Высшая школа бизнеса и предпринимательства

Высшая школа бизнеса и предпринимательства Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Biznes va tadbirkorlik oliy maktabining Facebookdagi rasmiy sahifasi

AQSHning Rutgers universiteti bilan yangi ta’lim imkoniyatlari yo‘lga qo‘yilmoqdaBiznes va tadbirkorlik oliy maktabi dir...
15/09/2026

AQSHning Rutgers universiteti bilan yangi ta’lim imkoniyatlari yo‘lga qo‘yilmoqda

Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi direktorining o‘rinbosari Bahrom Xolbayev boshchiligidagi delegatsiyaning AQShga navbatdagi tashrifi davomida Rutgers universiteti bilan qator yo‘nalishlarda hamkorlik qilish bo‘yicha kelishuvga erishildi.

Kelishuvlar rahbarlar uchun Executive MBA (EMBA) dasturini ishlab chiqish va joriy etish, qisqa muddatli o‘quv kurslarini tashkil etish, professor-o‘qituvchilar va talabalar almashinuvini rivojlantirish hamda boshqa qo‘shma akademik tashabbuslarni qamrab oladi. Ushbu hamkorlik tinglovchilar va professor-o‘qituvchilar uchun xalqaro tajriba almashish, zamonaviy boshqaruv yondashuvlarini o‘rganish va amaliy bilimlarni boyitish imkoniyatlarini kengaytirishga qaratilgan.

Erishilgan kelishuvlar o‘zaro anglashuv memorandumi bilan mustahkamlandi. Hujjatni Oliy biznes maktabi direktorining o‘rinbosari Bahrom Xolbayev, Rutgers universitetining akademik masalalar bo‘yicha ijrochi vitse-prezidenti Keena Arbuthnot, Rutgers Newark provosti va ijrochi vitse-kansleri Pamela Scott-Johnson, Rutgers Business School dekani Lei Lei hamda Rutgers New Brunswick kansleri Francine Conway imzoladi.

Tashrif AQShning O‘zbekistondagi Elchixonasi va American Councils tashkiloti ko‘magida amalga oshirilayotgan EMBA dasturini ishlab chiqish loyihasi doirasida tashkil etildi.


ORIENTATION DAY2026-yil 14-sentabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Biznes va tadbirkorlik ol...
14/09/2026

ORIENTATION DAY

2026-yil 14-sentabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Biznes va tadbirkorlik oliy maktabida yangi o‘quv yiliga qabul qilingan tinglovchilar uchun “Orientation Day” tadbiri bo‘lib o‘tdi.
Tadbir davomida yangi tinglovchilarga Oliy biznes maktabi faoliyati, uning missiyasi va taqdim etayotgan imkoniyatlari haqida ma’lumot berildi. Shuningdek, ta’lim dasturlari, o‘quv jarayoni, kredit-modul tizimi, baholash mezonlari hamda ichki tartib-qoidalar yuzasidan tushuntirishlar berildi.
Bundan tashqari, tinglovchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qilib, mutaxassislardan zarur tavsiyalar oldilar.

Orientation Day yangi tinglovchilar uchun Oliy biznes maktabi hayoti va ta’lim jarayoni bilan yaqindan tanishish, yangi muhitga moslashish hamda o‘quv yilini aniq maqsadlar bilan boshlash imkonini berdi.
——
14 сентября 2026 года в Высшей школе бизнеса и предпринимательства при Кабинете Министров Республики Узбекистан состоялся “Orientation Day” для слушателей, принятых на новый учебный год.
В ходе мероприятия новым слушателям была предоставлена информация о деятельности Высшей школы бизнеса, её миссии и возможностях. Также были даны разъяснения по образовательным программам, организации учебного процесса, кредитно-модульной системе, критериям оценивания и правилам внутреннего распорядка.
Кроме того, слушатели смогли задать интересующие их вопросы и получить необходимые рекомендации от специалистов.

Orientation Day стал для новых слушателей возможностью ближе познакомиться с жизнью Высшей школы бизнеса и учебным процессом, адаптироваться к новой среде и начать учебный год с чёткими целями.

PRE-MBA NIMA VA U KIMLAR UCHUN?Pre-MBA - bu MBA diplomi emas.Bu zamonaviy boshqaruvning asosiy yo‘nalishlari bo‘yicha fu...
10/09/2026

PRE-MBA NIMA VA U KIMLAR UCHUN?

Pre-MBA - bu MBA diplomi emas.
Bu zamonaviy boshqaruvning asosiy yo‘nalishlari bo‘yicha fundamental bilim va amaliy ko‘nikmalarni shakllantirishga qaratilgan Management Foundation Program.

Dastur davomida siz quyidagi yo‘nalishlarni o‘rganasiz:
- Management
- Finance
- Marketing
- Strategy
- Leadership
- Entrepreneurship
- Digital & AI

Pre-MBA faqat MBA dasturiga tayyorlanayotganlar uchun emas. U professional faoliyatida boshqaruv kompetensiyalarini rivojlantirishni istagan turli soha vakillari uchun mo‘ljallangan.

Bakalavr yo‘nalishingiz muhim emas - iqtisodchi, muhandis, IT mutaxassisi yoki boshqa soha vakili bo‘lishingiz mumkin.

Asosiy talab - bakalavr darajasi.

Davomiyligi: 2 oy (8 hafta)

Batafsil ma’lumot: gsbe.uz

Hujjat topshirish: e-tinglovchi.gsbe.uz

Magistratura bitiruvchilariga diplomlar topshirildi!2026-yil 9-sentabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi ...
10/09/2026

Magistratura bitiruvchilariga diplomlar topshirildi!

2026-yil 9-sentabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Biznes va tadbirkorlik oliy maktabida magistratura bitiruvchilari uchun tantanali “Diplom topshirish marosimi” bo‘lib o‘tdi.

Marosim davomida bitiruvchilar uzoq yillik mehnat, izlanish va intilishlarining munosib natijasi - magistrlik diplomlarini qabul qilib oldilar.

Marosimda:
- MBA Moliya
- MBA Raqamli iqtisodiyot
- MBA Agrobiznes
- MBA Global menejment
- MBA Kichik biznes va tadbirkorlik
- MS Loyiha boshqaruvi
mutaxassisliklari bitiruvchilari ishtirok etdilar.

Tadbirda Oliy maktab rahbariyati, professor-o‘qituvchilar, bitiruvchilarning yaqinlari va do‘stlari ishtirok etib, ushbu quvonchli kunni ular bilan birgalikda nishonladilar.

Bu kun - katta mehnatning natijasi va yangi marralar sari qo‘yilgan muhim qadam!

Barcha bitiruvchilarimizni magistrlik darajasini muvaffaqiyatli tamomlaganlari bilan tabriklaymiz! Kelgusi faoliyatlarida ulkan zafarlar va yangi yutuqlar tilaymiz!

Yangi o‘quv yiliga qabul qilingan tinglovchilar diqqatiga!Biznes va tadbirkorlik oliy maktabida yangi o‘quv yiliga qabul...
08/09/2026

Yangi o‘quv yiliga qabul qilingan tinglovchilar diqqatiga!

Biznes va tadbirkorlik oliy maktabida yangi o‘quv yiliga qabul qilingan tinglovchilar uchun “Orientation Day" (Tanishuv kuni) bo‘lib o‘tadi.

Ushbu tadbir yangi o‘quv yilini muvaffaqiyatli boshlashingiz uchun zarur ma’lumotlar va tavsiyalar berishga qaratilgan.

Tadbir dasturida:
-Oliy maktab faoliyati, missiyasi va imkoniyatlari
-Ta’lim yo‘nalishlari bilan tanishuv
-Akademik jarayon: o‘quv rejasi, kredit-modul tizimi va baholash mezonlari
-Tashkiliy jarayonlar va ichki tartib-qoidalar
-Savol-javob

Sana: 14-sentabr
Vaqti: 11:00

Manzil: Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi binosi, 5-qavat

Yangi bilimlar, yangi imkoniyatlar va yangi marralar sari ilk qadamingizni biz bilan boshlang!
——
Вниманию слушателей, принятых на новый учебный год!

В Высшей школе бизнеса и предпринимательства для слушателей, принятых на новый учебный год, состоится «Orientation Day» (День знакомства).

Мероприятие направлено на предоставление необходимой информации и рекомендаций для успешного начала нового учебного года.

В программе мероприятия:
-Деятельность, миссия и возможности Высшей школы
-Знакомство с образовательными направлениями
-Академический процесс: учебный план, кредитно-модульная система и критерии оценивания
-Организационные процессы и правила внутреннего распорядка
-Вопросы и ответы

Дата: 14 сентября
Время: 11:00

Место проведения: здание Высшей школы бизнеса и предпринимательства, 5-й этаж

Начните вместе с нами свой первый шаг навстречу новым знаниям, новым возможностям и новым достижениям!

Pre-MBA: MANAGEMENT FOUNDATION PROGRAMZamonaviy boshqaruv bilimlari va yangi professional imkoniyatlar sariPre-MBA: Mana...
04/09/2026

Pre-MBA: MANAGEMENT FOUNDATION PROGRAM
Zamonaviy boshqaruv bilimlari va yangi professional imkoniyatlar sari

Pre-MBA: Management Foundation Program (Boshqaruv asoslari dasturi) turli sohalarda faoliyat yuritayotgan mutaxassislar, davlat va xususiy sektor vakillari, tadbirkorlar, boshqaruv lavozimiga tayyorlanayotgan kadrlar hamda kelgusida MBA dasturida tahsil olishni rejalashtirayotgan nomzodlar uchun mo‘ljallangan 2 oylik intensiv dastur.

Dastur menejment, iqtisodiyot, moliya, marketing, strategiya, liderlik, tadbirkorlik, raqamli transformatsiya va sun’iy intellekt kabi zamonaviy boshqaruvning asosiy yo‘nalishlari bo‘yicha fundamental bilim va amaliy ko‘nikmalarni shakllantiradi.
Ayniqsa, bakalavriat bosqichida iqtisodiyot, menejment yoki biznesga oid yo‘nalishlarda tahsil olmagan, biroq kelgusida MBA dasturida o‘qishni rejalashtirayotgan mutaxassislar uchun Pre-MBA zarur bilim bazasini shakllantirish va MBA ta’lim metodologiyasiga moslashish imkonini beradi.

Keyingi professional qadamingiz qanday?
MBA? – zarur bilim bazasini oldindan shakllantiring.
Professional o‘sish? – boshqaruv bo‘yicha bilim va kompetensiyalaringizni rivojlantiring.
Rahbarlik? – strategik fikrlash, liderlik va qaror qabul qilish ko‘nikmalaringizni mustahkamlang.
Yangi loyiha yoki tashabbus? – moliya, marketing va strategiyani yaxlit tizim sifatida tushunishni o‘rganing.
Zamonaviy boshqaruv? – raqamli transformatsiya va sun’iy intellekt imkoniyatlarini boshqaruvda qo‘llash bo‘yicha bilimlaringizni rivojlantiring.

Maqsadingiz turlicha bo‘lishi mumkin. Muhimi professional rivojlanishni davom ettirish.

Qabul uchun asosiy talab: Bakalavr darajasi va professional rivojlanishga intilish.

Batafsil (https://gsbe.uz/uz/general-info/pre-mba-management-foundation-program)

Hujjat topshirish: e-tinglovchi.gsbe.uz
71 239 03 10, 55 503 33 60

Pre-MBA – boshqaruvni tushunish, professional kompetensiyalarni rivojlantirish va keyingi ta’lim bosqichiga tayyorlanish uchun mustahkam poydevor.

Biznes va tadbirkorlik oliy maktabining “Bank sektori uchun ESG asoslari” dasturi CPD xalqaro akkreditatsiyasini oldiMaz...
02/09/2026

Biznes va tadbirkorlik oliy maktabining “Bank sektori uchun ESG asoslari” dasturi CPD xalqaro akkreditatsiyasini oldi

Mazkur eʼtirof dastur mazmuni, oʻquv jarayoni va natijalari uzluksiz kasbiy rivojlanish sohasidagi xalqaro standartlarga muvofiqligini tasdiqlaydi.

Oʻquv dasturi bank sohasi mutaxassislarida ESG (Environmental, Social, Governance) - ekologik, ijtimoiy va korporativ boshqaruv tamoyillari boʻyicha zamonaviy bilim va amaliy koʻnikmalarni shakllantirishga qaratilgan. Jumladan, dastur doirasida ESG tamoyillarini bank faoliyatiga integratsiya qilish, iqlim va ekologik risklarni baholash hamda barqaror moliyaviy vositalar bilan ishlash masalalari oʻrganiladi.

CPD xalqaro akkreditatsiyasining qoʻlga kiritilishi Biznes va tadbirkorlik oliy maktabining zamonaviy kasbiy kompetensiyalarni rivojlantirish va taʼlim sifatini xalqaro standartlar asosida takomillashtirish borasidagi izchil faoliyatini tasdiqlaydi.
Shuningdek, ushbu eʼtirof xalqaro hamkorlikni kengaytirish, ESG va barqaror moliya sohasidagi yetakchi professional tashkilotlar bilan tajriba almashish uchun yangi imkoniyatlar yaratadi.

Kursga qabul ochiq!

“Bank sektori uchun ESG asoslari” boʻyicha CPD xalqaro akkreditatsiyasiga ega oʻquv dasturida tahsil olish uchun hoziroq roʻyxatdan oʻtishingiz mumkin.

Tel: +998 71 239-03-10
Email: [email protected]

Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi xalqaro tajribalarni taʼlim jarayoniga joriy etish va bank sektorida ESG boʻyicha zamonaviy professional kompetensiyalarni rivojlantirish yoʻlida oʻz faoliyatini davom ettiradi.

2026/2027-o‘quv yili magistratura (MS/MBA) dasturlariga kirish test sinovlari natijalari! O‘zbekiston Respublikasi Vazir...
27/08/2026

2026/2027-o‘quv yili magistratura (MS/MBA) dasturlariga kirish test sinovlari natijalari!

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi Qabul komissiyasi va O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Bilim va malakalarni baholash agentligi tomonidan o‘tkazilgan test sinovlari natijalari magistratura bosqichining kunduzgi va masofaviy ta’lim shakllari bo‘yicha e’lon qilindi.

Eslatib o‘tamiz!
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PF-76-sonli Farmoni 7-(b) bandiga muvofiq oliy ta’lim tashkilotlarining muqobil ta’lim shakllari bo‘yicha umumiy qabul kvotasini kunduzgi ta’lim shakli qabul natijasining 50 foizidan oshirishga yo‘l qo‘yilmaydi.

Test sinovlaridan o'tgan ishtirokchilar ro'yxati (https://gsbe.uz/uz/admission-results)

Batafsil ma`lumotlar e-tinglovchi.gsbe.uz platformasidagi shaxsiy kabinetingizda joylashtirildi.

📞 55 503 33 60, 71 239 03 15
______
Результаты вступительных тестовых испытаний в магистратуру программы (MS/MBA) на 2026/2027 учебный год!

Результаты тестовых испытаний, проведённых Приёмной комиссией Высшей школы бизнеса и предпринимательства при Кабинете Министров Республики Узбекистан и Агентством по оценке знаний и квалификаций при Министерстве высшего образования, науки и инноваций Республики Узбекистан, опубликованы по очной и дистанционной формам обучения в магистратуре.

Напоминаем!
В соответствии с пунктом 7-(б) Указа Президента Республики Узбекистан № УП-76 в высших образовательных организациях не допускается превышать общую квоту приема по альтернативным формам обучения 50 процентов результатов приёма по дневной форме обучения

Список участников, успешно прошедших тестовые испытания (https://gsbe.uz/ru/admission-results)

Подробная информация размещена в вашем личном кабинете на платформе e-tinglovchi.gsbe.uz.

📞 55 503 33 60, 71 239 03 15

ROI - Return on Investment (Investitsiyalar rentabelligi)Sarflagan pulim menga qancha foyda keltirdi?Tasavvur qiling, si...
25/08/2026

ROI - Return on Investment (Investitsiyalar rentabelligi)
Sarflagan pulim menga qancha foyda keltirdi?

Tasavvur qiling, siz reklama uchun 10 mln so‘m sarfladingiz. Reklama orqali kelgan savdolardan 15 mln so‘m daromad oldingiz.
Lekin 15 mlnning hammasi foyda emas. Sizning investitsiyadan olgan sof natijangiz:
15 mln − 10 mln = 5 mln so‘m
Endi ROI’ni hisoblaymiz:
ROI = 5 mln ÷ 10 mln × 100% = 50%
Demak, reklama uchun sarflagan har 100 000 so‘mingiz sizga 50 000 so‘m qo‘shimcha daromad keltirgan.

Sodda qilib: ROI - Return on Investment (Investitsiyalar rentabelligi) - “Bu ishga pul sarflashga arziydimi?” degan savolga javob beradigan ko‘rsatkich.

MBA’da ROI reklama, yangi loyiha, uskunalar xaridi, yangi filial ochish va boshqa investitsion qarorlarning samaradorligini baholashda qo‘llanadi.

Address

100060, Toshkent Shahar, Mirobod Tumani, Mirobod Ko‘chasi, 25
Tashkent
100060

Opening Hours

Monday 09:00 - 18:00
Tuesday 09:00 - 18:00
Wednesday 09:00 - 18:00
Thursday 09:00 - 18:00
Friday 09:00 - 18:00

Telephone

+998712390305

Website

Alerts

Be the first to know and let us send you an email when Высшая школа бизнеса и предпринимательства posts news and promotions. Your email address will not be used for any other purpose, and you can unsubscribe at any time.

Contact The School

Send a message to Высшая школа бизнеса и предпринимательства:

Shortcuts

Share