Tashkent State Medical University

Tashkent State Medical University

Share

Toshkent tibbiyot akademiyasi

TSMU was officially established in 2025 by merging three key institutions: Tashkent Medical Academy, Tashkent Pediatric Medical Institute, and Tashkent State Dental Institute, aiming to modernize and unify medical education in Uzbekistan.

Photos from Tashkent State Medical University's post 21/05/2026



Ayni damda Respublika sud-tibbiy ekspertiza ilmiy-amaliy markazida “Sud-gistologiya ekspertizasida zamonaviy tekshirish usullari!” mavzusida ilmiy-amaliy seminar bo‘lib o‘tmoqda.

Mazkur nufuzli tadbirda O‘zbekistonning barcha hududlaridan tashrif buyurgan sud-tibbiy ekspertiza mutaxassislari, soha faxriylari, ilmiy doira vakillari, shuningdek, Qirg‘iziston va Tojikistondan kelgan xorijiy mehmonlar hamda Toshkent tibbiyot universiteti professor-o‘qituvchilari va sud-tibbiy ekspertiza xodimlari ishtirok etmoqdalar.

Tadbirni O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Sud-tibbiy ekspertiza ilmiy-amaliy markazi direktori, professor Sh.I. Ro‘ziyev ochib berdi. U o‘z nutqida so‘nggi yillarda sohada erishilgan yutuqlar, zamonaviy texnologiyalarning joriy etilishi hamda ilg‘or xalqaro tajribalar amaliyotga tatbiq etilayotgani haqida so‘z yuritdi.
Shuningdek, Abu Ali ibn Sino instituti kafedra mudiri Nazirov S.N., Toshkent tibbiyot universiteti professori Eshboyev E. hamda boshqa mehmonlar ham nutq so‘zlab, O‘zbekiston bilan yo‘lga qo‘yilgan hamkorlikdan mamnun ekanliklarini bildirdilar.

Mutaxassislar ikki va ko‘p tomonlama ilmiy hamkorlikni kengaytirish, qo‘shma loyihalarni amalga oshirish, tajriba almashish hamda kadrlar malakasini oshirish bo‘yicha qator tashabbuslarni ilgari surdilar.

Hozirda seminar o‘z ishini davom ettirmoqda. Tadbir doirasida sud-gistologiya ekspertizasida qo‘llanilayotgan zamonaviy tekshirish usullari, innovatsion laboratoriya texnologiyalari hamda xalqaro tajribalar yuzasidan ma’ruzalar va amaliy taqdimotlar o‘tkazilmoqda.

18/05/2026

Toshkent davlat tibbiyot universitetida Misr Arab Respublikasining Oʻzbekiston Respublikasidagi Favqulodda va Muxtor Elchisi Hammod Tamer Fathiy Abdussalom bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi.

Photos from Tashkent State Medical University's post 18/05/2026

Toshkent davlat tibbiyot universitetida Misr Arab Respublikasining Oʻzbekiston Respublikasidagi Favqulodda va Muxtor Elchisi Hammod Tamer Fathiy Abdussalom bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi.

Uchrashuv davomida tomonlar tibbiyot taʼlimi sohasidagi hamkorlikni kengaytirish, xalqaro akademik almashinuv dasturlarini rivojlantirish hamda ikki davlat oʻrtasida oliy tibbiy taʼlim yoʻnalishida istiqbolli qoʻshma loyihalarni amalga oshirish masalalarini muhokama qildilar. Shuningdek, Toshkent davlat tibbiyot universitetida xorijiy talabalar uchun yaratilgan sharoitlar, taʼlim sifati va xalqaro standartlarga mos o‘quv jarayonlari haqida maʼlumot berildi.

Maʼlumot uchun, ayni paytda Toshkent davlat tibbiyot universiteti Xalqaro fakultetining “Davolash ishi” yoʻnalishida Misr Arab Respublikasining 9 nafar fuqarosi 2- va 3-bosqichlarda tahsil olmoqda. Uchrashuv yakunida tomonlar hamkorlikni yanada mustahkamlash va akademik aloqalarni kengaytirish bo‘yicha o‘zaro fikr almashdilar.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

18/05/2026

Bugun Toshkent davlat tibbiyot universitetida Rossiyaning N.N. Burdenko nomidagi Voronej davlat tibbiyot universiteti delegatsiyasi bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

Photos from Tashkent State Medical University's post 18/05/2026

Bugun Toshkent davlat tibbiyot universitetida Rossiyaning N.N. Burdenko nomidagi Voronej davlat tibbiyot universiteti delegatsiyasi bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuv davomida ikki tomonlama hamkorlikni rivojlantirish, tibbiyot ta’limi, ilmiy tadqiqotlar hamda onkologiya yo‘nalishida tajriba almashish masalalari muhokama qilindi.

Delegatsiya tarkibida universitet rektori vazifasini bajaruvchi, tibbiyot fanlari doktori, professor, Rossiya Federatsiyasida xizmat ko‘rsatgan shifokor Ivan Petrovich Moshurov, Voronej davlat klinik bolalar shifoxonasi bosh shifokori, Timofey Valeryevich Chubarov hamda xalqaro aloqalar bo‘limi boshlig‘i Marina Anatolyevna Kuznetsova ishtirok etdi.

Tomonlar tibbiyot sohasi mutaxassislarini tayyorlash, ilmiy-amaliy loyihalarni amalga oshirish va xalqaro akademik aloqalarni yanada kengaytirish yuzasidan o‘zaro fikr almashdilar. Uchrashuv yakunida ikki tomonlama hamkorlik memorandumı imzolandi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

16/05/2026
Photos from Tashkent State Medical University's post 15/05/2026

Poytaxtimizdagi Azimut Grand Hotelda plastik, rekonstruktiv va estetik jarrohlik yo‘nalishidagi “SILK ROAD 2026” xalqaro kongressining ikkinchi kuni davom etmoqda

Mazkur nufuzli xalqaro anjumanda dunyoning turli davlatlaridan yetakchi mutaxassislar, olimlar, plastik va rekonstruktiv jarrohlar, tibbiyot sohasi vakillari hamda yosh mutaxassislar ishtirok etmoqda. Kongress doirasida zamonaviy plastik va estetik jarrohlikning dolzarb masalalari, innovatsion yondashuvlar, ilg‘or texnologiyalar hamda amaliy tajribalar yuzasidan ma’ruzalar va ilmiy taqdimotlar o‘tkazilmoqda.

Xalqaro kongressning ikkinchi kunida Toshkent davlat tibbiyot universiteti rektori, professor Shuxrat Boymuradov o‘zining ilmiy-amaliy taqdimoti bilan ishtirok etib, sohaga oid zamonaviy yondashuvlar, murakkab jarrohlik amaliyotlari va innovatsion usullar haqida ma’lumot berdi. Taqdimot kongress ishtirokchilari tomonidan katta qiziqish bilan kutib olindi.

Ta’kidlash joizki, “SILK ROAD 2026” xalqaro kongressi tibbiyotning plastik, rekonstruktiv va estetik jarrohlik yo‘nalishlarida xalqaro tajriba almashish, ilmiy hamkorlikni mustahkamlash hamda zamonaviy tibbiyot yutuqlarini amaliyotga joriy etishda muhim platforma bo‘lib xizmat qilmoqda.

14/05/2026

Bugun Toshkent shahrining Olmazor tumanida joylashgan Yoshlar markazida Toshkent davlat tibbiyot universiteti tomonidan bitiruvchi talabalar uchun “Mehnat yarmarkasi va workshop” hamda “Rahbar va yoshlar uchrashuvi” tadbiri tashkil etildi

Tadbir yosh mutaxassislarni amaliy faoliyatga tayyorlash, ularning bandligini ta’minlash va tibbiyot sohasidagi zamonaviy imkoniyatlar bilan yaqindan tanishtirishga qaratilgani bilan ahamiyatli bo‘ldi. Unda universitet rahbariyati, Toshkent viloyati Sog‘liqni saqlash boshqarmasi boshlig‘i To‘raqul Arziqulov, tajribali soha mutaxassislari hamda bitiruvchi yoshlar qatnashdi.

Uchrashuv davomida sog‘liqni saqlash tizimidagi dolzarb vazifalar, yosh kadrlar oldida turgan mas’uliyat, zamonaviy mehnat bozori talablari va professional rivojlanish istiqbollari yuzasidan fikr almashildi. Ochiq muloqot shaklida o‘tgan suhbatlarda talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga mutaxassislardan bevosita javob oldilar.

Workshop sessiyalarida esa ishtirokchilarga tibbiyot sohasida muvaffaqiyatli faoliyat yuritish, kasbiy kompetensiyalarni rivojlantirish hamda ish faoliyatini to‘g‘ri yo‘lga qo‘yish bo‘yicha amaliy tavsiyalar berildi.

Tadbir yakunida universitetning 74 nafar bitiruvchisi menejment, biotibbiyot muhandisligi, tibbiy biologiya hamda stomatologiya yo‘nalishlari bo‘yicha ishga joylashtirildi. Bu esa yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning bandligini ta’minlash va malakali tibbiyot kadrlarini amaliyotga yo‘naltirish borasidagi muhim qadamlardan biri bo‘ldi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

Want your school to be the top-listed School/college in Tashkent?

Click here to claim your Sponsored Listing.

Location

Category

Telephone

Address


Farobiy Ko'chasi 2-uy
Tashkent
100109

Opening Hours

Monday 08:00 - 18:00
Tuesday 08:00 - 18:00
Wednesday 08:00 - 18:00
Thursday 08:00 - 18:00
Friday 08:00 - 18:00
Saturday 08:00 - 18:00