01/06/2024
Bolalar kuni bilan!
Bolalarning beg‘ubor kulgusi, jarangdor ovozi, hayotdan quvonch qidirib yashashi dunyomizni hamon oyoqda ushlab turgan mislsiz kuchdir.
🎉 1-iyun - Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni! Aslini olganda bugun kelajak va bir olam orzularni himoya qilish kuni hamdir. “DIFO o’quv markazi” mamlakatimiz, qolaversa, butun dunyo bolalarini bugungi bayram bilan tabriklaydi.
Dunyodagi hech bir bola zo‘ravonlik, ochlik va urush changalida qolish uchun dunyoga kelmagan. Ular faqat baxtli bo‘lishga munosib.
Bugungi kunni farzandingiz uchun maxsus kun sifatida ajratar ekansiz, o‘zingizni ham tabriklab qo‘ying. Chunki bugun Butunjahon ota-onalar kuni hamdir.
✅ Bolalar kuni bilan! Bugungi kuningiz takrorlanmas o‘tishiga tilakdoshmiz!
| O’zimizga qildik, sizga ilindik🔥