13/02/2023
Facebook sahifamizning qadrli a’zolari!
Xabaringiz bor, Prezident qaroriga ko‘ra Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi qayta tashkil etilib, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi deb nomlandi.
Shu bois, vazirlik ijtimoiy sahifalari manzillari ham yangilanmoqda. Endilikda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining yangi https://www.facebook.com/eduuzofficial sahifasida yangiliklar berib boriladi.
Yangi sahifamizda ham birga bo‘lishingizdan xursand bo‘lamiz!
👉https://www.facebook.com/eduuzofficial
06/02/2023
Vazir: Iqtidorli talabalarni xorijiy universitetlarga stajirovkalarga joʻnatish anʼanasini yoʻlga qoʻyish lozim
Bugun Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri Ibrohim Abdurahmonov rahbarligida davlat oliy taʼlim muassasalarining faoliyat samaradorligini baholash, tahlil qilish va oshirish chora-tadbirlari hamda ustuvor vazifalarni belgilash boʻyicha kengaytirilgan yigʻilish oʻtkazildi.
Batafsil: https://edu.uz/uz/news/view/5096
✍️✍️✍️
Министр: Необходимо наладить традицию направления талантливых студентов в зарубежные вузы на стажировку
Сегодня под руководством министра высшего образования, науки и инноваций Иброхима Абдурахмонова состоялось расширенное совещание по оценке, анализу и повышению эффективности, а также определению приоритетных задач деятельности государственных высших образовательных учреждений.
Подробно: https://edu.uz/ru/news/view/5096
06/02/2023
Buxoro davlat universitetida qayta tiklanuvchi energiya manbalari qurilmalarini qurish boʻyicha “Sun Hightech” korxonasi tomonidan 1.060 mlrd soʻm qiymatda quvvati 100 kVt bo‘lgan quyosh fotoelektr stansiyasi oʻrnatilib, ishga tushirildi.
Bugungi k***a quyosh panellari o‘rtacha 85 kVt quvvat bilan ishlamoqda va u kuniga 680 kVt/soatni tashkil etyapti. Bir yillik elektr energiya ishlab chiqarish kamida 244,8 ming kVt/soatni tashkil etishi kutilmoqda. Buning natijasida ushbu qurilma orqali universitetning yillik elektr energiyasi sarfidan 195,8 mln soʻm mablagʻi iqtisod qilinadi.
✍️✍️✍️
В Бухарском государственном университете компанией «Sun Hightech» введена в эксплуатацию солнечная фотоэлектрическая электростанция, вырабатывающая 100 кВтч электроэнергии стоимостью 1.060 млрд сум.
Панели вырабатывают в среднем 85 кВт/ч, что в сутки составляет 680 кВт/ч. Ожидается, что годовое производство электроэнергии составит не менее 244 800 кВт/ч электроэнергии. В результате будет сэкономлено 195,8 млн сумов от годового потребления электроэнергии университетом.
06/02/2023
⚡️QarDU talabasi Parij “Katta Dubulg‘a” turniri bronza medali sovrindori!!!
Ayni kunlarda Fransiya poytaxti Parij shahrida dzyudo boʻyicha “Katta Dubulgʻa” turniri oʻtkazilmoqda. Unda O‘zbekiston terma jamoasi 7 nafar sportchi bilan ishtirok etmoqda.
Quvonarlisi, turnirda Qarshi davlat universiteti Jismoniy madaniyat fakulteti 2-bosqich talabasi Kamoliddin Baxtiyorov (-60 kg) bronza medali uchun kechgan bellashuvda oʻtgan yilgi jahon chempionati finalchisi moʻgʻulistonlik Ariunbold Enxtayvandan ustun keldi.
💐 Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi ushbu g‘alaba bilan sportchi talabamizni samimiy qutlaydi!
✍️✍️✍️
Студент Каршинского государственно университета – бронзовый призер парижского турнира «Большого Шлема»!!!
В настоящее время во французской столице проходит турнир «Большого шлема» по дзюдо. В нем участвует сборная Узбекистана в составе 7 спортсменов.
Отрадно, что студент 2-го курса факультета физической культуры Каршинского государственного университета Камолиддин Бахтиёров в весовой категории до 60 кг в поединке за бронзовую медаль победил чемпиона мира прошлого года Ариунболда Энхтайвана.
💐 Министерство высшего образования, науки и инноваций искренне поздравляет студента-спортсмена с этой победой!
06/02/2023
“Ma’rifat maydoni” Respublika ko‘rik-tanlovining hududiy bosqichlari davom etmoqda!
Tanlovda har bir jamoa 3 ta: “Adib hayoti”, “Tezkor savol-javob”, “Adiblar hayoti va ijodidan teatrlashtirilgan kompozitsiya” deb nomlangan shartlar bo‘yicha bellashmoqdalar.
Samarqand viloyatidagi oliy ta’lim muassasalari o‘rtasida o‘tkazilgan bellashuvda Samarqand davlat universitetining “Behbudiy izdoshlari” jamoasi 1-o‘rinni qo‘lga kiritdi va tanlovning keyingi bosqichida ishtirok etish yo‘llanmasiga ega bo‘ldi. 2-o‘rinni Samarqand davlat universiteti Urgut filiali jamoasi, 3-o‘rinni esa O‘zbekiston-Finlyandiya pedagogika instituti jamoalari qo‘lga kiritdi.
Namangan viloyatidagi oliy ta’lim muassasalari talabalari o‘rtasidagi bellashuv Namangan davlat universitetida bo‘lib o‘tdi va yak***a mezbon jamoa, “NamDU nihollari” 1-o‘rinni egallab keyingi bosqichda ishtirok etish imkoniyatiga ega bo‘lishdi. 2-o‘rinni Namangan davlat pedagogika instituti jamoasi, 3-o‘rinni esa Namangan muhandislik-qurilish instituti hamda Namangan davlat chet tillari instituti jamoalari qo‘lga kiritdi.
Toshkent viloyatidagi oliy ta’lim muassasalari talabalari o‘rtasidagi bellashuvda esa Chirchiq davlat pedagogika universiteti “Hurriyat” jamoasi g‘oliblikni qo‘lga kiritdi va ular ham keyingi bosqich yo‘llanmasiga ega bo‘ldilar. 2-o‘rinni Toshkent davlat agrar universiteti “Maʼnaviyat yuragi” jamoasi, 3-o‘rinni Toshkent davlat texnika universiteti Olmaliq filiali “Texnika yulduzlari” jamoasi egalladi.
06/02/2023
⚡️QarDU talabasi Parij “Katta Dubulg‘a” turniri bronza medali sovrindori!!!
Ayni kunlarda Fransiya poytaxti Parij shahrida dzyudo boʻyicha “Katta Dubulgʻa” turniri oʻtkazilmoqda. Unda O‘zbekiston terma jamoasi 7 nafar sportchi bilan ishtirok etmoqda.
Quvonarlisi, turnirda Qarshi davlat universiteti Jismoniy madaniyat fakulteti 2-bosqich talabasi Kamoliddin Baxtiyorov (-60 kg) bronza medali uchun kechgan bellashuvda oʻtgan yilgi jahon chempionati finalchisi moʻgʻulistonlik Ariunbold Enxtayvandan ustun keldi.
💐 Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi ushbu g‘alaba bilan sportchi talabamizni samimiy qutlaydi!
✍️✍️✍️
Студент Каршинского государственно университета – бронзовый призер парижского турнира «Большого Шлема»!!!
В настоящее время во французской столице проходит турнир «Большого шлема» по дзюдо. В нем участвует сборная Узбекистана в составе 7 спортсменов.
Отрадно, что студент 2-го курса факультета физической культуры Каршинского государственного университета Камолиддин Бахтиёров в весовой категории до 60 кг в поединке за бронзовую медаль победил чемпиона мира прошлого года Ариунболда Энхтайвана.
💐 Министерства высшего образования, науки и инноваций искренне поздравляет студента-спортсмена с этой победой!
06/02/2023
“Ma’rifat maydoni” Respublika ko‘rik-tanlovining hududiy bosqichlari davom etmoqda!
Tanlovda har bir jamoa 3 ta: “Adib hayoti”, “Tezkor savol-javob”, “Adiblar hayoti va ijodidan teatrlashtirilgan kompozitsiya” deb nomlangan shartlar bo‘yicha bellashmoqdalar.
➡️Samarqand viloyatidagi oliy ta’lim muassasalari o‘rtasida o‘tkazilgan bellashuvda Samarqand davlat universitetining “Behbudiy izdoshlari” jamoasi 1-o‘rinni qo‘lga kiritdi va tanlovning keyingi bosqichida ishtirok etish yo‘llanmasiga ega bo‘ldi.
🔴2-o‘rinni Samarqand davlat universiteti Urgut filiali jamoasi, 3-o‘rinni esa O‘zbekiston-Finlyandiya pedagogika instituti jamoalari qo‘lga kiritdi.
➡️Namangan viloyatidagi oliy ta’lim muassasalari talabalari o‘rtasidagi bellashuv Namangan davlat universitetida bo‘lib o‘tdi va yak***a mezbon jamoa, “NamDU nihollari” 1-o‘rinni egallab keyingi bosqichda ishtirok etish imkoniyatiga ega bo‘lishdi.
🔴2-o‘rinni Namangan davlat pedagogika instituti jamoasi, 3-o‘rinni esa Namangan muhandislik-qurilish instituti hamda Namangan davlat chet tillari instituti jamoalari qo‘lga kiritdi.
➡️Toshkent viloyatidagi oliy ta’lim muassasalari talabalari o‘rtasidagi bellashuvda esa Chirchiq davlat pedagogika universiteti “Hurriyat” jamoasi g‘oliblikni qo‘lga kiritdi va ular ham keyingi bosqich yo‘llanmasiga ega bo‘ldilar.
🔴2-o‘rinni Toshkent davlat agrar universiteti “Maʼnaviyat yuragi” jamoasi, 3-o‘rinni Toshkent davlat texnika universiteti Olmaliq filiali “Texnika yulduzlari” jamoasi egalladi.