16/12/2024
🗓Joriy yilning 13-dekabr kuni “Raqamli iqtisodiyot va axborot texnologiyalari” fakulteti “Raqamli iqtisodiyot” kafedrasi professor- o‘qituvchilari fakultetning bir guruh talaba yoshlari bilan birgalikda “Shahidlar xotirasi” maydonining markazida joylashgan “Qatag‘on qurbonlari xotirasi” muzeyiga tashrif buyurdilar.
✨Zal markazida “Iztirob haykali” o‘rnatilgan. Unda farzandini kutayotgan ota-ona, o‘z yorini sog‘ingan ayol, ota mehriga to‘ymagan bola tasvirlangan. Devorlarga muzeyni bo‘limlarga ajratuvchi, mavzularga oid, o‘sha davrlarga xos lavha – suratlar osilgan. Muzeyda XIX asr o‘rtalari va oxirlaridan to XX asr 80-yillardagi qatag‘onlarga oid hujjatlar, maxfiy qog‘ozlar, rasmlar, davr lavhalari va eksponatlar bor. Muzeyga tashrif buyurgan talabalar qatag‘on davrlarining qurbonlari tarixi bilan yaqindan tanishdilar.
🇺🇿