqaviy Alumni uchrashuvi bo‘lib o‘tdi

2026-yil 21–22-sentabr kunlari Bishkek shahrida Germaniya Akademik Almashinuv Xizmati (DAAD) tomonidan tashkil etilgan Markaziy Osiyo mintaqaviy Alumni uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Tadbirda Saxon Science Liaison Office Uzbekistan vakili ham ishtirok etdi.

Uchrashuv doirasida DAADning Markaziy Osiyo bo‘yicha yangi vakolatxonasi rasman ochildi. Tadbirning asosiy mavzusi — “Markaziy Osiyoda ta’lim va jamiyat: oliy ta’lim sohasidagi yangi tendensiyalar” bo‘ldi.

Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston va O‘zbekistondan kelgan ishtirokchilar ilmiy diplomatiya, nemis tilini o‘rganish, Germaniya va Markaziy Osiyo oliygohlari o‘rtasidagi hamkorlik hamda yangi akademik aloqalar masalalarini muhokama qildilar.

Uchrashuv yangi aloqalar o‘rnatish va Germaniya hamda O‘zbekiston oliy ta’lim muassasalari o‘rtasidagi hamkorlikni kengaytirish uchun yaxshi imkoniyat bo‘ldi.
----------
🇷🇺 В Бишкеке состоялась региональная встреча Alumni DAAD

21–22 сентября 2026 года в Бишкеке прошла региональная встреча Alumni стран Центральной Азии, организованная Германской службой академических обменов (DAAD). В мероприятии принял участие Saxon Science Liaison Office Uzbekistan.

В рамках встречи также состоялось официальное открытие нового представительства DAAD в Центральной Азии. Главной темой стало «Образование и общество в Центральной Азии: новые тенденции в сфере высшего образования».

Представители Казахстана, Кыргызстана, Таджикистана и Узбекистана обсудили научную дипломатию, изучение немецкого языка, развитие партнёрств между вузами Германии и Центральной Азии и новые возможности академического сотрудничества.

Встреча стала хорошей площадкой для новых контактов и дальнейшего расширения сотрудничества между вузами Германии и Узбекистана.

🇺🇿 QORI NIYOZIY NOMIDAGI TARBIYA PEDAGOGIKASI MILLIY INSTITUTI VAKILLARI BILAN UCHRASHUVOfisimizga O‘zbekiston Respublik...
10/09/2026

🇺🇿 QORI NIYOZIY NOMIDAGI TARBIYA PEDAGOGIKASI MILLIY INSTITUTI VAKILLARI BILAN UCHRASHUV

Ofisimizga O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi huzuridagi Qori Niyoziy nomidagi Tarbiya pedagogikasi milliy instituti vakillari tashrif buyurdi.
Institut Germaniya oliy ta’lim muassasalari bilan tarbiya pedagogikasi yo‘nalishida hamkorlikni rivojlantirish imkoniyatlariga qiziqish bildirmoqda.
Uchrashuv davomida Saksoniya oliygohlari bilan dastlabki aloqalarni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha mumkin bo‘lgan qadamlar, shuningdek, kelgusida yanada chuqur akademik va professional hamkorlikni rivojlantirish istiqbollari yuzasidan fikr almashildi.
Institut vakillariga tashrif va mazmunli muloqot uchun minnatdorlik bildiramiz. Ushbu uchrashuv Saksoniya oliygohlari bilan kelgusidagi hamkorlik uchun yaxshi asos bo‘lishiga umid qilamiz.
------
🇷🇺 ВСТРЕЧА С ПРЕДСТАВИТЕЛЯМИ НАЦИОНАЛЬНОГО ИНСТИТУТА ПЕДАГОГИКИ ВОСПИТАНИЯ ИМЕНИ КОРИ НИЁЗИЙ

Наш офис посетили представители Национального института педагогики воспитания имени Кори Ниёзий при Министерстве дошкольного и школьного образования Республики Узбекистан.
Институт заинтересован в развитии сотрудничества с вузами Германии в сфере педагогики воспитания.
В ходе встречи состоялся обмен мнениями о возможных первых шагах по установлению контактов с вузами Саксонии, а также о перспективах дальнейшего, более глубокого академического и профессионального сотрудничества.
Благодарим представителей Института за визит и содержательный обмен мнениями. Надеемся, что состоявшаяся встреча станет хорошей основой для дальнейшего взаимодействия с саксонскими вузами.

🇺🇿 DEUTSCHSMART SCHOOL vakillari bilan uchrashuvOfisimizga Toshkent shahridagi DeutschSmart School nemis maktabining Ser...
10/09/2026

🇺🇿 DEUTSCHSMART SCHOOL vakillari bilan uchrashuv

Ofisimizga Toshkent shahridagi DeutschSmart School nemis maktabining Sergeli filiali direktori janob Tim Hoffmann ikki nafar hamkasbi hamrohligida tashrif buyurdi.
Uchrashuv davomida hamkorlikning mumkin bo‘lgan yo‘nalishlari va kelgusidagi istiqbollari yuzasidan fikr almashildi. Shuningdek, o‘zaro aloqalarni rivojlantirish hamda qo‘shma axborot tadbirlarini tashkil etish imkoniyatlari muhokama qilindi.
DeutschSmart School vakillariga tashriflari va ofisimiz faoliyatiga bildirgan qiziqishlari uchun minnatdorlik bildiramiz. Kelgusida ham aloqalarni davom ettirish va hamkorlikni rivojlantirishdan mamnun bo‘lamiz.
——————-
🇷🇺Встреча с представителями DEUTSCHSMART SCHOOL
Наш офис посетил господин Тим Хоффманн, директор Сергелийского филиала немецкой школы DeutschSmart School в Ташкенте, в сопровождении двух коллег.
В ходе встречи состоялся обмен мнениями о возможных направлениях сотрудничества и перспективах совместной работы. Обсудили также возможности дальнейшего взаимодействия и проведения совместных информационных мероприятий.
Благодарим представителей DeutschSmart School за визит и интерес к деятельности нашего офиса. Будем рады продолжению контактов и развитию сотрудничества.

🇺🇿 Akbar Abduhakimov: TUBAF Studienkollegidagi ilk taassurotlar va tajriba2026-yil yozgi semestridan boshlab Akbar Abduh...
02/09/2026

🇺🇿 Akbar Abduhakimov: TUBAF Studienkollegidagi ilk taassurotlar va tajriba

2026-yil yozgi semestridan boshlab Akbar Abduhakimov TU Bergakademie Freiberg (TUBAF) Studienkollegida muvaffaqiyatli tahsil olmoqda.
Ta’til vaqtida Akbar Saksoniya oliygohlarining O‘zbekistondagi vakolatxonasiga tashrif buyurib, Germaniyadagi hayoti, Freibergdagi o‘qishi hamda Studienkollegdagi ilk taassurotlari bilan o‘rtoqlashdi.
Akbarning aytishicha, u o‘qish jarayonidan juda mamnun. Ayniqsa, uning matematika fanidagi muvaffaqiyatlari TUBAFda ham alohida e’tirof etilmoqda.
Biz uchun yana bir quvonarli jihat — Akbar o‘z bilim va tajribasini Saksoniyada o‘qishni rejalashtirayotgan yoshlar bilan baham ko‘rishga tayyorligini bildirdi. Xususan, u TUBAF Studienkollegida matematika qanday o‘qitilishi, topshiriqlarning o‘ziga xos jihatlari va kirish imtihonlariga qanday yaxshiroq tayyorlanish mumkinligi haqida bo‘lajak abituriyentlarga foydali tavsiyalar berishga tayyor.
Akbarga o‘qishida bundan keyin ham katta muvaffaqiyatlar tilaymiz!
Saxoniyada o‘qishni tanlang!
---------
🇷🇺 Акбар Абдухакимов: первые впечатления и опыт учёбы в Studienkolleg TUBAF

Начиная с летнего семестра 2026 года Акбар Абдухакимов успешно учится в Studienkolleg Технического университета Горной академии Фрайберга (TUBAF).
Во время каникул Акбар навестил Офис вузов Саксонии в Узбекистане и поделился с нами своими впечатлениями о жизни в Германии, учёбе во Фрайберге и первых месяцах в Studienkolleg.
По словам Акбара, он очень доволен учёбой. Особенно приятно, что в TUBAF отмечают его успехи в математике.
Кроме того, Акбар выразил готовность делиться своими знаниями и опытом с ребятами из Узбекистана, которые планируют поступать в вузы Саксонии. В частности, он готов рассказать будущим абитуриентам об особенностях преподавания математики в Studienkolleg TUBAF, характере заданий и о том, как лучше подготовиться к вступительным испытаниям.
Желаем Акбару дальнейших успехов в учёбе и новых достижений!
Выбирайте для учёбы Саксонию!

📍 TUBAF professori Carsten Drebenstedt O‘zbekistondaYaqinda TU Bergakademie Freiberg professori Carsten Drebenstedt Saks...
02/09/2026

📍 TUBAF professori Carsten Drebenstedt O‘zbekistonda
Yaqinda TU Bergakademie Freiberg professori Carsten Drebenstedt Saksoniya oliygohlarining O‘zbekistondagi vakolatxonasi mehmoni bo‘ldi.
Professor Drebenstedtga uning ilmiy rahbarligida TUBAFda tahsil olayotgan uch nafar o‘zbekistonlik PhD doktorant hamrohlik qildi. Nemis professorining bir vaqtning o‘zida uch nafar o‘zbekistonlik doktorantga ilmiy rahbarlik qilayotgani juda noyob hamkorlik namunasidir.
Tashrif doirasida professor va doktorantlar Geologiya fanlari universiteti hamda Toshkent davlat texnika universitetida bo‘lib, hamkasblar bilan uchrashuvlar o‘tkazdilar.
Shuningdek, delegatsiya Olmaliq shahriga tashrif buyurib, Olmaliq kon-metallurgiya kombinati (OKMK/AGMK) hamda Olmaliq texnika instituti vakillari bilan uchrashdi.
Mazkur uchrashuv va tashriflarni tashkil etishda O‘zbekiston oliygohlari hamda OKMK tomonidan ko‘rsatilgan katta ko‘makni alohida ta’kidlash lozim. Biz Geologiya fanlari universiteti, Toshkent davlat texnika universiteti, Olmaliq texnika instituti va Olmaliq kon-metallurgiya kombinati rahbariyati va mutaxassislariga samimiy minnatdorligimizni bildiramiz.
Bunday tashriflar Saksoniya va O‘zbekiston o‘rtasidagi ilmiy aloqalarni mustahkamlash, yosh olimlarni qo‘llab-quvvatlash hamda tog‘-kon va geologiya yo‘nalishlarida yangi qo‘shma loyihalarni rivojlantirishga xizmat qiladi.
--------------
📍 Профессор TUBAF Карстен Дребенштедт посетил Узбекистан
Недавно гостем Офиса вузов Саксонии в Узбекистане стал профессор TU Bergakademie Freiberg Карстен Дребенштедт.
Профессора сопровождали три PhD-докторанта из Узбекистана, обучающиеся в TUBAF под его научным руководством. Ситуация, когда один немецкий профессор одновременно руководит научной работой сразу трёх узбекских докторантов, является весьма редким и показательным примером академического сотрудничества.
В рамках визита профессор и докторанты посетили Университет геологических наук и Ташкентский государственный технический университет, где состоялись встречи с коллегами.
Затем делегация побывала в Алмалыке, где прошли встречи в Алмалыкском горно-металлургическом комбинате (АГМК), а также в Алмалыкском техническом институте.
Особо хотим отметить большую роль узбекских вузов и АГМК в организации этих встреч и визитов. Выражаем искреннюю благодарность руководству и специалистам Университета геологических наук, Ташкентского государственного технического университета, Алмалыкского технического университета и Алмалыкского горно-металлургического комбината за содействие, открытость и гостеприимство.
Подобные визиты способствуют укреплению научных связей между Саксонией и Узбекистаном, поддержке молодых исследователей и развитию новых совместных проектов в области горного дела и геологии.

🇺🇿 Saksoniya oliygohlarining O‘zbekistondagi vakolatxonasi O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi munosaba...
01/09/2026

🇺🇿 Saksoniya oliygohlarining O‘zbekistondagi vakolatxonasi O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan barchangizni samimiy tabriklaydi!
Yurtimizga tinchlik va farovonlik, xalqimizga baxt-saodat, muvaffaqiyat va yangi zafarlar tilaymiz.
Mustaqillik bayrami muborak bo‘lsin! 🇺🇿
---------
🇷🇺 Офис вузов Саксонии в Узбекистане сердечно поздравляет всех с 35-летием Независимости Республики Узбекистан!
Желаем нашей стране мира и процветания, а её народу — благополучия, успехов и новых достижений.
С Днём Независимости! 🇺🇿

🇺🇿 SAKSONIYA STUDIENKOLLEGLARIGA KIRISH IMTIHONLARI TOSHKENTDA BO‘LIB O‘TDI2026-yil 3-iyul kuni Toshkent shahrida TU Ber...
06/07/2026

🇺🇿 SAKSONIYA STUDIENKOLLEGLARIGA KIRISH IMTIHONLARI TOSHKENTDA BO‘LIB O‘TDI
2026-yil 3-iyul kuni Toshkent shahrida TU Bergakademie Freiberg va Hochschule Zittau/Görlitz Studienkolleglariga, 2026-yil 4-iyul kuni esa Hochschule Mittweida Studienkollegiga kirish imtihonlari bo‘lib o‘tdi.
O‘zbekistonlik abituriyentlar matematika va nemis tili fanlaridan o‘tkazilgan imtihonlarda faol ishtirok etdilar.
TU Bergakademie Freiberg uchun Toshkentda kirish imtihoni SSLO Uzbekistan ko‘magida to‘rtinchi bor tashkil etilmoqda. Bu yil esa Hochschule Zittau/Görlitz hamda Hochschule Mittweida ham O‘zbekistonda kirish imtihonlarini tashkil etishni vakolatxonamizga ishonib topshirdi.
Bunday imtihonlarning Toshkentda o‘tkazilishi o‘zbekistonlik abituriyentlar uchun katta amaliy ahamiyatga ega: ular Germaniyaga borish uchun qo‘shimcha xarajat va vaqt sarflamasdan, kirish imtihonlarini shu yerning o‘zida topshirish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.
Abituriyentlarga Saksoniyada tahsil olishga bo‘lgan qiziqishlari uchun minnatdorchilik bildiramiz va ularga muvaffaqiyatli natijalar tilaymiz!
---------
🇷🇺 ВСТУПИТЕЛЬНЫЕ ЭКЗАМЕНЫ В ШТУДИЕНКОЛЛЕГИ САКСОНИИ ПРОШЛИ В ТАШКЕНТЕ
3 июля 2026 года в Ташкенте состоялись вступительные экзамены в Штудиенколлег TU Bergakademie Freiberg и Hochschule Zittau/Görlitz, а 4 июля 2026 года — в Штудиенколлег Hochschule Mittweida.
Абитуриенты из Узбекистана приняли активное участие в экзаменах по математике и немецкому языку.
Для TU Bergakademie Freiberg это уже четвёртый вступительный экзамен, организованный в Ташкенте при поддержке SSLO Uzbekistan. В этом году также Hochschule Zittau/Görlitz и Hochschule Mittweida доверили нашему офису организацию вступительных экзаменов в Узбекистане.
Проведение таких экзаменов в Ташкенте имеет большую практическую пользу для узбекских абитуриентов: они получают возможность сдать вступительные экзамены на месте, без дополнительных расходов и потери времени на поездку в Германию.
Мы благодарим абитуриентов за их интерес к учёбе в Саксонии и желаем им успешных результатов!

🎓 STUDY IN AUSTRIA, GERMANY & UZBEKISTAN!APPLY FOR THE INTERNATIONAL MASTER’S PROGRAM“Sustainable Development of Mineral...
15/06/2026

🎓 STUDY IN AUSTRIA, GERMANY & UZBEKISTAN!

APPLY FOR THE INTERNATIONAL MASTER’S PROGRAM
“Sustainable Development of Mineral Resources” (AMRD)

A unique joint Master’s degree program offered by:
🇦🇹 Montanuniversität Leoben (Austria)
🇩🇪 TU Bergakademie Freiberg (Germany)
🇺🇿 University of Geological Sciences (Uzbekistan)
✅ Study in 3 countries
✅ English-taught program
✅ 3 international universities
✅ Triple diploma opportunity
✅ Tuition-free studies in Austria & Germany
📚 Program Duration: 2 years (120 ECTS)

📍 Study Path:
1st semester – Austria
2nd semester – Germany
3rd semester – Uzbekistan
4th semester – Master’s thesis (in English)

🎯 Who can apply?
Graduates in:
Geology • Mining Engineering • Mineral Processing • Related Fields

📌 English requirement:
IELTS 6.0+ / TOEFL iBT 80+

🚀 Start your international
academic journey!

📩 For Application Submission & Consultation:
University of Geological Sciences (Tashkent)
📞 +998 99 630-06-81
📞 +998 99 886-07-65

20/05/2026

🇺🇿 TU Bergakademie Freiberg International
🎓 Germaniyadagi universitet bilan tanishing!
Bo‘lajak talabalar uchun Technische Universität Bergakademie Freiberg 🇩🇪 universiteti haqida onlayn uchrashuv.
Quyidagilar haqida ma’lumot oling:
• Germaniyada ta’lim
• o‘quv dasturlari
• talabalik hayoti
• xalqaro talabalar uchun imkoniyatlar
Jonli efirda savollaringizni ham berishingiz mumkin 💬
📅 2026-yil 30-may, shanba
🕓 Soat 16:00 (O‘zbekiston vaqti)
------------
🇷🇺 TU Bergakademie Freiberg International
🎓 Немецкий университет, который стоит открыть для себя!
Приглашаем будущих студентов на онлайн-встречу с Technische Universität Bergakademie Freiberg 🇩🇪
Узнайте больше о:
• обучении в Германии
• образовательных программах
• студенческой жизни
• возможностях для иностранных студентов
Также вы сможете задать свои вопросы в прямом эфире 💬
📅 Суббота, 30 мая 2026
🕓 16:00 (время Узбекистана)

💻Zoom: https://na01.safelinks.protection.outlook.com/?url=https%3A%2F%2Feu02web.zoom-x.de%2Fmy%2Ftubafint%3Fomn%3D62745361358&data=05%7C02%7C%7C7cd9a18625504e3358d008deb62ab4e6%7C84df9e7fe9f640afb435aaaaaaaaaaaa%7C1%7C0%7C639148491691646196%7CUnknown%7CTWFpbGZsb3d8eyJFbXB0eU1hcGkiOnRydWUsIlYiOiIwLjAuMDAwMCIsIlAiOiJXaW4zMiIsIkFOIjoiTWFpbCIsIldUIjoyfQ%3D%3D%7C0%7C%7C%7C&sdata=i7A%2By%2BiqHm1LhkurgjBgqiEe6m1RLaZtMrzYApPfLqQ%3D&reserved=0

🇺🇿 14.05.2026. "Ta'lim va kasb" ko'rgazmasida doirasida bu safar Qarshi shahrida boldik va mahalliy yoshlarni Saksoniya ...
16/05/2026

🇺🇿 14.05.2026. "Ta'lim va kasb" ko'rgazmasida doirasida bu safar Qarshi shahrida boldik va mahalliy yoshlarni Saksoniya univesitetlari o'qish imkoniyatlari bilan tanishtirdik.
————-
🇷🇺 14.05.2026. В рамках выставки "Образование и профессия" мы были в городе Карши, где ознакомили местную молодёжь с условиями поступления в вузы Саксонии.

Address

Olimlar Ko'chasi 64
Tashkent
100164

Opening Hours

Monday 10:00 - 17:00
Tuesday 10:00 - 17:00
Wednesday 10:00 - 17:00
Thursday 10:00 - 17:00
Friday 10:00 - 17:00

Telephone

+998991000389

Alerts

Be the first to know and let us send you an email when Saxon Science Liaison Office Uzbekistan posts news and promotions. Your email address will not be used for any other purpose, and you can unsubscribe at any time.

Contact The School

Send a message to Saxon Science Liaison Office Uzbekistan:

Shortcuts

Share