Alisher Navo'i Tashkent State University of Uzbek Language and Literature

Alisher Navo'i Tashkent State University of Uzbek Language and Literature Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o'zbek tili va adabiyoti universiteti

Yangi o‘quv yili oldidan metodik ta’limning ustuvor vazifalari belgilandiAlisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek ...
16/09/2026

Yangi o‘quv yili oldidan metodik ta’limning ustuvor vazifalari belgilandi

Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida yangi o‘quv yilini mazmunan yangi yondashuvlar asosida boshlash, ta’lim sifatini oshirish va pedagogik kadrlar tayyorlash tizimini zamonaviy talablar asosida takomillashtirishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Universitet rektori, akademik Shuhrat Sirojiddinov yangi o‘quv yili arafasida O‘zbek tilini o‘qitish metodikasi hamda Adabiyot o‘qitish metodikasi kafedralari faoliyati bilan yaqindan tanishdi.
Tashrif davomida kafedralarning bugungi faoliyati, ilmiy-metodik salohiyati, o‘quv jarayonidagi yondashuvlar va istiqboldagi vazifalar tanqidiy-tahliliy ruhda muhokama qilindi.
Ta’kidlanganidek, ToshDO‘TAUning asosiy missiyalaridan biri o‘zbek tili va adabiyotini o‘qitish tizimini muntazam tahlil qilish, ta’lim amaliyotining mavjud muammolarini aniqlash, zamonaviy va samarador metodikalarni ishlab chiqish hamda ularni ta’lim jarayoniga izchil joriy etishdan iborat. Bugun bu jarayonni an’anaviy yondashuvlar doirasida olib borishning o‘zi yetarli emas. O‘zbek tili va adabiyoti ta’limining mazmuni, metodikasi va texnologiyalari xalqaro ta’lim standartlari, zamonaviy pedagogik qarashlar, axborot texnologiyalari va sun’iy intellekt imkoniyatlari bilan uyg‘un holda rivojlantirilishi zarur. Shu nuqtayi nazardan, kafedralar faoliyatida mavjud moddiy-texnik imkoniyatlardan foydalanish masalasi ham tanqidiy tahlil qilindi. Universitet tomonidan o‘quv mashg‘ulotlarini interaktiv va zamonaviy texnologik uskunalar asosida tashkil etish uchun kafedralarga maxsus kompyuter xonalari ajratilgan bo‘lsa-da, amaliyotda, ayniqsa, mutaxassislik fanlarini o‘qitishda ushbu imkoniyatlardan yetarli darajada foydalanilmayotgani qayd etildi.
Professor-o‘qituvchilarning zamonaviy ta’lim texnologiyalarini egallashi, o‘z ustida muntazam ishlashi, pedagogik va raqamli kompetensiyalarini rivojlantirishi hamda universitet tomonidan yaratilayotgan moddiy-texnik bazadan samarali foydalanishi zarurligi ta’kidlandi. Zero, zamonaviy auditoriya, zamonaviy uskuna va zamonaviy metod bir-birini to‘ldirgandagina ta’lim jarayonida kutilgan natijaga erishish mumkin. Shuningdek, o‘quv dasturlari va fan dasturlarini xalqaro standartlar asosida qayta ko‘rib chiqish, ularning mazmunini bugungi ta’lim ehtiyojlariga moslashtirish, yangi metodik yechimlar ishlab chiqish va ta’lim jarayoniga zamonaviy texnologiyalarni keng joriy etish bo‘yicha aniq vazifalar belgilandi.
Ayniqsa, bugungi talaba ertangi o‘qituvchi ekani alohida qayd etildi. Demak, uning auditoriyada olayotgan har bir bilimi, o‘zlashtirayotgan har bir metodi va shakllantirayotgan pedagogik kompetensiyasi kelajakdagi minglab o‘quvchilarning ta’lim sifatiga bevosita ta’sir ko‘rsatadi. Shu sababli O‘zbek tilini o‘qitish metodikasi va Adabiyot o‘qitish metodikasi kafedralari zimmasidagi vazifalar alohida mas’uliyat va strategik ahamiyat kasb etadi.
Rektor tomonidan bu boradagi ishlarni kechiktirish mumkin emasligi, mavjud holatni shunchaki qayd etish bilan cheklanib qolmasdan, aniq natijaga yo‘naltirilgan tizimli mexanizmlarni ishlab chiqish zarurligi ta’kidlandi.
Muhokamalar davomida yana bir muhim masalaga e’tibor qaratildi. Bugun ishlab chiqilayotgan ustuvor yo‘nalishlar bir yoki ikki yillik rejalar bilan chegaralanmasligi kerak. Ular o‘zbek tili va adabiyotini o‘qitish metodikasining kelgusi o‘n yillikdagi taraqqiyotini ko‘zda tutadigan, ta’lim tizimidagi o‘zgarishlarni oldindan hisobga oladigan strategik dasturlar bilan bog‘lanishi lozim. Zero, metodika bugungi darsni emas, ertangi ta’limni ham belgilaydi.
Kafedralar faoliyatida ilmiy izlanish, metodik yangilik va amaliyot o‘rtasidagi uzviy bog‘liqlikni kuchaytirish, ilg‘or tajribalarni umumlashtirish, zamonaviy pedagogik texnologiyalarni sinovdan o‘tkazish va ularning samaradorligini tahlil qilish bo‘yicha ham tegishli topshiriqlar berildi.

13/09/2026

Oksford universitetining O‘zbekshunoslik dasturi talabalari uchun tashkil etilgan “Buyuk Ipak yo‘li va O‘zbekiston madaniy merosini o‘rganish” yozgi maktabining ta’limiy qismi yakuniga yetdi.
Bir necha hafta davomida ToshDO‘TAUda oʻtkazilgan mashg‘ulotlar talabalarga o‘zbek tilini o‘rgatish bilangina cheklanib qolmay, O‘zbekistonning boy tarixi, yozma merosi va milliy madaniyatini yaqindan anglash imkonini berdi.

_____________________

The educational component of the summer school “The Great Silk Road and the Study of Uzbekistan’s Cultural Heritage,” organized for students of the Uzbek Studies Programme at the University of Oxford, has come to an end.
Over the course of several weeks, the sessions held at Tashkent State University of Uzbek Language and Literature went beyond teaching the Uzbek language, providing students with an opportunity to gain a deeper understanding of Uzbekistan’s rich history, written heritage, and national culture.

Joriy yilning 10-sentyabr kuni Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi deputati Shuhrat Sirojiddinov “Yangi umid” maha...
11/09/2026

Joriy yilning 10-sentyabr kuni Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi deputati Shuhrat Sirojiddinov “Yangi umid” mahallasida bo‘lib, hududdagi mavjud muammolar, infratuzilma holati va aholi uchun qulay shart-sharoitlarni yanada yaxshilash masalalarini o‘rgandi.
Tashrif davomida mahalla fuqarolar yig‘ini raisi H. Tillayev, mahalla faollari hamda mas’ullar bilan uchrashuv o‘tkazilib, hududda amalga oshirilayotgan ishlar, mavjud kamchiliklar va ularni bartaraf etish bo‘yicha takliflar muhokama qilindi.
Mahalla faollari tomonidan hududni yanada obodonlashtirish, umumiy foydalanish joylarini tartibga keltirish, ko‘p qavatli uylar atrofidagi infratuzilmani yaxshilash, aholi, ayniqsa, bolalar va keksalar uchun qulay muhit yaratish yuzasidan qator takliflar bildirildi.
O‘rganish davomida ko‘p qavatli uylar hududidagi bolalar maydonchalarining holatiga ham alohida e’tibor qaratildi. Maydonchalarning bugungi holati, ularning foydalanish uchun qulayligi va xavfsizlik darajasi ko‘zdan kechirilib, mavjud kamchiliklar tanqidiy-tahliliy jihatdan o‘rganildi. Bolalar uchun zamonaviy, xavfsiz va obodonlashtirilgan o‘yingohlar tashkil etish zarurligi qayd etildi.
Shuningdek, hududdagi piyodalar harakati uchun qulayliklar yaratish, piyodalar yo‘laklarini tartibga keltirish, harakatlanish xavfsizligini ta’minlash hamda aholining kundalik ehtiyojlarini hisobga olgan holda infratuzilmani takomillashtirish masalalari ko‘rib chiqildi.
Jamoat transportidan foydalanayotgan aholi uchun ham qulay shart-sharoitlar yaratish bo‘yicha takliflar ilgari surildi. Xususan, zamonaviy va aholiga qulay bekatlar tashkil etish, mavjud bekatlarni tartibga keltirish, jamoat transporti yo‘nalishlaridan foydalanish qulayligini oshirish kabi masalalar yuzasidan fikr almashildi.
Hududdagi obodonlashtirish ishlari, ko‘cha va yo‘laklarning holati, yashil hududlarni kengaytirish, aholi dam olishi uchun qulay maskanlar yaratish kabi masalalar ham o‘rganilib, ularni bosqichma-bosqich hal etish bo‘yicha tegishli takliflar bildirildi.
Uchrashuv davomida mahalladagi har bir muammoni joyiga chiqqan holda o‘rganish, aholining fikr va takliflarini inobatga olish hamda aniqlangan kamchiliklarni amaliy choralar orqali bartaraf etish muhimligi ta’kidlandi.
O‘rganish yakunlari bo‘yicha mavjud muammolarni tizimli ravishda hal etish, hudud infratuzilmasini yaxshilash, obodonlashtirish ishlarini jadallashtirish va aholiga yanada qulay sharoit yaratish yuzasidan tegishli vazifalar belgilandi.
Bunday sayyor o‘rganishlar hududdagi muammolarni bevosita joyida aniqlash, ularning yechimini mas’ullar bilan birgalikda muhokama qilish va aholi manfaatlarini ta’minlashga xizmat qiladi.

Kafedralar huzurida maxsus ko‘rgazmali auditoriyalar tashkil etilmoqdaAlisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek til...
09/09/2026

Kafedralar huzurida maxsus ko‘rgazmali auditoriyalar tashkil etilmoqda

Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti rektori, akademik Shuhrat Sirojiddinov universitet kafedralarining faoliyati, ular uchun ajratilgan maxsus ko‘rgazmali auditoriyalarning shaylik holati va mazkur xonalardan samarali foydalanish masalalarini muhokama qildi.
Muloqot davomida “Jahon adabiyoti va hozirgi adabiy jarayon”, “Tarjima nazariyasi va amaliyoti”, “Folklorshunoslik va dialektologiya” kabi kafedralar tomonidan tayyorlangan ko‘rgazmali auditoriyalar ko‘zdan kechirilib, ularning mazmun-mohiyati, konseptual yechimi va kafedralarning ilmiy faoliyatini aks ettirish darajasi tahlil qilindi.
Qayd etilganidek, mazkur auditoriyalar shunchaki ko‘rgazmali xona yoki tarixiy materiallar namoyish etiladigan makon bo‘lib qolmasligi lozim. Ular kafedralarning ustuvor ilmiy-ta’limiy yo‘nalishlaridan kelib chiqib, dars mashg‘ulotlari, ilmiy seminarlar, ijodiy va ilmiy uchrashuvlar, davra suhbatlari hamda turli ma’rifiy tadbirlar muntazam o‘tkaziladigan faol ilmiy-ma’rifiy markaz sifatida xizmat qilishi zarurligi ta’kidlandi.
Shu nuqtayi nazardan, har bir auditoriyaning mazmuni uni tashkil etgan kafedraning o‘ziga xos ilmiy yo‘nalishlari, ilmiy maktabi, tadqiqotlari va faoliyatiga uyg‘un bo‘lishi, xona dizayni va ko‘rgazmali materiallari esa auditoriyaning amaliy vazifalari bilan birgalikda shakllantirilishi lozimligi qayd etildi.
Shuningdek, kafedralarning o‘quv, ilmiy va ma’naviy-ma’rifiy faoliyatini yanada takomillashtirish, mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanish hamda universitetning 10 yillik yubileyiga tayyorgarlik doirasidagi ishlarni sifatli tashkil etish masalalari ham ko‘rib chiqildi.
Muhokama yakunida mas’ullarga maxsus ko‘rgazmali auditoriyalarni belgilangan konsepsiya asosida takomillashtirish, ularni kafedralar faoliyatining doimiy va faol ilmiy-ta’limiy maydoniga aylantirish hamda aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha tegishli topshiriqlar berildi.

08/09/2026

Avval xabar berganimizdek, Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida Oksford universitetining O‘zbekshunoslik dasturi talabalari uchun Yozgi maktab davom etmoqda. Dastur doirasida ishtirokchilar uchun o‘zbek tili va adabiyoti, tarix, madaniyat hamda ilmiy tadqiqotlarga oid turli qiziqarli ma’ruza, mashg‘ulot va uchrashuvlar tashkil etilmoqda.
Xususan, 8-sentyabr kuni akademik Shuhrat Sirojiddinov Yozgi maktab ishtirokchilari uchun “Amir Temur haqidagi manbalar” mavzusida ma’ruza qildi.
Ma’ruzada Amir Temur va Temuriylar davri tarixini o‘rganishda muhim ahamiyatga ega bo‘lgan tarixiy manbalar, qo‘lyozmalar, ularning tarjima va nashr tarixi, shuningdek, mazkur manbalar asosida olib borilgan ilmiy tadqiqotlar haqida so‘z yuritildi. Akademik Shuhrat Sirojiddinov matnshunos olim sifatida tarixiy manbalarni o‘rganishda ularning asl matni, qo‘lyozma nusxalari, yaratilish va tarqalish tarixi, keyingi tarjima hamda nashrlarini qiyosiy tahlil qilishning ahamiyatiga alohida e’tibor qaratdi.
Ma’ruza davomida G‘iyosiddin Aliyning “Amir Temurning Hindistonga yurishi kundaligi”, Nizomiddin Shomiyning “Zafarnoma”, Sharafiddin Ali Yazdiyning “Zafarnoma”, Ibn Arabshohning “Ajoyib al-maqdur fi axbori Temur”, Ruy Gonsales de Klavixoning sayohat kundaligi, Mu’iniddin Natanziyning “Muntaxab ut-tavorix”, Xoja Toj ad-Din as-Salmonning “Zayl-i Zafarnoma”, Hofiz Abruning “Majma’ at-tavorixi sultoniy”, shuningdek, “Temurnoma” va “Malfuzoti Temuriy” kabi manbalar xususida ma’lumot berildi.
Shuningdek, ma’ruzada birlamchi manbalarning turli davrlarda fransuz, lotin va ingliz tillariga tarjima qilinishi va nashr etilishi masalasiga ham to‘xtalindi. Xususan, Ibn Arabshoh asaridagi Amir Temur shaxsiga berilgan baho va uning turli tillardagi nashrlari misolida manba matnining keyingi tarjima va talqinlari tarixiy siymo shaxsining ilmiy muomaladagi taqdirini belgilashda muhim o‘rin tutishi ko‘rsatib berildi.
Suhbat va ma’ruza davomida Oksford universiteti O‘zbekshunoslik dasturi talabalari uchun Amir Temur tarixiga oid manbalarni asl nusxalar, qo‘lyozmalar va turli ilmiy nashrlar asosida o‘rganish, mavjud qarashlarga tanqidiy va ilmiy yondashish muhimligi ta’kidlandi. Bu esa Yozgi maktab ishtirokchilariga Markaziy Osiyo tarixini faqat tayyor talqinlar orqali emas, balki uni yuzaga keltirgan manbalar asosida anglash imkonini berdi.
Ma’ruza yakunida akademik Shuhrat Sirojiddinov yangi avlod sharqshunoslari Amir Temur va Temuriylar davriga oid manbalarni yanada chuqur o‘rganib, bu buyuk tarixiy shaxs faoliyatiga xolis va ilmiy baho berishiga umid bildirdi. Shuningdek, turli siyosiy bosimlar va mustamlakachilik davri tarixchiligi ta’sirida shakllangan xato hamda biryoqlama qarashlarga ilmiy asosda barham berish, jahon ilm-fanida Markaziy Osiyo, xususan, Amir Temur va Temuriylar davriga doir tarixiy mulohazalarni obyektiv va haqqoniy yoritish yo‘lida yangi tadqiqotlar amalga oshirilishiga ishonch bildirdi.

05/09/2026

🏺 Bugun Yozgi maktab ishtirokchilari o‘zbek amaliy san’atining qadimiy va betakror yo‘nalishlaridan biri — kulolchilik bilan yaqindan tanishdilar.

Maxsus ishlov berilgan loydan o‘ziga xos buyumlar yasab, ularni milliy bezaklar bilan bezadilar. Eng muhimi, kulolchilik jarayonini shunchaki kuzatibgina qolmay, o‘z qo‘llari bilan moʻjaz buyumlar yasash orqali o‘zbek hunarmandchiligining mohiyatini his qildilar.

_______________________

🏺 Today, the Summer School participants had the opportunity to discover one of the oldest and most distinctive forms of Uzbek traditional applied art — pottery.

Working with specially prepared clay, they created unique pieces and decorated them with traditional Uzbek motifs. Most importantly, they did not simply observe the pottery-making process; by crafting small pieces with their own hands, they experienced firsthand the essence of Uzbek craftsmanship and its rich artistic heritage.

04/09/2026

📜 Yozgi maktabimiz ishtirokchilari Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik instituti qoʻlyozmalar fondiga tashrif buyurdilar. Ular qo‘lyozmalarni ta’mirlash ustaxonasida qadimiy manbalarni asrab-avaylash jarayoni bilan tanishdilar.

Shuningdek, institut fondida saqlanayotgan nodir qo‘lyozmalarni ko‘zdan kechirdilar. Asrlar davomida saqlanib kelayotgan bu manbalar orqali Oksford talabalari o‘zbek xalqining ilmiy, adabiy va ma’naviy merosi haqida yanada koʻproq tasavvurga ega boʻldilar.

31/08/2026

🇺🇿 Oksford universiteti talabalari uchun Yozgi maktab boshlandi

Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida Prezident Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva tashabbusi bilan Oksfordda yo‘lga qo‘yilgan O‘zbekshunoslik dasturi talabalari uchun Yozgi maktab o‘z ishini boshladi.

“El-yurt umidi” jamg‘armasi bilan hamkorlikda tashkil etilgan dastur Oksford va ToshDO‘TAU o‘rtasidagi o‘zbek tili va o‘zbekshunoslik sohasidagi akademik hamkorlikning muhim davomidir. Oksforddagi ta’lim jarayonida ToshDO‘TAU tomonidan yaratilgan A1–B1 o‘zbek tili darsliklari va UzAcademy platformasidan foydalanilmoqda.

Bir oylik Yozgi maktab davomida talabalar o‘zbek tilini tabiiy muhitda o‘rganib, Chig‘atoy tili, xattotlik, tasavvuf, jadidchilik hamda Markaziy Osiyo tarixi va madaniyati bo‘yicha mashg‘ulotlarda qatnashadilar.

Xush kelibsiz, Oksford talabalari! 🇺🇿🤝🇬🇧

🇬🇧 Oxford Students Begin Summer School in Uzbekistan

The Summer School for students of the University of Oxford’s Uzbek Studies Programme, launched at the initiative of Saida Mirziyoyeva, Head of the Presidential Administration of Uzbekistan, has officially begun at TSUULL.

Organised in cooperation with the El-Yurt Umidi Foundation, the programme strengthens academic collaboration in Uzbek language and Uzbek Studies. Oxford students already use TSUULL’s A1–B1 Uzbek language textbooks and the UzAcademy platform as part of their studies.

Over the coming month, students will immerse themselves in the Uzbek language while exploring Chagatai, calligraphy, Sufism, Jadidism, and Central Asian history and culture.

Welcome to Uzbekistan! 🇺🇿🤝🇬🇧

Address

Tashkent
77V3+8G

Alerts

Be the first to know and let us send you an email when Alisher Navo'i Tashkent State University of Uzbek Language and Literature posts news and promotions. Your email address will not be used for any other purpose, and you can unsubscribe at any time.

Contact The School

Send a message to Alisher Navo'i Tashkent State University of Uzbek Language and Literature:

Shortcuts

Share